Heroku
Turi | biznes |
---|---|
Egasi | Salesforce |
Qachon asos solingan | 2007 |
Heroku bir qator dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlaydigan PaaS bulutli platformasidir. U 2010-yildan buyon Salesforce.com ning shoʻba kompaniyasi hisoblanadi . Ilk bulutli platformalardan biri sanaladigan Heroku 2007 yilning iyun oyida paydo boʻlgan. Dastlab faqat Ruby dasturlash tilini qoʻllab-quvvatlagan. Ammo hozirda Java, Node.js, Scala, Clojure, Python, Go, Ruby va PHP kabi platformalar tillarini oʻqiy oladi. Heroku serverlarida Debian yoki Ubuntu[1] operatsion tizimlaridan foydalaniladi[2].
Kompaniya tarixi
[edit | edit source]2007-yilda Heroku kompaniyasiga Jeyms Lindenbaun, Adam Wiggins va Orion Genrilar asos solishgan. Undan maqsad esa Rack ga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan. 2010 yilning 8 dekabrida Salesforce.com Herokuni sotib oladi va uni shoʻba kompaniyasiga aylantiradi. 2011-yilning 12-iyulidan Ruby dasturlash tilining muallifi Yukixiro Matsumoto kompaniyada yetakchi muhandis [3] sifatida faoliyat yurita boshlaydi. Xuddi shu oyda Heroku Node.js va Clojure ni qoʻllab-quvvatlashni joriy qiladi. 2011yilning 15-sentabrida Heroku va Facebook birgalikda „Facebook uchun Heroku“ yangi variantini taqdim etishdi[4][5]. Heroku maʼlumotlar omborini boshqaruvchi asosiy dastur — PostgreSQL dan tashqari, yana Cloudant,Membase, MongoDB va Redis[6], kabi tizimlarni ham qoʻllab-quvvatlay boshladi.
Herokuda ishlaydigan ilovalar DNS serveridan ham foydalanadi (odatda ilovalar nom_ilova.herokuapp.com kabi domen nomiga ega). Har bir dastur uchun bir nechta mustaqil virtual jarayonlar ajratiladi, ular „dynos“ deb ataladi. Ular bir nechta serverlardan tashkil topgan maxsus virtual tarmoq („dynos grid“) orqali taqsimlanadi [7] . Heroku Git [8] versiyasini boshqarish tizimiga ham ega.
2012-yilda Shimoliy Amerikada boʻlgan kuchli iyun toʻfoni tufayli Herokuda qator ilovalarning faoliyati toʻxtab qoldi, ammo kirish 24 soatdan kamroq vaqt ichida qayta tiklandi[9].
Mukofotlar va muvaffaqiyatlar
[edit | edit source]Heroku IT bozorida NoSQL ning eng koʻp yechimlarini taqdim etayotganini, u shuningdek „poliglot platformasi“ ham hisoblanishini taʼkidlamoqda. Heroku „Dow Jones FASTech 50 start-ups to Watch“ roʻyxatiga kiritilgan. Gartner[10] tomonidan 2010-yilning aprel oyida Herokuga „Cool Vendor in Application Platforms as a Service“ maqomini berildi. Heroku, shuningdek, ReadWriteWeb tomonidan chop etilgan „Top 10 Cloud Computing Services for 2010“ („2010-yil uchun eng yaxshi 10 ta bulutli xizmatlari“) roʻyxatidan ham joy oldi[11].
Manbalar
[edit | edit source]- Rasmiy Heroku veb-sayti Arxiv nusxasi 2014-yilning 31-mayida olingan (Inglizcha) )
- Azure xosting xizmatlarini joylashtirish Heroku ilovasini oʻrnatish kabi oson boʻlishi kerak(Inglizcha) )
- Venture Wire FASTech konferentsiyasining eng istiqbolli start-uplar diqqat markazida Arxiv nusxasi 2011-yilning 14-oktabrida olingan.(Inglizcha) )
- Heroku Facebook ilovalarining rasmiy bulutiga aylana oladimi? (Wayback Machine saytida 2012-10-10 sanasida arxivlangan) Arxiv nusxasi 2012-yilning 10-oktabrida olingan(Inglizcha) )
- Adam Wiggins Heroku’s Pivot-da, veb-ishlab chiquvchilar uchun „kir yuvish mashinasi“ ni qurish va Salesforce.com-ga qoʻshilish Arxiv nusxasi 2014-yilning 2 iyunida olingan(Inglizcha) )
- Ruby yaratuvchisi mobil qurilmaga eʼtibor qaratmoqda Arxiv nusxasi 2014-yilning 2 iyunida olingan (Inglizcha) )
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ Salesforce signs definitive agreement to acquire Heroku (news release), Heroku, 2015-05-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-28.
- ↑ „Stacks — Heroku Dev Center“ (en). 2014-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-may.
- ↑ „Matz joins Heroku“ (en) (deadlink). Heroku (2011-yil 12-iyul). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Developers“ (en) (deadlink). Facebook. 2012-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Facebook Builds Bridge To Heroku Cloud“ (en) (deadlink). Information Week (2011-yil 16-sentyabr). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2012-10-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ „NoSQL, Heroku, and You“ (en) (deadlink). Heroku (2010-yil 20-iyul). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan..
- ↑ „How it Works“ (en) (deadlink). Heroku. 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Deploying with Git“ (en). Heroku. 2012-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-sentyabr.
- ↑ Ludwig, Sear. „Amazon cloud outage takes down Netflix, Instagram, Pinterest, & more“ (en) (2012-yil 29-iyun). 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyul.
- ↑ „Cool Vendor in Application Platforms as a Service, 2010“ (en) (deadlink). Gartner (2010-yil 1-aprel). 2012-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2012-09-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ Aleks Vilьyams. „Top 10 Cloud Computing Services for 2010“ (en) (deadlink). ReadWriteWeb (2010-yil 13-dekabr). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2012-10-31 sanasida arxivlangan)