Shtab
Shtab (nemischa: Stab ), harbiy shtab — qoʻshinlar (flot kuchlari)ni boshqaruvchi asosiy organ. Shtablar umumqoʻshin, qoʻshin turlari va qurolli kuchlar turlariga qarab boʻlinadi. shahrining asosiy vazifasi: vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, ularni oʻrganish, ishlab chiqish hamda qoʻmondonga taklif tayyorlash; amaliyotlarni rejalashtirish, qoʻshinlarning birgalashib, hamkorlikda harakat qilishini uyushtirish; qoʻshinlar taʼminoti va ularni boshqarishni tashkil etish, buyruq va jangovar farmoyishlarni ijro etuvchilarga tez yetkazish; qoʻshinlarning va itoat etuvchi shahrining jangga tayyorgarlik koʻrishiga yordam berish; jangovar tajribalarni umumlashtirish; mustahkam intizomni taʼmin etish va boshqalar Shtab oʻz ishini qoʻmondonlar qarorlari va yuqori shahrining farmoyishlari asosida olib boradi. Shtablar barcha davlatlar armiyalarida (Oʻzbekiston Respublikasida — Qurolli Kuchlar birlashgan shtabi) mavjud.
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |