Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kramatorsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kramatorsk (ukraincha: Крамато́рськ) — Ukrainaning Donetsk viloyatidagi shahar bo'lib u Kazyonniy Torets daryosi (Severskiy Donetsk irmogʻi) boʻyida joylashgan. Kramatorsk tuguni. Aholisi 203,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ogʻir mashinasozlik markazi (Starokramatorsk, Novokramatorsk zavodlari, ogʻir mashinasozlik, stanoksozlik zavodlari. Qora metallurgiya rivojlangan. Koks kimyosi zavodlari bor. Prokat, konditsioner, emal, qurilish materiallari (sement, shifer, mineral paxta) va boshqa ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, industriya instituti, 2 muzey mavjud. K. 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil