Bodleian kutubxonasi
Bodleian kutubxonasi (/ˈbɒdliən, bɒdˈliːən/) — Oksford universitetining asosiy tadqiqot kutubxonasi boʻlib u Yevropadagi eng qadimgi kutubxonalardan biri hisoblanadi. Kutubxona uning asoschisi Thomas Bodley nomiga qoʻyilgan. Unda 13 milliondan ortiq bosma buyumlar mavjud. U Britaniyada Britaniya kutubxonasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadigan eng katta kutubxonadir[1]. 2003-yildagi „Legal Deposit Libraries Act“ga muvofiq, kutubxona Birlashgan Qirollikda nashr etilgan asarlar uchun oltita qonuniy depozit kutubxonalaridan biri hisoblanadi[2][3] va Irlandiya qonunchiligiga ko‘ra u Irlandiya Respublikasida nashr etilgan har bir kitobning nusxasini so‘rashga haqli[4]. Oksford olimlariga „Bodli“ yoki „Bod“ nomi bilan maʼlum boʻlgan ushbu kutubxona asosan maʼlumot kutubxonasi sifatida xizmat qiladi.
2000-yilda Oksford universiteti tarkibidagi bir qator kutubxonalar dastlab Oksford universiteti kutubxonasi xizmatlari va 2010-yildan boshlab Bodleian kutubxonalari maʼmuriy maqsadlarda birlashtirildi, ularga umumiy Bodleian kutubxonasi nomi berildi.
Oksford universiteti barcha kollejlarining oʻz kutubxonalari mavjud boʻlib, ularning aksariyati Bodleian tashkil etilishidan ancha oldin tashkil topgan va ularning barchasi Bodleiandan butunlay mustaqil hisoblanadi. Biroq, mustaqil katalogga ega boʻlgan Universitet kolleji bundan mustasno.
Kutubxona arxivlarining aksariyati raqamlashtirilganva 2015-yilda ommaviy foydalanish uchun internetga joylashtirilgan[5].
Saytlar va qoidalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bodleian kutubxonasi Broad Street yaqinidagi beshta binoni oʻz ichiga oladi. Ular XV asrda bunyod etilgan Duke Humfrey kutubxonasi, XVII asr maktablari toʻrtburchagi, XVIII asrdagi Klarendon binosi va Radklif kamerasi, XX va Gʻarbiy 2-asr kutubxonasi binolaridir. U yerga XIX asrdan boshlab yer osti doʻkonlari ham qurilgan, asosiy omborxona Svindon chekkasidagi Janubiy Marstonda joylashgan.
Qabul jarayonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxonaga kirish huquqi berilishidan oldin, yangi oʻquvchilar rasmiy deklaratsiyaga rozi boʻlishlari kerak. Ushbu deklaratsiya anʼanaviy ravishda ogʻzaki qasamyod hisoblanadi, lekin hozir odatda shunga oʻxshash varaqani imzolash orqali amalga oshiriladi. Hozirda deklaratsiyani oʻqish marosimlari hali ham ularni olishni istaganlar uchun oʻtkaziladi. Bu marosim birinchi marta universitetning Mayklmas davrining boshida paydo boʻlgan. Tashqi oʻquvchilar (universitetga biriktirilmaganlar) qabul qilishdan oldin deklaratsiyani ogʻzaki ravishda aytib berishlari kerak edi. Bodleian Qabul komissiyasi 2017-yilning bahorida yuzdan ortiq turli tillarni qamrab oluvchi deklaratsiya tarjimalarining katta toʻplamini jamladi[6] — bu ingliz tilida soʻzlashmaydiganlarga oʻzining birinchi tillarida oʻqish imkonini beradi. Deklaratsiyaning inglizcha matni quyidagicha:
Kutubxonaga tegishli bo‘lgan va unda saqlanayotgan har qanday jildga, hujjatga yoki boshqa narsalarga shikast yetkazmaslik majburiyatini o`z zimmamga olaman. kutubxonaga hech qanday olov yoki alanga olib kirmaslik, uni yoqmaslik, kutubxonada chekmaslik; va kutubxonaning barcha qoidalariga rioya qilishga va'da beraman.
Bu anʼanaviy lotin qasamining tarjimasi (uning asl nusxasi tamaki chekishni taqiqlamagan):
Do fidem me nullum librum vel instrumentum aliamve quam rem ad bibliothecam pertinentem, vel ibi custodiae causa depositam, aut e bibliotheca sublaturum esse, aut foedaturum deformaturum aliove quo modo laesurum; item neque ignem nec flammam in bibliothecam inlaturum vel in ea accensurum, neque fumo nicotiano aliove quovis ibi usurum; item promitto me omnes leges ad bibliothecam Bodleianam attinentes semper observaturum esse.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIV — XV asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bodleian kutubxonasi tarixining ildizi 1602-yilga borib taqaladi. U Oksforddagi birinchi maqsadli qurilgan kutubxona boʻlib XIV asrda Vusster episkopi Thomas Cobham (1327-yilda vafot etgan) vasiyatiga koʻra tashkil etilgan. Ushbu kutubxona Oliy koʻchadagi Avliyo Maryam Bibi universitet cherkovining shimoliy tomonida joylashgan edi[8][9]. Kutuxona barqaror oʻsishda davom etdi va Gloster gersogi Duke Humfrey (Angliya Genrix V ning ukasi) 1435 va 1437-yillar oraligʻida kutubxonaga katta qoʻlyozmalar toʻplamini hadya qilganida, u yerda joy yetarli emas deb topilgan va kattaroq bino talab qilingan. Nihoyat 1488-yilda Din maktabi tepasida mos xona qurib bitkazilgan. Bu xona Duke Humfrey kutubxonasi sifatida tanilgan[10]. 1488-yildan keyin universitet kutubxonani saqlash va kitoblar sotib olishga pul sarflashni toʻxtatdi. Qoʻlyozmalar esa kutubxonaga qaytarilmay qoldi[11].
Thomas Bodley va Universitet kutubxonasining qayta tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kutubxona XVI asr oxirida tanazzul davrini boshdan kechirdi: kutubxonaning mebellari sotildi va Duke Humphreyga tegishli asl kitoblarning faqat uchtasi kolleksiyada saqlanib qoldi[10]. Edward VI hukmronligi davrida „xurofot“ (katolik bilan bogʻliq) qoʻlyozmalardan tozalash ishlari olib borildi[11]. 1598-yilga kelib kutubxona yana rivojlana boshladi[12], Thomas Bodley (Merton kollejining sobiq oʻquvchisi, badavlat beva ayol bilan oila qurgan)[13] universitet prorektoriga qoʻllab-kutubxonaning rivojlanishini qoʻllab quvvatlash taklifini yozdi: „Oksforddagi ilgari ommaviy kutubxona boʻlgan va sizning yordamingiz bilan men uni yana qayta tiklash uchun mas’uliyat va xarajatlarni oʻz zimmamga olaman“[12]. Oksford universitetining olti nafar talabasiga 1598-yil mart oyida kutubxonani qayta jihozlashda Bodleyga yordam berish vazifasi yuklangan edi[14]. Duke Humphrey kutubxonasi qayta taʼmirlandi va Bodli uni jihozlash uchun oʻzining bir nechta javon hamda kitoblarini sovgʻa qildi. Kutubxona rasmiy ravishda 1602-yil 8-noyabrda „Bodleian kutubxonasi“ (Bodley kutubxonasi) nomi bilan qayta ochildi[10]. Oʻsha paytda kutubxonada ikki mingga yaqin kitob bor edi, u kitoblarda xayr-ehsonlarni ragʻbatlantirish uchun koʻzga tashlanadigan bezakli „Xayr-ehsonchi ismi“ koʻrsatilgan edi[15].
Bodleyning kitob yigʻish uchun qiziqishlari turlicha edi; kutubxona tarixchisi Ian Filippning soʻzlariga koʻra, 1603-yilning iyunidayoq u Turkiyadan qoʻlyozmalarni manba qilishga uringan va Oksfordda hech kim erisha olmagan ish yaʼni „oʻsha yili birinchi marta xitoycha kitob sotib olib kutubxonaga hadya qilgan“[16][17]. 1605-yilda Francis Bakon kutubxonaga "Taʼlimning rivojlanishi" kitobini sovgʻa qildi va Bodleianni „Toʻfondan ilmni saqlab qololgan kema“ deb taʼrifladi[18]. Oʻsha paytda kutubxonada ingliz tilida yozilgan kitoblar kam edi, negaki, oʻquv ishlari ingliz tilida olib borilmas edi[17]. Thomas James Bodleydan Bodleianga chop etilgan barcha kitoblarning nusxasini berishni Statsionar kompaniyasidan soʻrashni taklif qildi[19] va 1610-yilda Bodley kompaniya bilan ularda roʻyxatdan oʻtgan har bir kitobning nusxasini kutubxonaga qoʻyish haqida shartnoma tuzdi[20]. Bodleian kolleksiyasi shu qadar tez oʻsdiki, bino 1610 va 1612 (Arts End nomi bilan tanilgan)[20] va yana 1634 — 1637 yillarda kengaytirilgan. Jon Selden 1654-yilda vafot etganida Bodleianga katta kitoblar va qoʻlyozma toʻplamlarini meros qilib qoldirdi. Shuning uchun ham Duke Humfrey kutubxonasiga keyingi qoʻshilgan bino „Selden End“ nomi bilan tanilgan.
1620-yilga kelib, Bodleian kolleksiyasida 16000 ta buyum mavjud edi[21]. Bodleiandan foydalanishni istagan har bir kishi 1620 kutubxona katalogining nusxasini 2 shilling 8 pensga sotib olishi kerak edi[20].
Toʻrtburchak maktablari va Besh ordenli minora
[tahrir | manbasini tahrirlash]1613-yilda Bodley vafot etganida, uning xotirasi uchun kutubxonani yanada kengaytirish rejalashtirilgan edi[22].1613 va 1619 yillarda maktablar toʻrtburchagi (baʼzan „Eski maktablar toʻrtburchagi“ yoki „Eski kutubxona“ deb ataladi), Proscholium va Arts Endga uchta qanot qoʻshib qurilgan. Uning minorasi kutubxonaning asosiy kirish eshigini oʻz ichiga oladi va u besh ordenli minora nomi bilan tanilgan. Minora shunday nomlangan, chunki u klassik arxitekturaning beshta ordeni: Toskana, Dorik, Ion, Korinf va Kompozitning ustunlari bilan oʻsish tartibida bezatilgan.
Toʻrtburchakning uchta qanoti uchta qavatdan iborat: toʻrtburchakning pastki va yuqori qavatlaridagi xonalar (din maktabi tepasida, Duke Humfrey kutubxonasi bundan mustasno) dastlab maʼruza maydoni va sanʼat galereyasi sifatida ishlatilgan. Maʼruza xonalari hali ham eshiklar ustidagi yozuvlar bilan koʻrsatilgan. Kutubxona fondi kengaygani sari bu xonalar ham asta-sekin egallab olindi, universitet maʼruzalari va imtihonlari yangi tashkil etilgan Universitet maktablari binosiga koʻchirildi[22]. Sanʼat toʻplamlari esa Ashmoleanga topshirildi. Maktablardan biri kutubxona xazinalari koʻrgazmalarini oʻtkazish uchun foydalanilgan boʻlsa, endi taʼmirlanganiga Veston kutubxonasi koʻchirildi, qolganlari esa kutubxona maʼmurlari uchun ofis va yigʻilish xonalari, kitobxonlar umumiy xonasi va kichik sovgʻalar doʻkoni sifatida foydalanilmoqda.
XVII — XVIII asrlarning oxiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Statsionar kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma aksiyalarning doimiy oʻsishini va boshqa sabablarga koʻra bir qator yirik vasiyatlar va sotib olinishlarini anglatardi. 1753-yilda Britaniya muzeyi tashkil etilgunga qadar Bodleian Angliyaning milliy kutubxonasi hisoblanar edi. Oʻsha paytda Bodleian, Kembrij universiteti kutubxonasi va Qirollik kutubxonasi Angliya va Uelsdagi eng koʻp kitob toʻplamlariga ega kutbxonalar sanalardi.
Astronom Tomas Xornsbi 1769-yilda Besh orden minorasidan Venera oʻtishini kuzatgan[23].
Oʻrta asr italyan qoʻlyozmalarining katta toʻplami 1817-yilda Matteo Luidji Kanonicidan sotib olingan[24]. 1829-yilda kutubxona ravvin Devid Oppenxaymning toʻplamini sotib oldi va oʻzining ibroniycha toʻplamiga qoʻshdi[25].
Radcliffe kamera
[tahrir | manbasini tahrirlash]XIX asrning oxiriga kelib, kutubxonaning yanada oʻsishi koʻproq joyni kengaytirishni talab qildi. 1860-yilda kutubxonaga qoʻshni bino, Radcliffe kamerasini egallashga ruxsat berildi. 1861-yilda kutubxonaning tibbiy va ilmiy kolleksiyalari shimolda, universitet muzeyi yonida qurilgan Radcliffe ilmiy kutubxonasiga topshirildi.
Klarendon binosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klarendon binosi Nikolas Xoksmur tomonidan loyihalashtirilgan va 1711 — 1715 yillarda Oksford universiteti nashriyotining bosmaxonalarini joylashtirish uchun qurilgan. U XIX asrning boshlarida Matbuot tomonidan boʻshatilgan va universitet tomonidan maʼmuriy maqsadlarda foydalanilgan. 1975-yilda esa Bodleian kutubxonasiga topshirilgan va hozirda yuqori lavozimli xodimlar uchun ofis va yigʻilish joylari sifatida foydalaniladi[26].
Kutubxona xazinalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻlyozma toʻplamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elias Ashmol tomonidan toʻplangan Ashmole qoʻlyozmalari (shu jumladan Ashmole Bestiariyasi).
- Tomas Karte tomonidan toʻplangan Carte qoʻlyozmalari (1686 — 1754)
- 1834-yilda Frensis Dous tomonidan kutubxonaga sovgʻa qilingan Douce qoʻlyozmalari
- 1635 — 1640 yillarda arxiyepiskop Uilyam Laud tomonidan kutubxonaga sovgʻa qilingan Laud qoʻlyozmalari
- Shoir Persi Bysshe Shellining maktublari
- ES Drower tomonidan sovgʻa qilingan Drower Collection (DC) mandaean qoʻlyozmalarining dunyodagi eng keng toʻplamidir[27].
Shaxsiy qoʻlyozmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Codex Bodley
- Codex Ebnerianus
- Codex Laudianus
- Codex Mendoza
- Codex Tischendorfianus III
- Codex Tischendorfianus IV
- Huntington MS 17, toʻrtta Injilning toʻliq matniga ega boʻlgan eng qadimgi qoʻlyozma bohaircha (koptik).
- Magna Carta (toʻrt nusxa)
- Roland qoʻshigʻi
- Vernon qoʻlyozmasi (Oksford, Bodleian kutubxonasi, MS Eng. poet.a.1), oʻrta ingliz tilida yozilgan eng uzun va eng muhim saqlanib qolgan qoʻlyozma[28][29]
- Qadimgi sanskrit matnlarining Baxshali qoʻlyozmasi, Bower qoʻlyozmasi va Weber qoʻlyozmasi
- Bryus Kodeksi, Kopt qoʻlyozmasi, barcha gnostik yozuvlarning toʻliq nusxalarini oʻz ichiga olgan uchta omon qolgan kodekslardan biri
Individual bosma kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gutenberg Injili, c. 1455, bizgacha saqlanib qolgan 21 ta toʻliq nusxadan biri.
- Shekspirning birinchi foliosi, 1623-yil
- Bay Zabur kitobi, 1640-yil. Shimoliy Amerikada chop etilgan birinchi kitobning saqlanib qolgan 11 ta nusxasidan biri va Qoʻshma Shtatlardan tashqaridagi yagona nusxasi.
- Harakatlanuvchi shriftda arab tilida chop etilgan birinchi kitob[30].
Boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gough xaritasi[31]
- Shikshapatri
- Selden Kerol kitobi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buyuk Britaniyada kitoblar
- Baroccianus kodeksi
- Chaqiruv uyi
- Digby mifografik muallif
- Yevropa kutubxonasi
- Google Kitoblar
- Maykl Shen Fu-Tsung
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Murray, Stuart. The Library: An Illustrated History. New York: Skyhorse, 2009 — 208-bet. ISBN 978-0-8389-0991-1.
- ↑ Legal Deposit Libraries Act 2003
- ↑ „Agency for the Legal Deposit Libraries“. llgc.org.uk.
- ↑ S198(5) Copyright and Related Rights Act 2000
- ↑ Jonathan Jones, Oxford’s online Bodleian archive: illumination for all, The Guardian, 8 August 2015.
- ↑ Bodleian Libraries [@bodleianlibs]. „We have translated the Bodleian oath into more than one hundred languages. Readers make the pledge in their mother tongue.“ (2017-yil 13-aprel).
- ↑ Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library.. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 6-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ Philip, Ian (1983) The Bodleian Library in the Seventeenth and Eighteenth Centuries.
- ↑ The Bodleian Library.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 The Bodleian Library 1976.
- ↑ 11,0 11,1 Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library.. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 5–7-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ 12,0 12,1 Philip, Ian (1983); p. 1
- ↑ Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library.. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 1–4-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ Beddard, R. A. (2002). "The Official Inauguration of the Bodleian Library on 8 November 1602". The Library 3 (3): 255–283. doi:10.1093/library/3.3.255.
- ↑ Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 9–11-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ Philip, Ian (1983); p. 19
- ↑ 17,0 17,1 Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 14-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ „Novum organum (New Instrument)“. Marks of Genius. Bodleian Library. 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-mart.
- ↑ Clapinson, Mary „The Early Years“, . A Brief History of the Bodleian Library.. Oxford, London: University of Oxford, 2015 — 15-bet. ISBN 978-1-85124-273-3.
- ↑ 20,0 20,1 20,2 Jackson, Sidney L. (1 January 1969). "Bodley and the Bodleian: Collections, Use and Administration". The Library Quarterly: Information, Community, Policy 39 (3): 253–270. doi:10.1086/619766.
- ↑ Davis, D. G. (1 January 1970). "Problems in the Life of a University Librarian: Thomas James, 1600–1620". College & Research Libraries 31 (1): 43–49. doi:10.5860/crl_31_01_43. https://archive.org/details/sim_college-research-libraries_1970-01_31_1/page/43.
- ↑ 22,0 22,1 „History of the Bodleian“. Bodleian Libraries. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
- ↑ University of Oxford: Museum of the History of Science, „The most noble problem in nature: the transit of Venus in the eighteenth century“ online catalogue of an exhibition held in 2004
- ↑ „Weston Library | Classical & Medieval MSS“. Bodleian.ox.ac.uk. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Weston Library | Hebraica, Judaica & Semitics“. Bodleian.ox.ac.uk. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ Jenkins, S. „Clarendon Building“.
- ↑ Mandaean manuscripts given by Lady Ethel May Stefana Drower.
- ↑ „The Vernon Manuscript Project“. University of Birmingham. 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
- ↑ „Digital facsimile edition, October 2009“. EVellum. 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
- ↑ „Weston Library | Middle East“. Bodleian.ox.ac.uk. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Weston Library | Maps“. Bodleian.ox.ac.uk (2015-yil 12-fevral). Qaraldi: 2017-yil 12-mart.