Ayapbergen Musayev
Musayev Ayapbergen (1880-yil, Rossiya hukumati Sarkoʻl ovuli (ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kirgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani) — 1936-yil Moʻynoq tumani Kalinin nomli kolxozda) — qoraqalpoq sovet shoiri. Qoraqalpogʻiston ASSR Xalq shoiri.
Qoraqalpoq sovet adabiyoti kashshoflaridan biri sanaladi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musayev Ayapbergen qishloq madrasasida tahsil oladi, oʻzi qunt bilan adabiyotga havas qoʻyadi. U Navoiy, Mahtumquli she’riyatiga, “Oshiq Gʻarib”, «Yusuf va Zulayho”, “Goʻroʻgʻli, “Shohnoma” dostonlarini mukammal oʻrgangan va oʻz zamonasining eng yaxshi kitobxonlaridan biri boʻlgan.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U inqilobdan oldingi she’rlarida ijtimoiy nohaqsizlikka qarshi chiqdi, jamiyat illatlarini ustidan kinoya bilan kuladi , ojiz ayollarni himoyasiga oladi. Odatda she’rlari ogʻzaki va qoʻlyozma shaklida tarqatilgan. A.Musayevnig ijod pallasining gullab-yashnashi Qoraqalpogʻistonda Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan keyin yuz berdi. 1930-yildan qoraqalpoq sovet she’riyatining tashabbuskori boʻladi.
Ayapbergen kolxoz faoli sifatida yangi hayot sari odimladi. U “Lenin” she’rini (“Haqiqat” gazetasi, 1932-yil)da nashr etib, qoraqalpoq she’riyatida birinchi yoʻlboshchi timsolini yaratadi.
Shoir Musayevni toʻliq toʻplangan asarlari 1941-yil vafotidan keyin nashr etiladi.
Uning she’riyatida milliy madaniyat va sharqona uslub oʻzaro uygʻunlashgan. Improvizator shoir sifatida u she’rlarini “Gʻarib”, gohida “Mulla” taxallusi bilan zahmatkashlarga tarqatilgan. Shoirning bir qancha she’rlari, shuningdek, xotirada oʻchmas iz qoldirgan koʻpgina xalq qoʻshiqlari 1930-yillarda shoirning xalq ogʻzaki ijodiga murojaat etib oʻzi tomonidan yozilgan bu she’riy qoʻshiqlar Musayev yashab, ijod qilib, umrining soʻnggi kunlarida yozib olingan edi.
Xalq shoiri Musayevning bir qancha she’rlari oʻzbek va rus tillariga tarjima qilingan.
Tanlangan nashrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Толық, жыйнақ, Торткул, 1941;
- Таңгламалы қосықлар, Нокис, 1956;
- Шғармалары, Нөкис, 1960.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buyuk Sovet Entsiklopediyasi. - M.: Sovet Entsiklopediyasi. 1969-1978-yillar.
- Katta ensiklopedik lug'at. 2000.
- Ensiklopedik lug'at. 2009-yil.