Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Amorf tillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tilshunoslik tipologiya
Morfologik tipologiya
Soʻz tartibi

Amorf tillar (yun. „amorphos“ – shaklsiz) – affikslar bilan soʻz yasalishi va soʻz oʻzgarishi boʻlmagan tillar. Soʻzlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi soʻzlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda amorf tillar kamchilikni tashkil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (mas, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor va boshqalar). Amorf tillar ga eng yaqin tillar – xitoy, Vetnam, eve va boshqa Amorf tillarda mustaqil soʻzlar yordamchi soʻz vazifasida ham keladi. Masalan, xitoy tilida ge (arava), shong (ust) soʻzlari qoʻshilib – geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil boʻladi. Bu xususiyat tibet-birma tillarida kuchli.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil