Andriy Lunin
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andriy Oleksiyovich Lunin | ||
Tavallud sanasi | 11-fevral 1999-yil | ||
Tavallud joyi | Krasnograd, Ukraina | ||
Boʻyi | 192 sm | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012-2015 | Metalist Kharkiv | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015-2016 | Dnepr | (0) | |
Milliy terma jamoa | |||
2018- | UKR Ukraina milliy futbol terma jamoasi | (0) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Andrey Oleksiyovich Lunin (ukraincha: Андрій Олексійович Лунін Andrey Lunin; 1999-yil 11-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ukraina milliy futbol terma jamoasi darvozaboni.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lunin „Metalist“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiyi Aleksandr Xrabrov) va „Dnepr“ yoshlar sport maktabi (birinchi murabbiy Kostyantyn Pavlyuchenko) jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Dnepr
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning yozidan boshlab, oʻsmirlar sport maktabini tugatgandan soʻng, u „Dnepr“ zaxira jamoasida oʻynadi. Lunin 17 yoshida asosiy tarkib futbolchisi sifatida 2016-yil 16-oktyabr kuni Ukraina Premer-ligasida Lvovning „Karpaty“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[1]. Mavsumning qolgan qismida „Dnepr“ning birinchi raqamli darvozaboni boʻlib, jamoa safida liga va klub musobaqalarida jami 25ta oʻyinda maydonga tushdi. Biroq mavsum yakunida moliyaviy tartibsizliklar tufayli „Dnepr“ toʻgʻridan-toʻgʻri Ukraina Ikkinchi ligasiga (futbolning uchinchi darajasi) tushib ketdi va koʻplab oʻyinchilar, jumladan, Luninga ham klubni tark etishga ruxsat berildi[2].
Zorya Lugansk
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lunin 2017-18-yilgi mavsumni „Zorya Lugansk“ klubi tarkibida oʻtkazib, u yerda ham qisqa muddat ichida oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatdi. 2017-yilning 14-sentyabrida Lunin Yevropa Ligasi guruh bosqichida „Arena Lvov“ oʻyingohida „Östersunds“ga qarshi bahsda (0:2) Yevropadagi debyutini oʻtkazdi. U oʻsha mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda, shu jumladan, Zoryaning Yevropa Ligasidagi oltita oʻyinida maydonga tushdi.
Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 19-iyunida Madridning „Real“ klubi Zorya Lugansk bilan Lunin transferi yuzasidan 8,5 million yevro va 5 million bonuslar evaziga kelishuvga erishdi[3]. Toʻrt kundan soʻng shartnoma imzolandi va u klub tarixidagi birinchi ukrainalik futbolchiga aylandi[4]. 2018-yilning 27-avgustida u La Liganingboshqa bir jamoasi CD Leganesga ijaraga berildi[5][6]. Chempionatning yarmida u Ivan Kuelyarning oʻrinbosari boʻlishidan mamnun ekanligini va shartnomasini yakunlashini aytdi[7].
2019-yil 13-avgustda u 2019/20 yilgi mavsum uchun „Real Valyadolid“ ga ijaraga berildi[8][9]. 2019-yil 15-oktyabrda Lunin 2019-yilgi Golden Boy mukofoti uchun 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi 20 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritildi[10].
2020-yilning 15-yanvarida „Real Valyadolid“ bilan shartnoma bekor qilindi. Oʻsha kuni Real Oviedo Luninni 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi[11][12].
U 2020-21-yilgi Ispaniya Kubogi doirasida Alkoyanoga qarshi 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsning qoʻshimcha boʻlimida maydonga tushib „Real Madrid“ safidagi ilk debyutini oʻtkazdi[13]. Madridliklar 2021-22 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirganidan soʻng, Lunin 2022-yil 8-may kuni Madrid derbisida „Real“ 1:0 hisobida "Atletiko"ga gʻalabani boy bergan oʻyinda La Ligadagi debyutini amalga oshirdi[14]. 2022-yil 15-may kuni u „Kadis“ga qarshi oʻyinda harakat qilib, penaltini qaytarishga muvaffaq boʻldi va jamoani mehmondagi magʻlubiyatdan asrab qoldi (1:1)[15][16][17].
Xalqaro maydondagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lunin Ukraina terma jamoasidagi debyutini 19 yoshida, 2018-yilning 23-mart kuni Saudiya Arabistoni bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) oʻtkazdi[18].
2019-yilda u Ukraina U20 terma jamoasi safida FIFA U-20 Jahon chempionatidagi birinchi gʻalabasiga erishdi[19]. U jamoaning yettita oʻyinidan oltitasida maydonga tushdi, Serbiya va Lyuksemburgga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash bosqichi oʻyinlarida Ukrainaning asosiy tarkibiga chaqirilgani uchun Kolumbiyaga qarshi chorak final uchrashuvini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[20][21]. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan final oʻyinidan soʻng (3:1) Lunin turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida „Oltin qoʻlqop“ bilan taqdirlandi[22].
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 15-may holatiga ko'ra[23]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Mintaqaviy | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dnepr | 2016-17 | Ukraina Premer-ligasi | 22 | 0 | 3 | 0 | — | 25 | 0 | |
Zorya Lugansk | 2017-18 | Ukraina Premer-ligasi | 29 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | 36 | 0 |
Real Madrid | 2018-19 | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
2020-21 | La Liga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2021-22 | La Liga | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | |
2022-23 | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
Leganes (ijara) | 2018-19 | La Liga | 5 | 0 | 2 | 0 | — | 7 | 0 | |
Valyadolid (ijara) | 2019-20 | La Liga | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |
Oviedo (ijara) | 2019-20 | Segunda divizioni | 20 | 0 | — | — | 20 | 0 | ||
Karyera jami | 78 | 0 | 11 | 0 | 6 | 0 | 95 | 0 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 202-yil 8-iyun holatiga ko'ra[24]
Ukraina | |||
---|---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol | |
2018 | 4 | 0 | |
2019 | 1 | 0 | |
2020 | 1 | 0 | |
2022 | 1 | 0 | |
Jami | 7 | 0 |
Sovrinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Real Madrid
- La Liga: 2021-22[25]
- Ispaniya Superkubogi: 2021-22[26]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2021-22[27]
- UEFA Superkubogi: 2022[28]
Ukraina U20
- FIFA U-20 Jahon chempionati: 2019[19]
Individual
- Ukrainaning oltin isteʼdodi: 2017-yil
- FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin qoʻlqop: 2019[29]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Karpati vs Dnipro“ (uk). UPL Official Web Site (16-oktabr 2016-yil). 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2016-yil.
- ↑ „ФФУ скоро решит, кто займет место Днепра в Первой лиге - Первая лига Украины“ (ru). SPORTARENA.com (13-iyun 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ Real Madrid sign goalkeeper Andriy Lunin, UNIAN (20 June 2018)
- ↑ „Official Announcement: Andriy Lunin“. Real Madrid C.F. (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
- ↑ „El joven portero Andriy Lunin firma por el C.D. Leganés cedido por el Real Madrid“. CD Leganés (27-avgust 2018-yil). 22-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
- ↑ „Official Announcement: Lunin“. Real Madrid C.F. (27-avgust 2018-yil). Qaraldi: 27-avgust 2018-yil.
- ↑ „On loan Andriy Lunin opposed to January Bernabéu return“. Diario AS (31-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
- ↑ „El Pucela obtiene la cesión de Lunin“. realvalladolid.es (13-avgust 2019-yil). Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
- ↑ „Official Announcement: Lunin“. realmadrid.com (13-avgust 2019-yil). 13-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
- ↑ Rathborn. „Golden Boy 2019: Mason Mount, Matthijs De Ligt and Joao Felix included in 20-man shortlist“. Independent (15-oktabr 2019-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2020-yil.
- ↑ „Official Announcement“. realmadrid.com. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Real Madrid send Lunin to Oviedo“. Marca.com (15-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Alcoyano 2–1 Real Madrid: Third division side cause huge upset“. bbc.com (21-yanvar 2021-yil).
- ↑ „Atletico beat champions Real in Madrid derby“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
- ↑ „Lunin impresses for Real Madrid and exacts revenge against Sergio Gonzalez“. www.marca.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „Cadiz 1-1 Real Madrid: Lunin show causes hosts to drop into relegation zone“. www.stadiumastro.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „Brilló en Cádiz: Lunin estuvo exigido y detuvo hasta un penalti con un paradón“. www.defensacentral.com. Qaraldi: 15-may 2022-yil.
- ↑ „Saudi Arabia vs. Ukraine - 23-mart 2018-yil - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ 19,0 19,1 Spirited comeback earns Ukraine first U-20 title; FIFA.com, 15 June 2019.
- ↑ „Лунин попрощался с молодежной сборной и отправился в национальную“ (ru). Евро 2020 на football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ „Лунин вернулся в расположение молодежной сборной Украины“. football.ua. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ FIFA.com. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 - News - Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“. www.fifa.com. 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
- ↑ Andriy Lunin Soccerway saytida. Qaralgan sana: 1 March 2021.
- ↑ „Andriy Lunin“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „FIFA U-20 World Cup Poland 2019 – Award“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 3-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.