Abdurahmon ibn Avf yurishi
Abdurahmon ibn Avf yurishi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Abdurahmon ib Avf | Al-Asbogʻ | ||||||
Kuchlar | |||||||
700 | Nomaʼlum[2] |
Abdulrahmon ibn Avf yurishi, shuningdek, Dumat ul-Jandalning ikkinchi gʻazoti (arabcha: سرية عبد الرحمن بن عوف إلى دومة الجندل)[1][2] hijriy 6-yilning 8-shaʼbon oyida (milodiy 627-yil dekabr) boʻlib oʻtgan. Abdurahmon ibn Avf Banu Kalb qabilasi ustidan gʻalaba qozonib, ularni Islomni qabul qilib, musulmonlar tarafiga oʻtkazish uchun yuborilgan va bu yurish muvaffaqiyatli yakunlangan[4][5][6].
Yurish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Abdurahmon ibn Avfni xalqni oʻziga jalb qilish uchun Dumat ul-Jandalga boshliq etib tayinlagan.
Abdurahmon 700 kishi bilan Fadakning Haybar yoʻlida joylashgan Dumat al-Jandalga yurish qilish uchun yoʻlga otlanadi. Bu joy oʻsha vaqtda yaxshi savdo markazi boʻlib, aholisi, asosan, nasroniylar boʻlgan va nasroniy podshosi tomonidan boshqarilgan. Dumat ul-Jandalga yetib kelgan Abdurahmon qabila ahlini 3 kun ichida Islomni qabul qilishga chaqirgan.
3 kunlik muddat ichida Banu Kalb qabilasining nasroniy boshligʻi al-Asbogʻ buyruqqa itoat qilgan, shu sababli boshqalar ham unga ergashgan[6]. Bundan tashqari, boshqa qabilalar ham Abdurahmonga jizya soligʻi toʻlaganlar. Muntazam ravishda jizya soligʻini toʻlashga kelishgan holda ularga nasroniylikni saqlab qolishga ruxsat berilgan[2].
Muhammad elchi orqali ushbu xabarni olib, Abdurahmonga nasroniylar boshligʻi al-Asbogʻning qizi Tamazirga uylanishni buyurgan. Shunda Abdurahmon nasroniy podshosining qizi Tumazir binti Asbogʻga uylangan va ayolini oʻzi bilan birga Madinaga olib kelgan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, p. 395, ISBN 9789960899558 (online)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Muir, William (1861), The life of Mahomet and history of Islam to the era of the Hegira, Volume 4, Smith, Elder & Co, pp. 11–12
- ↑ 3,0 3,1 Watt, W. Montgomery (1956).
- ↑ Abū Khalīl, Shawqī. Atlas of the Quran. Dar-us-Salam, 2003 — 242-bet. ISBN 978-9960-897-54-7.
- ↑ Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010.
- ↑ 6,0 6,1 Mufti M. Mukarram Ahmed. Encyclopaedia of Islam. Anmol Publications, 205 — 229-bet. ISBN 81-261-2339-7. Mufti M. Mukarram Ahmed (205).