Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Porfiryevich Borodin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Porfiryevich Borodin
Tavalludi 31 oktyabr (12-noyabr) 1833[1]
Vafoti 15 (27) fevral 1887[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Aleksandr Porfiryevich Borodin [1833.31.10(12.11) —Peterburg 1887.15 (27).2 ] — rus kompozitori va kimyogar olim. Tibbiyot doktori (1858), professor (1864). Rossiya Tibbiyotjarrohlik akademiyasi akademik (1877). Peterburgda ochilgan shifokor ayollar kursi (1872—87)ning tashkilotchilaridan biri.

B.ning musiqa asarlarida ulugʻvorlik, vatanga muhabbat, erksevarlik gʻoyalari teran ifodalangan. Kamer— cholgʻu (2 ta kvartet, fortepiano kvinteti va boshqalar), kamer—vokal (romans, hajviy qoʻshiqlar kabi) va boshqa asarlar muallifi. "Bahodirlik" (Ikkinchi) simfoniyasi (1867), "Knyaz Igor" operasi (1890-yilda N. Rimskiy — Korsakov va A. Glazunovlar nihoyasiga yetkazgan) B. ijodining choʻqqisidir. B.ning ayrim asarlari (shu jumladan, "Oʻrta Osiyoda" simfonik manzarasi, "Knyaz Igor" operasi)da Sharq xalqlari musiqasining taʼsiri yaqqol sezilib turadi. "Knyaz Igor" operasi dastlab Toshkent rus opera teatri (1922-yildan), keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet teatri repertuaridan mustahkam oʻrin olgan.

B. kumush nitratlarga brom taʼsir ettirib, brom almashgan yog kislotalari olishning original usulini ishlab chiqqan (1861), birinchi boʻlib fakultetorli birikma — benzoil fakultetoridni olgan (1862). Aldegidlarni zichlashtirish sohasidagi tadqiqotlari (1863— 74) muhim ahamiyatga ega. U aldol kondensatlanish reaksiyasini kashf etgan; sirka aldegidni zichlashtirib, aldol olgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil