Kashmiriylar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kashmiriylar - Hindistondagi xalq. Asosan, Kashmir viloyati (Jammu va Kashmir shtati)da yashaydi (4 mln. kishi; 1990-yillar oʻrtalari). Koʻpchiligi sunniy musulmonlar, hinduizmga eʼtiqod qiluvchilari ham bor. Kashmiriy tilitsa soʻzlashadi. Islomga eʼtiqod qiluvchilari arab yozuvidan, hinduizmga mansublari esa nagari yozuvidan foydalanadi. K. qadimdan hinduizmga eʼtiqod qilib kelgan boʻlib, 16—18-asrlarda Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo hukmdorlari Kashmir uchun olib borgan urushlar davrida Islom dinini qabul qilgan va koʻpchiligi oʻzga yurtlardan kelgan musulmonlar bilan chatishib ketgan. Hindistonda Jammu va Kashmir shtatining tashkil etilishi (1947) bilan K.ning milliy jipslashuvi jarayoni kuchaygan.
K.ning asosiy mashgʻuloti — sugʻorma dehqonchilik (sholi, joʻxori, bugʻdoy, arpa, paxta, zaʼfaron, moyli oʻsimliklar, mevali daraxtlar, poliz ekinlari, gullar), chorvachilik (asosan, yungidan mashhur kashmiriy matolar toʻqiladigan qoʻy va echkilar) va anʼanaviy hunarmandchilik (nafis jun shalilar tayyorlash, tukli gilamlar toʻqish, guldor namatlar bosish, papyemashe, mis va emaldan turli buyumlar yasash, yogʻoch oʻymakorligi). K.ning turar joylari tosh, gʻisht va yogʻochdan qurilgan boʻlib, ularning 1-qavati chorva va roʻzgʻor buyumlari saqlash uchun, 2-hamda 3-qavatlari yashash uchun moʻljallangan. Uylarning tomlari baland, cherepitsa, poxol yoki yupqa taxtalar bilan yopilgan. K.ning anʼanaviy liboslari diniy eʼtiqodlari taqozosiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, hinduizmga eʼtiqod qiluvchi K. musulmon K.ga nisbatan ancha tor va serbezak kiyimlar kiyadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |