Boboyi Poradoʻz maqbarasi
Boboyi Poradoʻz maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Boboyi Poradoʻz maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | maqbara |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XIX asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Boboyi Poradoʻz maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara XIX asrda bunyod etilgan boʻlib, Salloxona darvozasi tashqarisida joylashgan. Hozirgi kunda maqbara Buxoro shahrining Ibn Sino nomli kutubxonasidan oʻtib joylashgan. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbara olim va shayx Hazrat Boboyi Poradoʻz (yamoq tikuvchi) qabri ustiga qurilgan. Boboyi Poradoʻz (842—925) yillarda yashab, 83 yosh umr koʻrgan[1]. Uning kasbi yamoqchilik va etikdoʻzlik boʻlgan. shuning uchun u etikdoʻzlarning piri ham hisoblanadi. Mazkur maqbarada Boboyi Poradoʻzdan tashqari koʻplab kishilarning qabri mavjud boʻlgan. Maqbara kirish qismi qayta taʼmirlangan. Maqbaraning yon tomonida tugʻ boʻlib, avliyo qabri joylashganligini bildiradi. Yodgorlik kirish qismi peshtoqi naqsh bilan bezatilgan va maqbara eshigi yangi qoʻyilgan. Maqbara usti kichik va katta gumbazlardan iborat. Maqbara ichkarisida marmardan sagʻana boʻlib, ikki tomonida ziyoratchilarga qulaylik boʻlishi uchun oʻrindiqlar qoʻyilgan. Maqbara ichkarisida mehrob ham mavjud. Sadriddin Salim Buxoriyning fikriga koʻra, sovet yillarida maqbarani buzish uchun kelgan traktor oʻchib, haydovchi oʻlib qolgan. Shu sababli maqbara buzilmay qolgan. Mazkur ziyohatgohga etikdoʻz, tikuvchi, mahsidoʻz va boshqa kasb egalari kelib ziyorat qiladilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng mazkur maqbara tadbirkor Abdulgʻafur Mirzoyev tashabbusi bilan taʼmirlangan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boboyi Poradoʻz maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Maqbara pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Hozirgi kunda maqbara saqlanib qolingan.
Rivoyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatlarga koʻra, Boboyi Poradoʻz yotgan mozordagi tuproq zaxm kasalliklariga va turli jarohatlarga davo boʻlar ekan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Садриддин Салим Бухорий 2012, s. 45.
- ↑ Садриддин Салим Бухорий 2012, s. 47.
- ↑ Муҳсинов 2012, s. 30.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Садриддин Салим Бухорий. Бухўронинг табаррук зиёратгоҳлари. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2012 — 291-bet.
- Муҳсинов И, Муҳсинова М. Гўзалликнинг боқий умри (Бухоро обидалари тарихидан лавҳалар), Бухоро, 2011 — 36-bet.