Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Rokopera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rokopera — musiqali teatr janri. 1960-yillarda myuzikl hamda rok musiqannig ifodaviy vositalari negizida yuzaga kelgan ("Sochlar", G. Makdermot, 1967; "Qutulish", T.Lin, 1969 va boshqalar). Unda operaga xos ariya, xor, uvertyura kabi shakllar, shuningdek, monolog, dialog, zamonaviy raqs, yoritish vositalari hamda ovoz chiqarish elektron moslamalari keng qoʻllanadi. Ijroda simfonik orkestr hamda rok ansambl cholgʻulari qatnashadi. Rokoperada koʻpincha mifologik (diniy), tarixiy mavzular zamonaviy talqinda namoyon boʻladi (Mas, "Iso Masih — superyulduz", E.L. Uebber, 1971). A. Jurbinning "Orfey va Evridika", A. Ribnikovning "Yunona va Avos" Rokoperalari Oʻzbekistonda namoyish etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil