Alizarin
Alizarin, 1,2-digidrooksiantra-xinon, SIN8O4 – zargʻaldoq-qizil kristall. Mol. m. 240,20. Suyuqlanish temperaturasi 290°, qaynash temperaturasi 430°. Suvda yomon, etil spirtda oʻrtacha eriydi; benzol, sirka kislota, ishqorlarda yaxshi eriydi. Alizarin roʻyan oʻsimligi (Rubia tinctorium) ildizida glyukozid holda uchraydi. Birinchi marta 1869 yilda nemis kimyogarlari K. Grebe va K. T. Liberman tomonidan sintez qilingan. Sanoatda sintetik „Alizarin 323“ ishlatiladi. Alizarin koʻp valentli metallar (mas, alyuminiy) bilan rangli tuzlar hosil qiladi. Alizarin analitik kimyoda koʻp metallarning ionlarini aniqlashda, baʼzi boʻyoqlarni sintez qilishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi; uning alyuminiyli loki badiiy boʻyoqlar tayyorlashda va poligrafiyada qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |