Aritmiya
Aritmiya (yun. a – inkor qoʻshimchasi va rythmos – ritm) – yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi)ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chiqarganda kamayishi (nafasga aloqador aritmiya), koʻproq bolalar va oʻsmirlarda kuzatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasistolik aritmiya), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi aritmiya) va boshqa aritmiya yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab buladi (qarang Yurak).
Diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sinusli bradikardiya
Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 60 tadan kam boʻlishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi.
Sinusli taxikardiya
Yurak qisqarishlar sonining 1 minutda 90 tadan koʻp boʻlishi. Bunda Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi.
Ikkovi ham Fiziologik va patologik boʻlishi mumkin.
Sinusli aritmiya
R-R oraliqlar turlicha. Normal P tishdan keyin normal QRS kompleksi keladi. Bu odatda yosh bolalarda uchrab, „nafas aritmiyasi“ deb ham ataladi.
Boʻlmachalar titroq aritmiyasi
1. EKGda bir-biriga oʻxshash, arrasimon shakldagi, koʻp – minutiga 200-400 tagacha – regulyar F tishlarning boʻlishi.
2. Odatda qorinchalardagi ritm toʻgʻri va F-F oraliqlar bir xil.
3. Qorinchalar kompleksi (QRS) oʻzgarmagan va har biri oldidan aniq miqdorda boʻlmacha toʻlqinlari Fning boʻlishi.
Boʻlmachalar hilpillovchi aritmiyasi
1. Barcha tarmoqlarda P tishchaning yoʻqligi.
2. Butun yurak sikli davomida tartibsiz, turli shakl va amplitudadagi f toʻlqinlarning boʻlishi.
3. Qorinchalar kompleksi (QRS)ning notoʻgʻri ritmi(R-R intervallar davomiyligining har xilligi).
4. QRS komplekslari shakli odata oʻzgarmagan, deformatsiya va kengayishlarsiz.
Qorinchalar titroq aritmiyasi
1. EKGda regulyar, shakli va amplitudasi bir xil boʻlgan, koʻp – minutiga 200-300 tagacha – sinusoidga oʻxshagan toʻlqinlar.
Qorinchalar hilpillovchi aritmiyasi
1. EKGda noregulyar, bir-biridan shakli va amplitudasi boʻyicha farq qiluvchi, koʻp – minutiga 200-500 tagacha – toʻlqinlar.
Yurak avtomatizmi buzilishi bilan kechadigan aritmiyalar Ushbu aritmiyalar 2 guruhga boʻlinadi. Birinchi guruh aritmiyalarni nomotop ritmli aritmiyalar deyiladi, ushbu aritmiyalarda qoʻzgʻalishlar sinus tugunida hosil boʻladi, bularga: sinusli taxikardiya, sinusli brakdikardiya, sinusli aritmiyalar kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchi aritmiyalarni geterotop ritmli aritmiyalar, yaʼni sinus boʻlmacha tugunlarni boʻshashi sindromi deyiladi. Ushbu aritmiyalarda impulslar sinus tugunda emas, balki oʻtkazuvchi tizimning u yoki bu qismida yuzaga keladi, atrioventrikulyar ritm, yurak ritmini taʼminlovchi qisqarishlar migratsiyasi, boʻlmacha qisqarishlarining toʻxtashi, idioventrikulyar ritm, interferlovchi dissotsiatsiyalar ushbu aritmiyalarga misol boʻladi. Atrioventrikulyar ritm.
Yurak ritmini boshqaruvchisi ushbu aritmiyada, sinus tuguni boʻlmay, balki atrioventrikulyar tugun boʻlib qoladi, lekin ushbu aritmiya rivojlanishida impuls tugunning qaysi qismidan hosil boʻlayotganligi ham katta ahamiyatga ega. Impulslar yuqori boʻlmacha sohasida, oʻrta boʻlmacha va qorincha chegarasida, quyi qorincha soxalarida hosil boʻladi. Ushbu aritmiya, yurak faoliyatiga sezilarli salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, bemorlar aytarli shikoyat qilmaydi. Obyektiv koʻrilganda boʻyin venasining pulsatsiyasi kuzatiladi. Puls 80-40 ta boʻladi. EKGda esa R tish manfiy boʻlib, QRS kompleksi oldida yoki qoʻshilib ketadi. Diagnoz faqat EKG asoslanib qoʻyiladi.
Interferlovchi dissotsiatsiya
Ushbu aritmiyada impulslar 2 ta oʻchogʻ yuzaga chiqadi, yaʼni sinus va atrioventrikulyar tugunlarda hosil boʻladi, qizigʻi shundaki, sinus tugunidan koʻra, atrioventrikulyar tugunda impulslar koʻp hosil boʻladi. Bu aritmiyani sinus tuguni jarohati, ayrim infeksion kasalliklar, oʻtkir revmatizm, miokarditlar keltirib chiqaradi. Tashxisi asosiy kasallikka qarab qoʻyiladi. EKGda qorincha va boʻlmacha bir-biriga bogʻliq boʻlmagan xolda qoʻzgʻalishi kuzatiladi.