Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kalava ip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 22-avgust, 20:25 dagi ProgrammerBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Kalava ip, yigirilgan ip — 1) toʻqimachilik tolalarining barcha turlaridan tayyorlangan pilikyaan pilta mashinada olinadigan iplarning asosiy turi, xom ip. Bir necha tolani yumshoqqina himarib (baʼzan yelimlab) hosil qilinadi. Bir xil tolalardan yoki har xil tolalarni aralashtirib, yo boʻlmasa, tolalarga chiqindilar (tarandilar)ni qoʻshib olinadi. Tolalarning xiliga, vazifasiga, olish va pardozlash usullariga, xossalari va tuzilish xususiyatlariga qarab, K.i. turli xillarga boʻlinadi. Masalan, toʻquvchilik uchun (arqoq va tanda iplari), trikotaj, ip olish, arqon eshish va b. uchun moʻljallangan K.i.lar farq qilinadi. K.i.ni yigirishga tayyorlash usuliga koʻra, u karda, taroqli va apparat tizimida tayyorlanadigan xillarga boʻlinadi. K.i. yigirish mashinalari turiga, pardozlash va boʻyash usuliga qarab ham xillarga ajratiladi. K. i.ning xom, oqartirilgan, maxsus kimyoviy eritma bilan ishlov berilgan (merserizatsiyalangan), boʻyalgan va b. turlari boʻladi. Tuzilishiga koʻra, oddiy (bir ipli), olachipor (melanj), hajmiy (teksturlangan), pishitilgan (bir necha ipni qoʻshib buralgan) va b. xillarga boʻlinadi. K.i.ni paxta, jun, ipak, zigʻir, ipak va kimyoviy tolalardan tayyorlash mumkin.

K.i.ning asosiy xossalari — ingichkayoʻgʻonligi, buramdorligi (pishitilganlik darajasi), uzuvchi kuchga chidamliligi, uzayuvchanligi, bir tekisligi, mustahkamligi, tozaligi. K.i.dan toʻquvchilikda, gʻaltak ip olishda, arqon va chilvirlar eshishda foydalaniladi; 2) charxta bir necha marta tekis qilib oʻralgan va charxdan chiqarib olib taxlangan bir oʻram ip, ipak; ip yigirish uchun moʻljallangan xom (bir oz pishitilgan) ip. Pilta (piltakachda yumaloklangan bir boʻlak paxta, pagʻa)ni ohistagina choʻzib hosil qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil