Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Toʻngʻiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To'ng'iz
Qazilma davri: Early Pleistocene – Recent
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Xayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Juft tuyoqlilar
Urugʻ: Sus
Tur: S. scrofa
Binar nomi
Sus scrofa

Toʻngʻiz, choʻchqa (lotincha: Sus scrofa) — sut emizuvchilar sinfining juft tuyoqlilar guruhiga kiradigan hayvon. Toʻngʻiz (yovvoyi choʻchqa) ancha yirik hayvon, tanasining uzunligi 180sm dan 2 m gacha, vazni 240—300 kg keladi. U Yevropa va Osiyo qitʼasida tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli joylarda va toʻqaylarda uchraydi. Gavdasi katta, boʻyini yo'g'on, boshi oʻrta hol, tumshigʻi konus shaklli koʻndalangdan kesilgan boʻlib keladi. Uchida juft tuyogʻi bor, oyogʻi baquvvat, ikklasi yahshi etilgan toʻrtta barmogʻi boʻladi. Qulogʻi katta va yalpoq, koʻzi kichkina. Gavdasini qalin junli. Olatining orqa tarafida yoli boʻladi. Jinsiy tarafidan 18 — 20 oyda voyaga etadi. Kuylaydigan vaqti avgustning oʻrtasidan dekabrgacha davom etadi. Onaligi (megajinі) 4 — 10 gacha tugʻadi. Tishlari koʻp. Qorini yetilmagan, kavish qaytarmaydi. Ozuqa tanlamaydigan xayvon, erni kovalab qurt-qumursqa, o'simlik ildizlari va kichkina sichqonlar bilan ovqatlanadi. Toʻngʻiz — kasibiy zaruri bor xayvon, goʻshti, terisi, junlaridan foydalanadi. Oʻrtacha hisob bilan Toʻngʻiz 50 kg goʻsht qiladi, 10 kg moy, 250 dm2 teri va junlari 0,5 kg

Toʻngʻiz Shimoly Afrika bilan Evrosiyoda tarqalgan, MDH hududida, Boltiq qirgʻoqlaridan Sharqgacha uchratish mumkin. Erkaklarining ozuqa tishlari kattakon va yuqori, sirtiga chiqib turadi. Gavdasini jun bosgan. Voyaga etgan toʻngʻizlarning ranggi qoʻngʻir boʻladi. Toʻngʻiz bolalarining juni yoʻl-yoʻI boʻlganidan ularni oʻtlar orasidan urgʻochilari oson topib oladi. Toʻngʻiz bolalan biror xavftugʻilganida qattiq chiyillaydi va kattalari ularni himoya qilish uchun tashlanadi. Katta toʻngʻizlarning uzunligi 2 m, salmogʻi 300 kg. Jamoat boʻlib yashashadi. Kuylash vaqtida, alohida yashashadi. Oʻrtacha 4-6 toʻngʻizcha tugʻadi. Uy choʻchqasining tugʻishganlari.

  • Вавилов М. П. Охота в России во всех её видах. — М.: Типография Ф. Иогансон, 1873. — 224 с.
  • Черкасов А. Записки охотника ​Восточной Сибири (1856—1863). Издание 1-е. — СПб.: ​Изд-во С. В. Звонарева, 1867. — 707 с. (Черкасов А. А. Записки охотника восточной сибири. — М.: Издательство: Физкультура и спорт, 1990. — 575 c.)
  • кн. А. Урусов, «Облавные охоты на копытчатых зверей» («Природа и Охота», 1883 IV), Верненский Гражданин (Б. Карпов), «Мантык — истребитель тигров» (там же, 1880 X)