Aleksandr Galkin
Aleksandr Semyonovich Galkin | |
---|---|
Tavalludi | 23-avgust 1855-yil |
Vafoti |
1920 Sochi, Rossiya imperiyasi |
Unvoni | General-leytenant |
Mukofotlari |
Aleksandr Semyonovich Galkin (1855 — 1920) — Rossiya imperatorlik armiyasi general-leytenanti, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori, sharqshunos, Xitoy va Sharqiy Turkiston tadqiqotchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Galkin 1855-yil 23-avgustda tugʻilgan.
Mixaylovskiy artilleriya maktabini (1874) va Mixaylovskiy artilleriya akademiyasini (1879), keyin esa 1884-yilda Nikolayev Bosh shtab akademiyasini tamomlagan. Artilleriya maktabidan soʻng u 6-otliq artilleriya brigadasida xizmat qildi. Bosh shtab orqali u Omsk harbiy okrugida xizmat qilgan. 1884-yildan okrug shtab-kvartirasida topshiriqlar boʻyicha ofitser boʻlib xizmat qilgan.
1885-yilning yozida Rossiya imperiyasi bilan chegaradosh viloyatlardagi Xitoy qurolli kuchlarining harbiy salohiyati haqida maʼlumot toʻplash uchun Sharqiy Turkistonga yuboriladi. 1887-yil iyul—dekabr oylarida Xitoyning Rossiyaga tutashgan Shinjon viloyatlaridagi qurolli kuchlari va harbiy vositalari toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash hamda Tyan-Shanda ilmiy izlanishlar olib borish uchun Sharqiy Turkistonga ikkinchi safarini amalga oshirdi. U toʻplagan maʼlumotlar birinchi marta 1886-yilda „Osiyo boʻyicha geografik, topografik va statistik materiallar toʻplami“da (Xitoy qurolli kuchlarining Sharqiy Turkistondagi hozirgi holati, 1885) nashr etilgan. 1888-yili ushbu toʻplam yangilangan (Rossiyaga tutash Jungʻariya va Sharqiy Turkiston hududlarida Xitoy qurolli kuchlarining hozirgi holati, 1887-yil. — XXXV).
U 22-mahalliy brigada boshligʻi qoʻmondonligi ostida shtab ofitseri sifatida ishlagan. 1888-yilda podpolkovnik unvonini olgan. Oʻsha yilning iyul oyida u Turkiston harbiy okrugining katta ad’yutanti lavozimini egalladi. 1889-yilda Turkiston harbiy doirasi qoʻshinlari qoʻmondoni qoʻlida maxsus topshiriqlar boʻyicha shtab ofitseri boʻlib, Rossiya Bosh shtabi ofitserlarining Buxoro boʻylab sayohatida qatnashadi. U Pomirdagi Rossiya va Afgʻoniston mulklarini chegaralash boʻyicha hukumat komissari boʻlib ishlagan. Bu ish uchun unga 2250 rubl miqdorida pul mukofoti berilgan.
1891-yilda Samarqand viloyati qoʻshinlari shtab boshligʻi boʻlib ishlagan va 1892-yilda bu lavozimga qayta tayinlangan. 1893-yilda Bosh shtabning Osiyo boʻlimi kotibi, 1896-yilda Amudaryo boʻlimi boshligʻi boʻldi.
U Turkistonda chorak asrga yaqin xizmat qilgan. Turkiston general-gubernatorligi va qoʻshni mamlakatlarga koʻplab sayohatlat qilgan, atoqli harbiy sharqshunos hisoblangan. Oʻrta Osiyo hududlari tarixi va arxeologiyasiga oid qator geografik asarlar muallifi[1][2].
1917-yildan keyin xotini va oʻgʻli bilan Sochida yashadi. 1920-yilda qaroqchilar tomonidan oilasi koʻz oʻngida oʻldirilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 3-darajali Stanislav ordeni (1886)
- 4-darajali Muqaddas Vladimir ordeni (1888)
- 2-darajali Stanislav ordeni (1891)
- 2-darajali Muqaddas Anna ordeni (1896)
- 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni (1900)
- 1-darajali Stanislav ordeni (1905)
- 1-darajali Muqaddas Anna ordeni (06.12.1911)
- 2-darajali Muqaddas Vladimir ordeni (06.12.1914)
- Oq burgut ordeni (VP 08.10.1915).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Басханов М. К. „Галкин Александр Семёнович“, . Русские военные востоковеды до 1917 года. Биобиблиографический словарь. M.: «Восточная литература», 2005 — 57-bet.
- ↑ Керсновский А. А. „Галкин Александр Семёнович“, . История Русской армии. M.: «Голос», 1994 — 347-bet. ISBN 5-7117-0014-6.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- РГВИА. Ф. 409. Оп. 1. Д. 133. Л. 706 (Послужный список начальника Аму-Дарьинского отдела полковника Галкина А. С. по сост. на 26 января 1900 г.).
- РГВИА. Ф. 409. Оп. 1. Д. 249. Л. 382 (Полный послужный список военного губернатора Сыр-Дарьинской области генерал-лейтенанта ГШ Галкина по сост. на август 1916 г.).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Galkin, Aleksandr Semyonovich (rus.). // Proekt „Russkaya armiya v Velikoy voyne“.
- Galkin, Aleksandr Semyonovich // Spisok generalam po starshinstvu. Sostavlen po 15-e aprelya 1914 goda. — SPb.: Voennaya tipografiya v zdanii Glavnogo Shtaba, 1914. — S. 222.