Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Radom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 6-sentyabr, 06:48 dagi Ruhshona ozodova (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Radom — Polshaning markaziy qismidagi shahar. Radom voye vodasining maʼmuriy markazi. Aholisi 232,3 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (tikuv mashinalari, telefon apparatlari ishlab chiqarish), kimyo, koʻnpoyabzal, oyna-shisha, oziq-ovqat (tamaki, goʻsht) sanoati korxonalari bor.

Radom Polshaning qadimiy shaharlaridan. Qoʻlyozmalarda 12-asrdan tilga olingan. 1505-yilda Radom konstitutsiyasi qabul qilingan. 14—16-asrlarda Polsha majlisining qarorgohi boʻlgan. 14—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil