Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Qandalalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qandala sxemasi

Qandalalar (lotincha: Heteroptera), asl yarimqattiqqanotlilar — chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi maʼlum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uz. I mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (baʼzan tepa qismida yana oddiy) koʻzlari bor; 4, kamdankam 3—5 boʻgʻimli moʻylovi ipsimon, toʻgʻnogʻichsimon yoki dumaloq. Sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati boʻgʻimli xartumcha koʻrinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bogʻliq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Koʻpchilik Q.ning orqa koʻkragining ikki yoni bilan 2 va 3juft oyoqlarining toslari oraligʻiga hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan. Tuxumi, asosan, bochkasimon, noksimon, tuxumsimon boʻlib, uchki qismida qopqogʻi bor. Lichinkasining tashqi koʻrinishi va hayot tarzi yetuk Q.nikiga oʻxshash. Koʻpincha Q. yilda bir avlod beradi. Urgʻochisi tuxumini oʻsimlik yoki boshqa narsalar sirtiga, oʻsimlik toʻqimasi ichiga, baʼzilari (ayrim zararkunanda Q.) erkagining orqasiga (tuxumdan lichinka chiqqunga qadar erkagi koʻtarib yuradi) qoʻyadi. Odatda, yetuk Q. (soʻqir Q.ning faqat tuxumi) qishlaydi. Q. issiq va quruq iqlimli sharoitda yashashga juda yaxshi moslashgan.

lotincha: Palomena prasina

Oʻzbekistonning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqasida Q.ning 13 zararkunanda turi, ayniqsa, beda kandalasi, dala qandalasi katta zarar keltiradi. Beda oʻrilgandan keyin Q. yoppasiga gʻoʻzaga oʻtadi. Yetuk Q. va lichinkasi barg, poyaning mayin toʻqima uchi va hosil organlaridagi shirani soʻradi. Shikastlangan gʻuncha va gullar toʻkiladi. Shakllangan koʻsaklarda qoʻngʻir dogʻlar (1—2,5 mm kattalikda) paydo boʻladi, ularning rivojlanishi hamda pishishi sustlashadi. Quruqlik Q.i, asosan, oʻsimlikxoʻr, turli oʻsimliklar bargi, mevasi va ildizidan shirasini soʻradi. Qalqovdor Q. oilasiga mansub xasva, beda qandalasi, oʻtloq qandalasi va boshqalar qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun xavfli. Baʼzi Q oʻsimliklarning virusli kasalliklari, mas, barg bujmayishi, lavlagi mozaika kasalligi kabilarni tarqatadi. Baʼzi quruqlik Qi odam va issiq qonli hayvonlarning (koʻrshapalaklar, qushlar va boshqalar) tashqi paraziti boʻlib, ularning qoni bilan oziqlanadi. Halqondorlar oilasiga mansub yirtqich Q. foyda keltiradi.

lotincha: Pyrrhocoris apterus

Kurash choralari: oʻsimlikxoʻr Q.ga qarshi bedapoyalarga ishlov berish; erta bahorda begona oʻtlarga qarshi nitrafen purkash; poyadagi tuxumlarni yoʻq qilish uchun bedani 5 sm poya qoddirib oʻrish, dalada angʻizni yoʻqotish. Zararlangan ekinlarga fosfororganik insektitsidlardan: fosfamid (rogor)ning 40% li emulgirlanuvchi kukunini sepish (1,5—2,5 kg/ga).Markaziy Osiyoda soʻqir qandalalar oilasining 650 turi (170 avlodi) tarqalgan boʻlib, ulardan 1% gina madaniy oʻsimliklarga zarar keltiradi. Oʻzbekistonda 13 turi uchraydi, ammo ulardan atigi ikki turi beda va dala qandalasi gʻoʻzada zarar etkazadi.

Soʻqir qandalalar — tanasi kichik va oʻrta oʻlchamga ega boʻlgan nozik hasharotlardir. Moʻylovlari boshlaridan uzun, toʻrt boʻgʻimli, ikkinchi boʻgʻimi birmuncha uzun, qolgan xalqasimon boʻgʻimlari ingichkarok koʻrinishga ega. Oddiy koʻzlari mavjud emas. Xartumchasi erkin joylashgan, toʻrt boʻgʻimli. Yelkasining oldingi qismi oʻrta qismiga nisbatan keng, uning old qirrasi toʻgʻri yoki biroz oʻyiqlari bor. Ikki juft qanotlari, baʼzi bir xolatlarni hisobga olmaganda, yaxshi rivojlangan. Panjalari uch boʻgʻimli, tirnoqlarining oʻsimtalari bor. Oldingi qorin boʻgʻimlarining orqa qirrasi navbatdagi boʻgʻimlarining oldingi qirralarini yopib turadi. Soʻqir qandalalarning tuxumlari choʻzinchoq shaklga ega boʻlib, yaltiroq tusli och sariq yoki nim yashil rangga ega, uning yuqori qismi yaxshi mustahkamlanmagan va lichinka chiqadigan teshikni yopib turuvchi qopqoqcha bilan taʼminlangan.

Lichinkalar 3 guruhga ajratilib 5 ta yosh boʻyicha rivojlanadi.

Qanot oʻsimtalari boʻlmagan kichik, oʻsimtalar biroz seziladigan oʻrta va qanot boshlangʻichlari yaxshi rivojlangan katta lichinkalar farklanadi. Lichinkalar tanasi va oyoklarining tuzilishiga koʻra voyaga etgan qandalalarga oʻxshaydi, biroq ulardan rangi, tana va oyoqlaridagi boʻgʻimlar soni oʻsimtalarining oʻzaro nisbati bilan keskin farq qiladi. Soʻqir qandalalarning lichinkalari voyaga etganlariga oʻxshash xoʻra boʻlib, ularning zararli taʼsiri II, III yoshli davridayoq toʻlik nomayon boʻladi.

Dala va beda qandalasi — keng maʼnodagi hammaxur hasharot boʻlib turli madaniy oʻsimliklarni shikastlaydi.

Voyaga etgan qandalaning tana oʻlchami bir muncha yirikroq 5,8-7,3 mm ni tashkil etadi. Tanasining rangi — sargʻish yashildan qizgʻish — jigarranggacha. Yelkasining old qismida bir-biriga parallel joylashgan 4 ta qoramtir dogʻi bor.

Yelkasining old qirrasi boʻylab uzuk-uzuk qora dogʻlar joylashgan. Old qanotlarining terisimon qismida surtma shaklidagi 3 ta qora dogʻni va yuqori qismida, membrana yonida bittadan joylashgan dogʻlarni koʻrish mumkin. Oyoqning son qismida 3 tadan qoramtir koʻndalang belbogʻlar, boldir qismida ikki qator qattik xitinlashgan oʻsimtalar bor, panjalar ikkita tirnoqchalar bilan tugallanadi. Tuxumining rangi tiniq, shaffof oqimtir-yashil, kuvacha shaklida, oʻlchami 0,9-1,2 mm, tuxumining old qismi tumtoq, orqa qismi xuddi kesib qoʻyilganga oʻxshaydi. Baʼzi vaqtlarda qoʻyilgan tuxumlar poyaning ustki qismiga chiqib qoladi, uning pastki tomoni silliq boʻlib, eni 0,3-0,5 mm ga etadi. Tuxum qoʻyiladigan joy yumshoq boʻlsa, tuxum poya ichiga toʻlik kiritiladi.

Lichinkaning oʻlchami 1-4 mm. Dala qandalasi lichinkasining boshqalardan ajratib turadigan belgisi shuki, uning elkasi old va orqa elka qismida ikkitadan qora dogʻi bor hamda qanshari va qorin qismida 1 tadan qora dogʻlari bor. Lichinkaning dastlabki 3 yoshdagilari sargʻish, 4-5 yoshdagilari yashilsimon sariq.

Dala qandalasi voyaga etgan hasharot davrida oʻtsimon oʻsimliklar, toʻkilgan xazonlar ostida qishlab chiqib, xavo xarorati 120S ga etganda alohida zotlari, 160S ga koʻtarilganda esa qandala ozuqa izlab ucha boshlaydi. Ammo qalin tushama ostida qishlayotgan qandalalar xarorat 22-25 0S ga etgandagina chiqa boshlaydi, yaʼni ularning qishlovdan ommaviy chiqishi mart oyining ikkinchi yarmidan aprel oyining birinchi oʻn kunligi oxiriga qadar davom etadi. Qishlovdan chiqqan qandala zotlari dastlab kuzgi bugʻdoy ekiniga yigʻiladi. Oradan 9-12 kun oʻtgach tuxumi etilgan urgʻochilar dastlab kuzgi ekin dalalarini tark etib jagʻ-jagʻ, suretka, otquloq va boshqa ommaviy gullagan butgulli oʻsimliklarga toʻplanadi. Erkak qandala zotlari esa kuzgi gʻalla ekinlaridan urgʻochi zotlari uchib ketishidan soʻng bir xafta oʻtib tark etadilar.

Urgʻochi qandalaning jagʻ-jagʻ va surepka oʻsimliklariga ommaviy tuxum koʻyishi aprelning ikkinchi va uchinchi un kunliklarida kuzatiladi.

Dala qandalalari ikkinchi avlodining alohida zotlari may oʻrtalarida paydo boʻladi, mayning uchinchi dekadasi oʻrtalarida suretka, otquloq va urugʻlik butgullilarda ularning koʻp miqdorda toʻplanishi shu davrdan boshlab qandalalarning alohida zotlarining gʻoʻzaga oʻtishi kuzatiladi.

Bedada qandalalarning ommaviy tuxum kuyishi may oxirida kuzatiladi, tuxum qoʻyish ushbu dalalarda oʻsadigan shoʻrada va boshqa begona oʻsimliklarda amalga oshadi, sababi birinchi yildagi bedaning poyasi ingichka boʻlib tuxum qoʻyishga yaramaydi. Bedada tuxumlar oʻsimlikning oʻsish konusiga yaqin boʻlgan yon shoxlariga qoʻyiladi. Qandalalar 150-250 donagacha tuxum qoʻyadi.

Qandalalarning gʻoʻzaga tuxum qoʻyishi may oyi oxirida boshlanadi, ommaviy tuxum qoʻyishi esa iyunning birinchi dekadasida kuzatiladi. Zararkunanda sanchib soʻrgan joyda nim-qoʻrgʻoshin rangli dogʻlar paydo boʻladi. Gʻoʻzada tuxum barg bandiga va poyaning oʻsish konusiga yaqinroq joyga qoʻyiladi. Dala qandalalarining ikkinchi avlod lichinkalari bedada iyun oyi oʻrtalarida, gʻoʻzada bundan 5-7 kun keyin paydo boʻladi. Qandalalar uchinchi avlodi ayrim lichinkalarning paydo boʻlishi iyul oyining ikkinchi dekadasi boshlarida ommaviy koʻchish 4-5 kundan soʻng kuzatiladi.

Dala qandalasining toʻrtinchi avlodi avgust oyi oxirida gʻoʻzaga tuxum qoʻyadi va rivojlanishining toʻliq sikli sentyabrda amalga oshadi. oktabr oyining boshidan dala qandalalarining ommaviy koʻchishi ular yoqtirgan begona oʻtlarga (shuvoq, yalpiz, suv qalampiri, buyimadoron, eshakshura, dala pechagi va boshqalar) kuzatiladi. Dala qandalasi viloyatimiz sharoitida bir yilda 5 avlodgacha koʻpayadi.

Qandalaning tuxumdan imagogacha rivojlanish davomiyligi xavo xaroratiga boglik. Baxorda aprel kisman may oyida tuxumdan imagogacha rivojlanishi deyarli 60 kunda, jazirama davrida esa 20 kunda amalga oshadi. Xashoratning bir generatsiyasi tulik rivojlanish sikli uchun zarur bulgan samarali xarorat yigindisi 10 0S chegarasida 350 0S ni tashkil etadi.

Ushbu tur kartoshka tuganagining vertitsillyoz duksimon virus kasalligi tashuvchisi xisoblanadi, u kartoshka barglarining ola-chipor bulishi, bedaning virusli kasalliklari, gʻoʻza gomozi, loviya bakteriozi, tamaki mozaika kasalliklarini tarkatadi.

QANDALALARNING ZARARI

Dala va beda qandalasi meva, don, dukakli va poliz ekinlarini ayniqsa beda, lavlagi, makkajoʻxori va tamakini, gʻoʻza, qovoq, kartoshka va boshqa oʻsimliklarni zararlaydi. Oʻtkazilgan tadqiqotlar qandala bilan zararlangan gʻoʻzada shona, gul, gʻuncha va koʻsaklarni toʻkilib ketishi va barglarni sargʻayib, qurib qolishini koʻrsatdi. Qandalalar bilan gʻoʻzani zararlanishi, oʻsimlikda nafas olish intensivligining va oksidlovchi fermentlar faolligining kamayishiga, xosilni sezilarli yoʻqolishiga, tola sifatining yomonlashuviga, yosh hosil elementlarining tukilishi va urugʻning yaroqsizlanishiga olib keladi.

Kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, qandalalar bilan zararlangan gʻoʻzapoyalarni katta miqdori qurib qolgan, ammo toʻkilmagan shona, gul va yosh koʻsaklarni boʻlishi bilan farqlanib turadi. Shona, gul tuguncha va koʻsaklarni zararlangan joyida gʻoʻza sharbatining sariq tomchisi paydo boʻladi, keyinchalik ular havoda quriydi va qorayib qoladi. Xosil elementlarini zararlangan joylarida qora dogʻlar paydo boʻladi. Dogʻlar atrofidagi bir necha sanchishlar xisobiga ular kattalashadi va boshqacha tus oladi. Koʻsak deformatsiyaga uchraydi, baʼzan muddatidan oldin ochiladi. Bu xolat paxta tolasi va urugʻning sifatiga salbiy taʼsir etadi.

Vaqt oʻtishi bilan bir qancha sanchishlar taʼsirida notugʻri rivojlanayotgan toʻqimaning ustki qismi dars ketadi va yoriq paydo buladi. Yorikdan yirik xujayralardan tashkil topgan yarim suyuq koʻsak shirasi- kamed oqib chiqadi. Bunday kusaklarni ichki qismi oʻzgaradi, tola va urugʻ buziladi va kamed bilan yopishgan kungʻir moddaga aylanadi. Mabodo hosil tugunchalari shikastlangan bulsa ular rivojlanmaydi va qurib qoladi.

Gʻoʻzani yoppasiga zararlaganda paxta hosilini 40-50% ayrim holatlarda 70-80% gacha yoʻqotilishiga sabab boʻladi.

QANDALALARNI GʻOʻZA MAYDONLARIDA TARQALIShINI

OLDINI OLIShGA OID TAVSIYaLAR

Soʻqir qandalalar miqdorini ularning dastlabki kupayish joylarida kamaytirish xamda zararkunandalarni boshqa ekinlarda koʻchishini oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarni amalga oshirish oʻta muhim:

— qandalalarning qishlash zichligi va qishlab chiqqan hasharotlar sonini aniqlash maqsadida dala qandalalari xush koʻrgan bir yillik oʻsimliklar: shuvoq, shovul, yalpiz kabi begona oʻtlar kuzgi va erta baxorgi xisobga olish ishlarini tashkil etish;

— beda qandalasining zichligini kuzda, xosil yigʻilgandan soʻng va erta baxorda begona oʻtlarda, beda angʻizida lichinkalar chiqqunga qadar qishlovchi tuxumlar miqdorini aniqlash;

— beda qandalasining qishlayotgan tuxumlarini kamaytirish maqsadida bedaning kuzgi (oxirgi) oʻrimini imkon qadar tagrogʻidan (5-6 sm qoldirib) oʻrish;

— urugʻlikka muljallangan bedapoyalarni kuzda chimqirqarsiz plug bilan 25-30 sm chukurlikda kuzda xaydash;

— shuvoq, yalpiz, suv qalampiriga dala qandalasi sentyabr-oktabrda koʻchib oʻtishi va u yerda oxirgi avlodi rivojlanishi va qishlashga ketishini inobatga olib bunday begona oʻtlarni kuzda oʻrib tashlash;

— baxorda, aprelning 2-yarmida begona oʻtlar (surepka, jagʻ-jagʻ, otquloq)ni yuqotish, bu davr dala qandalalari xush kurgan begona oʻtlarga yalpi tuxum quyish muddatlariga toʻgʻri keladi va zararkunanda koʻpayishi oldi olinadi;

— beda qandalasi qishlagan qandala tuxumlari va ulardan chiqqan lichinkalarini oʻz vaqtida yoʻqotish uchun baxorda bedapoyalarni baronalash;

— begona oʻtlar (jag-jag, surepka, shura, shovul) ni gʻoʻza ekini orasidan muntazam ravishda yuqotib borish, ayniqsa gʻoʻza shonalash davrida bu tadbir oʻta muximdir, chunki bu davrda dala qandalasining tuxum qoʻyishi qisman yuqorida koʻrsatilgan begona oʻtlarda kuzatiladi;

— urugʻlik beda shonalash davrida himoya chora tadbirlarini oʻtkazish;

— gʻoʻzani muddatidan oldin ayniqsa birinchi sugʻorishda xamda tuproqning oʻta namlanishiga yul kuymaslik zarur chunki bu xol dala qandalasining gʻoʻza ekiniga oʻtishining asosiy sabablaridan biri xisoblanadi;

— mineral ugʻitlar bilan oziqlantirish, ayniqsa fosfor-kaliyli ugʻitlar, gʻoʻza va bedani soʻqir qandalalar bilan shikastlanish darajasini birmuncha kamaytiradi;

— beda oʻrimida dalaning 8-10 m kenglikdagi chekka maydonchalarini qoldirish va shu yerda toʻplangan qandalalarni, zaruriyatga qarab qirib yoʻqotish maqsadida kimyoviy himoya vositalaridan foydalanish.

Soʻruvchi hasharotlarga qarshi gʻoʻza, beda va boshqa ekinlarda qoʻllash uchun ruxsat etilgan barcha fosfororganik insektoakaritsidlar qandalalarga qarshi xam samarali vosita xisoblanadi. Ammo ularning issiqqonli xayvonlarga va foydali hasharotlar uchun yuqori darajada zaxarli ekanligi va atrof muhitga taʼsir etuvchi boshka salbiy tomonlari ularni amalda qoʻllashda nihoyatda extiyotkorlikni talab etadi.

Ushbu guruxdagi preperatlarni zararkunandalar miqdori iqtisodiy xavflilik chegarasidan oʻtganda qoʻllash kerak. Ishlov berishni samarasi kecha — kunduz vaqti bilan bogʻlik. Kunduzgi soatlarda soʻqir qandalalarning voyaga etgan zotlari juda faol xayot kechiradi va ekinlarga ishlov berishda er agregatlardan foydalanish ularni choʻchitib yuborishi va ular boshka maydonlarga tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin. Qandalalar faqat erta tongdagi vaqtlarda soat 5:00 dan 7:00 gacha sust boʻladi, shuning uchun oʻsimliklarni ximoya kilish vositalarni kullash erta tongda belgilanishi lozim. Beda qandalasiga qarshi Surxondaryo viloyatida Dalate plyus preparatidan 1 gektar maydonga 0.25l, entolucho preparatidan 1 gektar maydonga 0.3l, entometrin preparatidan 1 gektar maydonga 0.3 l, Bi-58 preparatidan 1 gektar maydonga 0.5-1 litr, entospilan preparatidan 1 gektar maydonga 0.3 kg, deltasisi preparatidan 1 gektar maydonga 0.1-0.6l va entomektin preparatidan 1 gektar maydonga 0.3-0.4 l ishlatilganida samarasi 90-95% gacha tashkil etdi. Bunga misol qilib Shoʻrchi tumanidagi Soatov Abdualim Fermer xoʻjaligiga qarashli 100 gektar paxta maydonining 20 gektariga Bi-58 preparatini gektariga 0.5l dan qoʻllanilganda 92% samara berdi. Fermer xoʻjalik boshligʻi Soatov Abdusalom aka kompaniyamizga minnatdorchilik bildirdi. Hozirgi kunda Termiz Davlat Universiteti talabasi Oʻralov Beknazar Beda qandalasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  • Murodov S. A., Umumiy entomologiya kursi, T.. 1986.

Sulton Alimuhamedov