Azizim (roman)
Azizim | |
---|---|
Bel-Ami | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | tarbiyaviy roman |
Muallif | Gi de Mopassan |
Orginal tili | fransuz |
Yozilgan sana | 1885 |
Avvalgi | Une vie |
Keyingi | Mont-Oriol |
Azizim (roman) |
„Azizim“ (fransuzcha: Bel-Ami) — fransuz yozuvchisi Gi de Mopassanning 1885-yilda yozilgan romani. Ushbu roman yuqori martabaga koʻtarilishni orzu qiluvchi qahramonning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Asar bosh qahramoni hech qanday alohida isteʼdodga ega boʻlmasa-da, birgina kelishgan tashqi koʻrinishi orqali har qanday xonimning qalbini zabt eta oladi va uning vijdoni har qanday yomonlikni kechira oladi. U bu dunyoda kuchli boʻlish uchun shuning oʻzi yetarli deb hisoblaydi.
Sujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh qahramon Jorj Dyurua, juda kelishgan yigit, ammo u Parijda juda muhtojlikda hayot kechiradi. Bir kuni u Afrikada u bilan birga xizmat qilgan eski askar sherigi Charlz Foresteni uchratadi. Allaqachon muvaffaqiyatli jurnalistga aylangan doʻsti Charlz ayni damda kechki ovqat ziyofatini uyushtirishni rejalashtirayotgan boʻladi va bu ziyofatga Jorjni ham taklif qiladi. Shu bilan birga Foreste Dyuruaga oʻzini jurnalistikada sinab koʻrish taklifini beradi.
Kechki ovqat paytida Jorj Charlzning rafiqasi Madlena, uning doʻsti Klotilda de Marel, Forestening xoʻjayini va bir vaqtning oʻzida yirik biznesmen janob Valter, shuningdek, jurnalistning bir nechta hamkasblari bilan uchrashadi. Dyurua stoldagi barcha suhbatdoshlarni maftun etadi. Forestening xoʻjayini Valter uni yoqtirib qoladi va Dyurua undan „Afrika oʻqchisining xotiralari“ nomli maqola yozish vazifani oladi. Dyurua maqolani yozish uchun biror gʻoya oʻylab topishga qanchalik harakat qilsa ham, urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Shundan soʻng u Madlenaga yordam soʻrab murojaat qiladi va Madlena unga ajoyib maqola yozib beradi. Dyuraning ilk maqolasi Valter tomonidan qabul qilinadi va unga ushbu maqolaning davomini yozish vazifasi topshiriladi.
Maqolaning davomini yozish uchun Jorj Dyurua yana Madlenaga murojaat qilishga harakat qiladi, lekin Foreste uning bu qilmishidan gʻazablanadi va xotiniga Jorjga bu masalada yordam berishini taʼqiqlaydi. Jorj Dyurua maqolani bir necha marta qayta yozadi, lekin maqola qabul qilinmaydi. Keyin esa unga maqola uchun aytilgan vaqtda maʼlumotlar toʻplash vazifasi topshiriladi. Dyurua bu sanʼatni Sen-Poten ismli gazeta xodimidan oʻrganadi.
Tez orada Jorj muvaffaqiyatli muxbirga aylanadi, uning isteʼdodi rahbarlarining eʼtiboridan chetda qolmaydi. Jorj yaxshi pul topadi, lekin boy boʻlolmaydi. U jamiyatdagi yuqori martabali ayol Klotilda de Marel bilan ish boshlaydi va uning sevgilisiga aylanadi. Klotilda de Marelning kichik qizi Lorina Dyuruani yaxshi koʻrib qoladi va unga azizim taxallusini beradi. Tez orada Jorj bilan muloqot qiladigan barcha xonimlar uni shu taxallus bilan chaqira boshlaydilar. Klotilda doim unga pul masalasida yordam beradi, ammo bir kuni Jorj bundan gʻazablanadi va qoʻliga pul tushishi bilanoq hammasini qaytarib berishga vaʼda beradi, ammo bu qarzini qaytarish uchun pul topa olmaydi.
Dyurua janob Valterning turmush oʻrtogʻi bilan hashamatli kechki ovqatda boʻlib, xonimni turmush oʻrtogʻidan oʻzining maoshini oshirishni soʻrab rozi qilishiga muvaffaq boʻladi.
Bir kuni u Klotilda bilan janjallashib qoladi va qasos shaklida unga barcha qarzlarini qaytarmoqchi boʻladi, ammo buning uchun u pul topa olmaydi va shuning uchun ham bu xonimga toqat qilishga majbur boʻladi.
Dyura Forestyedan qarz olmoqchi boʻladi, ammo u doʻstidan faqatgina 20 frank uchun chek oladi va buning uchun undan qasos olishni orzu qiladi. Ammo Madlena Dyuruaning bu maqsadini sovuqqonlik bilan rad etadi va Dyuruani doʻst va ittifoqchi boʻlishga taklif qiladi. Bu orada janob Forestyening ahvoli yomonlashadi va u davolanish uchun Kannga joʻnaydi. U yerdan Dyuruaga Madlenadan telegramma keladi, Forestye oʻlim toʻshagida yotgani sababli Madlenna uning zudlik bilan yetib kelishini soʻraydi. Jorj kelishi bilan Charlz haqiqatan ham vafot etadi va Jorj Madlenaga unga turmushga chiqishini taklif qiladi. Madlena Jorjning zodagonlik unvoniga ega boʻlishi va uning odatdagi turmush tarziga, eski doʻstlari bilan uchrashuvlariga xalaqit bermasligi sharti bilan Madam Dyurua boʻlishga rozi boʻladi. Tez orada Jorj janob Dyu Rua de Kantelga (ism-familiyasiga tugʻilgan joyining nomi qoʻshib aytiladi) aylanadi va Madlenaga uylanadi. Biroq shu bilan birga Jorj Klotilda bilan sevgi munosabatlarini ham qayta yangilaydi.
Madlena Dyu Ruaga maqolalar yozishda yordam beradi, Jorjning maqolalari Forestyening eski maqolalariga oʻxshab ketayotgani uning atrofidagilarga sezilib boraveradi. Jorj gazetada Forestyening oʻrnini egallaydi va hamkasblari uni oʻlgan doʻstining ismini tasodifan aytib chaqirganday uni masxara qilishni boshlaydilar. Bundan gʻazablangan Jorj Madlenani oʻlgan doʻstidan rashk qilib, uni xiyonatda gumon qila boshlaydi.
Jorj ishlaydigan gazeta oʻrta darajadan yetakchi siyosiy nashrga aylanadi. Afrikada biznes bilan shugʻullanadigan Valter uni tashviqot va siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatadi, shu bilan birga Madlena turli siyosiy va dunyoviy odamlar bilan tanishadi va ulardan turli maʼlumotlar toʻplaydi. Madlena va Jorj birgalikda ishlagan holda eski hukumatni agʻdarish va vazirlik lavozimini Madlena va Valterning eski doʻsti Larosh-Matye oʻrinbosariga topshirishga yordam beradigan maqolalar yozadilar. Dyurua uyi yirik siyosiy makonga aylanadi, Jorj Larosh-Matye buyurtmasiga koʻra maqolalar yoza boshlaydi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay, Dyurua Madlenadan qasos olishni istaydi. Xoʻjayinining xotini Valter xonimni yoʻldan ozdiradi, Valter xonim esa erining Marokash obligatsiyalari bilan katta moliyaviy firibgarlik sirini Jorjga ochib beradi, uning bir qismi Jorjga buyurtma qilingan gazeta maqolalari edi.
Madlenaning eski doʻsti graf Vodrek vafot etadi (asarda Madlena uning sevgilisi ekanligiga ishora bor) va u Madlenaga meros sifatida million frank qoldiradi. Dyurua xotini graf Vodrekning sevgilisi ekanligiga ishonchi komil boʻladi va u xotinini unga pulning yarmini berishga majbur qiladi, aks holda turmush qurgan ayolning keksa grafdan meros olishi jamiyatda koʻplab mish-mishlarga sabab boʻlishini aytadi. Shunday qilib u, nihoyat, oʻzi istaganidek boy-badavlat insonga aylanadi. Ayni damda Valterning obligatsiyalari boʻyicha firibgarlik ishi sodir boʻladi va bu ham Dyuruaning mamlakatdagi eng boy odamlardan biriga aylanishiga sabab boʻladi. Jorj Valterga hasad qiladi va endi shu vaqtga qadar u bilan yaxshi munosabatda boʻlib kelgan Valterning qizi Syuzannaga uylana olmasligidan afsuslanadi.
Shundan soʻng Jorjning navbatdagi ishqiy munosabatlari uning sobiq sevgilisi Klotilda de Marel va Valterning rafiqasi bilan davom etadi. Ikkinchisi ayol, keksa, juda taqvodor, qatʼiy va oʻqimishli boʻlib, dastlab uzoq vaqt davomida Dyuruaning bu mynosabatlariga qarshilik koʻrsatadi, lekin keyinchalik xuddi girdob ichiga tushib qolgandek Dyurua bilan ishqiy munosabatlarga shoshiladi. Valter xonim tezda Jorjning joniga tegadi, Jorj undan har tomonlama qocha boshlaydi va u Jorjga juda koʻp muammolar tugʻdira boshlaydi. Bu esa Jorjni yanada bezovta qiladi. Shu bilan birga Klotilda bilan munosabatlar ham silliq kechmaydi, lekin u har safar, Madlenaga uylanganidan keyin ham, oʻziga boshqa maʼshuqa topganidan keyin ham uni kechiraveradi.
Keyinchalik, Valterning qiziga uylanish va bu orqali katta mahr olish haqida oʻylay boshlagan Jorj axloq politsiyasiga shikoyat qiladi va xotinini Larosh-Matye bilan xiyonat ustida qoʻlga tushiradi, buning natijasida u vazirni oʻz vazifasidan agʻdarib, xotini bilan ajralish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Shu bilan birga u Syuzanna bilan munosabatlar uchun oʻziga zamin yaratadi, qizni yaxshigina kuyovlikka nomzod kimsani tashlab ketishga va oʻzi bilan qochishiga koʻndiradi. Ular birga qochib ketishadi. Qaytib kelgach, bu voqeadan gʻazablangan Valter qizini Dyuruaga turmushga berishga majbur boʻladi, aks holda Jorj qizning ham unga oshiq boʻlishiga qaramay, Syuzzannaning ota-onasi Jorjning uzoq oʻtmishi sabab, ularning bu munosabatlariga rasmiy maqom berishni istamayotganliklari haqida mish-mishlar tarqatishini aytadi. Jorj kabi yigit bilan nikohsiz munosabatlar yuqori tabaqaga ega odobli qizning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini tushunib yetgan Syuzannaning ota-onasi Dyuruani oʻz oilasiga qabul qilishga istamasalar-da, bu shartga noiloj rozi boʻlishadi. Valterning rafiqasi ularning turmush qurishlariga mutlaqo qarshi boʻladi, u qizi va Jorjdan nafratlana boshlaydi, ammo vaziyatga dosh bera olmaydi va taslim boʻladi. Shunday qilib, Jorj katta boylikning merosxoʻri, Fransiyadagi birinchi raqamli boyning kuyoviga aylanadi. Ularning toʻyida faylasuf shoir Norber de Varyen shunday xulosa qiladi: „Kelajak bemaʼnilarniki“. Jorjning oʻz toʻyida sevgilisi Klotildaga koʻzi tushadi va u oradan shuncha voqealar boʻlib oʻtganiga qaramay, u eski maʼshuqasi bilan birga boʻlish unga qanchalar yoqimli boʻlganini eslaydi va Klotildaning nigohidan ham xuddi shu maʼnoni uqadi.
Asar qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jorj Dyurua — bosh qahramon, sobiq askar. U oʻzini jurnalistikada sinab koʻradi va butun roman davomida boy va nufuzli ayollarning turmush oʻrtogʻiga aylanib, shu orqali yuqori martabaga erishadi. Bora-bora badavlat insonga aylangach, zodagonlik unvonini sotib oladi. Isteʼdodi yoʻq, axloqsiz yigit.
- Charlz Forestye — Dyuruaning armiyadagi safdoshi, unga ish bergan jurnalist.
- Madlena Forestye — Chalrz Forestyening, keyinchalik Dyuruaning rafiqasi, vazir Larosh-Matyening maʼshuqasi. U oʻzining oʻrta tabaqali erlari uchun maqolalar yozishda yordam beradi, shuningdek, ularga oshiqlardan oladigan eksklyuziv maʼlumotlarni taqdim etadi.
- Klotilda de Marel — Jorjning doimiy sevgilisi boʻlib, u bilan doimo ajrashib va yana yarashib yuradi.
- Lorina de Marel — Klotildaning qizi boʻlib, u Jorjga „Azizim“ laqabini beradi.
- Janob Valter — „Fransiya hayoti“ gazetasining egasi, boy va yirik tadbirkor.
- Virjiniya Uolter — uning xotini, Jorjning maʼshuqasi.
- Syuzanna Uolter — Jorjning ikkinchi xotini. Koʻp million dollarlik boylikning merosxoʻri.
- Graf Vodrek — keksa boy zodagon.
- Janob Larosh-Matye — fransuz vaziri, Valter bilan birgalikda moliyaviy firibgarlik orqali vazirlik lavozimiga erishgan va shuning bilan Valterning oldidagi qarzdor shaxs. Madlenaning sevgilisi.
- Norber de Varen — „Fransuz hayoti“da ishlovchi pessimist shoir.
- Sen-Poten — „Fransiya hayoti“ gazetasining vijdonsiz muxbiri. U Jorjga maʼlumot olish sanʼatini oʻrgatadi (aniqrogʻi, maʼlumot toʻplash sirlarini oʻylab topadi).
- Jak Rival — „Fransiya hayoti“ gazetasining jurnalistlaridan biri.
- Reychel — fohisha, Jorj Dyurua deya aqldan ozgan qahramon.
Roman haqida fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Azizim" gʻalaba qozondi, u hokimiyat tepasiga koʻratirildi. Ammo burjuaziya oʻzining taqdirini shunday ishonchsiz kimsalar qoʻliga topshirib qoʻyar ekan, uning oʻzini himoya qilish qobiliyati qay darajada tushib ketdi.
Jamiyatimizdagi barcha pok va yaxshi narsalar qirilib, yo‘q bo‘lib ketdi, chunki u allaqachon buzuq, aqldan ozgan va dahshatli jamiyatga aylanib qolgan.
Ekranlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1916-yilda rejissor Maksimilian Garri tomonidan „Chyorniy dom“ nomli ruscha film suratga olingan.
- 1939-yilda bosh rolda Villi Forst ishtirokida nemis tilida filmi suratga olingan.
- 1947-yilda Amerikaning oq-qora filmi Jorj Sanders rolini oʻynagan „Lichnie dela milogo druga“ filmi suratga olingan.
- 1955-yilda ushbu roman asosida bosh rolda Joxannes Heesters ishtirokida yana bir bilan suratga olingan.
- 1976-yilda roman asosida Bel Ami nomli shved-fransuz qoʻshma porno lentasi suratga olingan[1].
- 1979-yilda Italiya televideniesida Sandro Bolki rejissyorligida bosh rolda Korrado Pani ishtirokida 4 qismli mini-serial suratga olingan.
- 1983-yilda fransuz televideniyesida Pyer Kardinal rejissorligida bosh rollarda Jak Veber va Marisa Berenson ishtirok etgan 3 qismli „Miliy drug“ mini-seriali suratga olindi.
- 2005-yilda romanning bosh rolda Sagamor Stivenen ishtirokidagi franko-belgiya filmi ekranlashtirildi.
- 2012-yilda bosh rollarda Robert Pattinson, Uma Thurman va Kristina Ricci ishtirokida ushbu roman asosida film ekranlashtirilgan.
Teatr tomoshalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997-yilda Mossovet teatri sahnasida „Miliy drug“ spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi. Sahna rejissori — Andrey Jitinkin . Virjiniya Valter rolida Margarita Terexova , Jorj Dyurua rolida Aleksandr Domogarov rol ijro etishgan.
- 2014-yilda N. M. Zagurskiy nomidagi Irkutsk musiqali teatri sahnasida „Azizim“ romani asosidagi baleti jahon miqyosidagi premyerasi bo‘lib o‘tdi (kuy: Konstantin Artamonov, libretto: Lyudmila Svetkova).
- 2017-yilda rejissyor „Baltiyskiy dom“ festivallar teatri sahnasida „Miliy drug“ spektakli premyerasi boʻlib oʻtgan. Resissor: N.Indeykin.
- 2018-yilda Mark Rozovskiy Moskvadagi Nikitskiy darvozasi yaqinidagi teatr sahnasida „O, Miliy drug“ musiqiy filmi sahnalashtirilgan.
Qoʻshiqda eslatib oʻtish
[tahrir | manbasini tahrirlash]- V kompozitsii „Glupenkaya pesnya (Assol)“ Sergeya Chigrakova oʻzining „Chij“ nomli debyut albomida, roman bosh qahramoni nomini tilga olib oʻtgan[2]:
Ya dlya nix ostatsya doljen
Svoim parnem, „parnem v dosku“,
Narkomanom, Jorjem Dyurua,
Pyanitsey i muzikantomI nepriznannim talantom,
Ved nikem inim mne bit nelzya.
— Sergey Chigrakov
Rus tiliga oʻgirgan tarjimonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anastasiya Chebotarevskaya-Sologub
- S. Barxardt
- Mariya Shishmaryova
- Y. G. Abramson
- M. V. Sosedova
- Nikolay Lyubimov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ For Men Only Release Dates (1976) IMDbda
- ↑ „Сайт группы Чиж и Со. Глупенькая песня (Ассоль)“. 2016-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-aprel.