Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Bodxiz qirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bodxiz qirlariTurkmanistonning jan.sharqidagi qirlar. Murgob va Tajan daryolari oraligʻida. Balandligi 1267 m gacha. Afgʻonistondagi Paropamiz togʻlarining shimoliy etagi. Shim.da Qoraqum choʻliga tutashgan. Yer yuzasi yassi tekislik va bayirpardan iborat. Bayirlar orasida quruq soy va jarlar, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Bodxiz qirlari ning iqlimi keskin kontinental; yezda temperatura 44—46° gacha boradi, yogʻin kam (200–250 mm), doimiy oqar suv yoʻq. Yer osti suvlari juda chuqurda va aksari shoʻr. Bodxiz qirlari dagi qumoq va qumoqli boʻz tuproqsa qiyoq, qoʻngʻirbosh, shuvoq, balandroq yerlarda boʻydor oʻtlar va lista butalari, efemer oʻsimliklar oʻsadi. Bodxiz qirlari da asosan qorakoʻl koʻylari boqiladi. Yovvoyi hayvonlardan arhar, jayran, turli kaltakesaklar, ilon, sichqon, kalamushlar bor. Qulonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish maqsadida Bodxiz qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil