Alohida fikr
Alohida fikr (huquqda) – sud hukmi, qarori yoki ajrimini chiqarishda boshqa sudyalar xulosasiga qoʻshilmay qolgan sud aʼzosining yozma fikri. OʻzR JPK 472-moddasiga binoan, hukm sudya tomonidan chiqarilgan boʻlsa, uni sudyaning yakka oʻzi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan boʻlsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida eʼlon qilinishi mumkin emas. Alohida fikr mavjud boʻlgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish yuqori sud raisiga yuborilishi lozim, u esa ish bilan tanishib chiqib, hukm ustidan nazorat tartibida protest berish-bermaslik masalasini hal qilishi kerak.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |