Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Boshqirdiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boshqiristondan yoʻnaltirildi)
Boshqidiston Rossiya Federatsiyasi haritasida
Boshqidiston haritasi

Boshqirdiston (boshqirdcha: Башҡортостан), Boshqirdiston Respublikasi (boshqirdcha: Башҡортостан Республикаһы) – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Federatsiya subyekti hisoblangan respublika. Rossiyaning Yevropa qismida hamda Osiyo qismida joylashgan respublika, Janubiy Uralda, Uraloldi va Uralortidagi tekisliklarda joylashgan. Maydoni 143,6 ming km². Aholisi 4 mln. 110,3 ming kishi (1999). Boshqirdistonda 54 tuman, 20 shahar va 41 shaharcha bor. Poytaxti – Ufa shahri

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdiston – respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993-yil 24dek. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi – Prezident „Prezidentlik Davlat Boshqaruviga oʻzgargan“ D.A Medvedev buyrugʻi bilan. Qonun chiqaruvchi oliy vakolatli organi – Davlat Majlisi (qurultoy). U Vakillar palatasi va Qonun chiqaruvchi palatalardan iborat. Oliy ijroiya hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

1995-yildan Boshqirdiston – Yevropa mahalliy mintaqaviy hokimiyatlar kongressi, 1996-yildan Yevropa mintaqalari assambleyasi aʼzosi. Avstriyada Boshqirdiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatxonasi ochilgan.

Boshqirdiston Yevropa bilan Osiyo tutashgan joyda. Gʻarbiy qismi orasira uchraydigan tekislik, sharqiy qismi asosan togʻli joylar. Jan.gʻarbida BugulmaBelebey qirlari, jan.da Yalpi Sirt tarmoqlari, shimoli-sharqida Ufa yassitogʻligi (balandligi 400–500 m gacha), sharkda Janubiy Ural togʻi (eng baland nuqgasi – Yomontov, 1640 m) bor. Boshqirdistonda temir rudasi, mis, oltin, rux, alyuminiy, xrom, marganes, gips, ohaktosh, mineral resurslar, neft, gaz, koʻmir, tosh tuz konlari bor. Iqlimi – kontinental. yanvarning oʻrtacha temperaturasi14°, 17,5°, iyulniki 16,5°, 20,5". Yillik yogʻin miqsori 300–500 mm, togʻlarda 500–600 mm. Eng yirik daryosi – Oq Idil. Boshqirdistonning kattagina tekislik qismi qora tuproqli oʻrmondasht va dashtdan iborat; togʻli qismida balandlik mintaqalari (gʻarbiy yon bagʻrida dubjoʻka, sharqiy yon bagʻrida oqqaragʻayqoraqaragʻay oʻrmon mintaqalari) bor. Boshqirdiston hududining 1/3 kismi qora tuproq, 1/3 qismi sur tusli oʻrmon tuprogʻi va qolgan qismi boshqa tuproqlar bilan qoplangan. Maydonining 40% i oʻrmonzor (5 mln.ga). Moʻynali hayvonlar va qushlar koʻp. Uraloldi tabiatini muhofaza qilish uchun qoʻriqxonalar barpo etilgan.

Boshqirdistonning tub aholisi boshqirdlar boʻlib, ruslar, tatarlar, chuvashlar, marilar, ukrainlar, mordvalar, udmurtlar va boshqa xalqlar ham yashaydi. Shahar aholisi 65%. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida mehnatga yaroqli aholining 54% band. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 28,1 kishi. Yirik shaharlari: Ufa, Sterlitomoq, Salavat, Beloresk, Ishimboy.

Boshqird xalqi shakllangan qad. hudud Oʻrta Uralning bir qismini, Janubiy Uralning hammasini hamda Volga, Kama, Tobol va Yoyiq (Ural) darelarining oraligʻidagi maydonni oʻz ichiga olgan. Janubiy Uraldagi gorlardan yuqori yoki qad. paleolit davriga mansub, Mias, Iseti va Pishma daryolari boʻyidan esa neolit davriga mansub ibtidoiy odamlarning qoldiqlari topilgan. Arab manbalarida (Ibn Fazlon) boshqirdlar „bashgird“ („bashgurd“) nomi bilan 9-asrdan boshlab tilga olingan. 9—13-asrlarda ular Uralning jan.da va Kaspiy boʻyi choʻllarida, Volga bilan Yoyiq daryolari oraligʻida yashaganlar. Boshqird xalqi asosan turk va ugor qabilalaridan tashkil topgan. Ular koʻchmanchi chorvador boʻlib, ovchilik, baliqchilik va oʻrmon asalarichiligi bilan shugʻullanganlar. Boshqirdlar ilgari butparast boʻlishgan, keyinchalik (10-asrdan boshlab) Gʻarbiy Boshqirdistonga islom dini kirib kelgan. 1229-yilda Boshqirdistonga tatarmoʻgʻul istilochilari bostirib kirdi. Botuxon qoʻshinlari 1236-yilda Boshqirdistonni butunlay zabt etdi. 15-asrning oʻrtalariga kelib Oltin Oʻrda bir necha xonliklarga boʻlinib ketgandan keyin Janubiy va Jan.

Sharqiy Boshqirdiston Noʻgʻoy Oʻrdasi tarkibiga, Gʻarbiy Boshqirdiston Qozon xonligi tarkibiga kirdi. Boshqirdistonning shimoli-sharqiy qismini esa Sibir xonligi bosib oldi. 16-asrning oʻrtalarida ruslar tomonidan Qozon xonligi tugatilgach (1552), boshqirdlar rus davlatiga tobe boʻlib qoldi. 1557-yilda Boshqirdistonning katta qismi, soʻng Gʻarbiy Sibirning qoʻshib olinishi va Sibir xonligi tugatilishi bilan (16-asr oxiri – 17-asr boshida) Boshqirdistonning shimoli-sharqiy qismi ham Rossiyaga qoʻshildi. Feodallar zulmining kuchayishi, amaldorlarning yasoq toʻlovini undirishdagi xiyonatkorligi va rus pomeshchiklarining eng yaxshi yerlarni tortib olishi Boshqirdistonda kattakatta qoʻzgʻolonlarning kelib chiqishiga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolonlarni podsho hukumati shafqatsizlik bilan bostirdi. Bular tarixga 17—18-asrlardagi boshqird qoʻzgʻolonlari nomi bilan kirdi. 1773—75 yillardagi Ye. I. Pugachyov qoʻzgʻoloni (bu qoʻzgʻolonda boshqird xalqining qahramoni Salavat Yulayev ishtirok etgan) ham podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga va mahalliy zulmga qarshi qaratilgan edi.

18-asrdan Boshqirdistonda sanoat tarmoqlari, savdo munosabatlari taraqqiy eta boshladi. Boshqirdiston iktisodiyotiga Ural kon sanoati katta taʼsir koʻrsatdi. 1917-yil fevral toʻntarishidan keyin boshqird vatanparvarlari musulmon shoʻrosini tuzdilar, ammo bolsheviklar bu yoʻldagi harakatlarni millatchilik deb eʼlon qilib, musulmon shoʻrolarini shafqatsizlik bilan tarqatib yubordilar va zoʻrlik bilan shoʻro hokimiyatini oʻrnatdilar. Shu tariqa 1919-yil 23-martda Rossiya tarkibida Boshqirdiston ASSR tashkil topdi. 1990-yil 11 oktabrda respublika Oliy Kengashi Boshqirdistonning davlat suvereniteti haqidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1992-yil fevraldan Boshqirdiston yangi nom – Bashkortostan Respublikasi nomini oldi. Boshqirdistonda 7 partiya va 200 ga yaqin jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan.

Boshqirdiston rivojlangan sanoat va yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga ega.

Sanoati neft qazib olish, neftni kayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, mashinasozlik, metallsozlik, yogʻochsozlikka, qora va rangli metallurgiyaga ixtisoslashgan. Neft Arlan, Chekmagush konlarida, Shkalovo, Belebey, Ishimboy shaharlari atrofida qazib chiqariladi. Sterlitomoq va Salavatda yirik neft kimyo korxonalari bor. Bu korxonalarda benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, koks, bitum, mazutning turli xillari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik majmuida 25 tarmoq boʻyicha 130 ga yaqin korxona mavjud. Elektr texnika va priborsozlik sanoati markazlari – Ufa, Oktabrskiy, Tuymazi. Stanoksozlik va quvur yotqizgich mashinalari ishlab chiqarish korxonalari Sterlitomoqda, qishloq xoʻjaligi va yogʻoch tayyorlash mashinasozligi korxonalari Neftekamsk va Uchalada, metall buyumlar va binokorlik asboblari ishlab chiqarish korxonalari Beloreskda joylashgan. Mudofaa korxonalari va qiruvchi samolyotlar uchun motorlar Ufada, oʻziyurar gaubitsalar Sterlitomoqda, vertolyotlar Kumertovda, tibbiyot oynalari Tuymazida, qurilishbop oyna Salavatda ishlab chiqariladi. Neftekamskda avtomobilsozlik korxonalari bor. Kumertovda tabiiy gaz, qoʻngʻir koʻmir, Tukanda temir ruda, Sibayda ohaktosh, misrux rudalari qazib olinadi. Yogʻochsozlik (fanera, mebel, yigʻma uylar, gugurt), oziq-ovqat (unyorma, qandshakar, yogʻ, pishloq, sut, goʻsht mahsulotlari), yengil sanoat (poyabzal, kiyim-kechak, trikotaj ishlab chiqarish) rivojlangan. Boshqirdistonda 12 issiqlik elektr stansiyasi, Karmanovoda yirik davlat elektr stansiyasi, Pavlovo GESi bor. Xususiylashtirilgan korxona va mahalliy mulk obʼyektlarida aholining salkam 40% band. Ular sanoat mahsuloti jami hajmining 80% gacha boʻlgan qismini beradi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdiston dehqonchiliksanoat majmuida 600 dan ortiq jamoa xoʻjaligi, 400 ga yaqin agrotuzilma, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi 100 dan ortiq korxona mavjud. Respublikada qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 7375,2 ming ga, shundan 4834,5 ming ga haydaladigan yerlar, 6 ming ga yaylov, 181,5 ming ga tomorqa uchastkalari; suv havzalari maydoni— salkam 160 ming ga, baliq boqiladigan koʻl va havzalar – 2 ming ga, shundan 650 ga madaniy baliqchilikka ajratilgan. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kartoshka, kungaboqar, sabzavot. Ural togʻi yon bagʻirlarida bogʻdorchilik rivojlangan. 3500 dan koʻproq dehqon (fermer) xoʻjaliklari tashkil etilgan, ularga 85 ming ga yer ajratib berilgan. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda kartoshkaning 95%, sabzavotning 78%, goʻshtning 57% yetishtiriladi. Qoramol, mayin junli va yarim mayin junli qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Yilqichilik va asalarichilik katta ahamiyatga ega. Boshqirdiston qimizi va asali mashhur.

Transportning asosiy turi temir yoʻl (uz. 1500 km dan ortiq). Boshqirdiston hududidan Moskva – Samara – Ufa – Chelyabinsk va Ufa – Orenburg avtomobil yoʻllari, Tuymazi – Ufa, Ishimboy – Ufa, Ishimboy – Orsk va boshqa neft hamda gaz quvurlari oʻtadi. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi—25 ming km. Boshqirdiston hududida 13 kompressor stansiyaga ega boʻlgan gaz quvurlarining uz.— 4,5 ming km. 1991-yildan „Boshqirdiston aviatsiya yoʻli“ kompaniyasi ishlab kelmoqda. Ufa, Beloresk, Oktabrskiy shaharlarida aeroportlar bor. Oq Idil va Ufa daryolarida kemalar qatnaydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistonga kredit bergan asosiy davlatlar: Avstriya, Germaniya, Bolgariya, Vengriya, AQSH, Turkiya, Singapur, Polsha, Xitoy, Yaponiya, Hindiston. Sarmoya loyihalarining asosiy soxalari: neftni qayta ishlash korxonalarini yangi texnika bilan jihozlash, neft konquduqlaridan foydalanish samarasini oshirish, ekologiya inshootlari qurish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, rangli metallurgiya va mashinasozlikni, dehqonchiliksanoat majmuini rivojlantirish va boshqa Boshqirdiston korxonalari 70 dan ortiq mamlakatga oʻz mahsulotini chiqaradi. Boshqirdiston eksportida yoqilgʻi (60%), kimyo va neft kimyosi (30%) sanoati mahsulotlari asosiy oʻrin oladi. 1996-yilda Boshqirdiston 2 mlrd. dollarlik mahsulotni chetga chiqardi. Uning 70% dan koʻprogʻi Finlandiya, Shvesiya. Belgiya, Buyuk Britaniya, Avstriyaga toʻgʻri keldi. Chetdan sotib oladigan mollarining yarmisini mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, 20% ni kimyoviy mahsulotlar, oʻgʻitlar, kauchuk tashkil qiladi.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistonda 370 kasalxona muassasasi boʻlib, ulardagi oʻrinlar 50 mingdan oshadi. Salkam 16 ming vrach, 400 ga yaqin dorixona, 32 sanatoriy, 55 profilaktoriysanatoriy bor. Asosiy kurortlari: Aksakove, Alkino, Shafranovo, Yumatovo, Yaktikoʻl, Yangantov.

Maorifi va fani

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistonda 1800 ga yaqin maktabgacha tarbiya muassasasi, 3 mingdan koʻproq maktab, 27 texnikum, 26 bilim yurti, 23 kollej, 50 yosh texniklar va tabiatshunoslar stansiyasi, 15 bolalar sayyohlik maskani, 200 dan koʻproq bolalar va oʻsmirlar sport, musiqa va badiiy maktabi bor. Boshqirdiston universiteti, umuman 1! oliy oʻquv yurtida 160 soha va ixtisoslik boʻyicha taʼlim beriladi. 1991-yildan Boshqirdiston Fanlar akademiyasi ishlay boshladi. Eng yirik ilmiy muassasalari: Neft kimyosi muammolari, Neft kimyosi va katalizi, Nozik organik sintez, Energiya resurslarini tashish muammolari, Gerbitsid va oʻsimliklar oʻsishi regulyatorlari texnologiyasi intlari, Boshqirdiston asalarichilik tajriba stansiyasi va boshqa Boshqirdistonda 10 mingdan ziyod ilmiy va ilmiypedagog xodimlar ishlaydi.

Respublikada 8 mingdan ortiq sport inshooti, jumladan 42 stadion bor.

Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistonda 200 ga yaqin ommaviy axborot vositalari faoliyat koʻrsatadi. 7 tidda respublika gazeta va jurnallari chiqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladi. 1994-yilda „Bashinform“ davlat axborot agentligi tashkil etilgan.

Boshqirdiston xalqining qahramonlik eposlari, ona yurtni madh etuvchi qoʻshiqpar va boshqa folklor namunalarida xalqning orzuoʻylari ifodalangan Salavat Yulayev ijodi ozodlik, demok ratiya gʻoyalari bilan sugʻorilgan. 19-asr oxiri adabiyotida maʼrifatparvarlik ta moyili kuchaydi. 19-asr 2-yarmi —20-asr boshlarida M. Oqmulla, M. Bikchurin, Majid Gʻafuriy, Sayfi Qudash, A. Toyirov, Sh. Babich kabi shoirlar ijod qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida R. Neʼmatiy, Mustay Karim va boshqa shoirlarning sheʼrlarida, S. Agish va Boshqirdiston Bikboyning dramalarida xalq qahramonligi ulugʻlandi. Urushdan keyin X. Davletshina „Irgiz“, S. Agish „Poydevor“, A. Bikchentoyev „Oqqushlar Uralda qoladi“, V. Valiyev „May yomgʻiri“ romanlarini, X. Karim „Yorugʻ yulduz“, S Quliboy „Jangdan keyin“, T. Arslon „Oltin buloq“, „Yurtim“ dostonlarini yozdi. I. Abdullin dramalari, X. Muxtor, L. Karimova qissalari, 3. Biisheva, X. Gilyajev romanlari nashr qilindi. S. Qudash, M. Karim, A. Bikchentoyev va boshqa adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

Azaldan yigʻma oʻtov (tirme)lar koʻchmanchi boshqirdlarning uyi boʻlgan. Oʻrmon va togʻli joylarida esa turar joylar yogʻoch, tosh va somonli loydan qurilgan. Boshqirdistondagi machit, Madrasa va maqbaralarda VolgaKama Bulgʻoriyasi meʼmorligining taʼsiri seziladi. 16—18-asrlarda Sterlitomoq, Belebey, Birsk va Ufa kabi shaharlar rus meʼmorligi asosida barpo etilgan. 19-asr—20-asr boshlarida imoratlar yogʻoch va gʻishtdan dastlab klassitsizm va keyinroq eklektizm uslubida solingan. Eski shaharlar qayta qurilib, yangi shaharlar (Salavat, Oktabrskiy, Neftekamsk) barpo etildi. Ufadagi madaniyat saroyi, sanoat uyi, universitet binosi, Boshqirdiston akademik drama teatri, davlat sirki va sport saroyi, Oktabrskiydagi sport saroyi, texnika uyi, Salavatdagi madaniyat saroyi diqqatga sazovor. Bularning meʼmorlari – N. I. Shabarov, V. M. Lyubarskiy, S. I. Yakshin va boshqa

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistonda guldor, naqshli matolar (harausi peshonabogʻi), paloslar, parda (sharshav), guldor sochiqlar toʻqish, kashtachilik, gul tikilgan movut poyabzallar, naqshinkor metall va charm buyumlar yasash qadimdan rivojlangan. Boshqirdiston tasviriy sanʼatining vujudga kelib, kamol topishida birinchi boshkird rassomi K. A. Davlatkeldiyev (asosan portretchi), M. N. Yelgashtina, A. E. Tyulkin va boshqa katta rol oʻynadi. 1920-yilda Ufada Badiiy muzey, 1926-yilda Badiiy bilim yurti (hozirgi Ufa sanʼat bilim yurti) ochildi. 20-asr oʻrtasi va oxirlarida V. P. Andreev, P. P. Salmasov, R. M. Nurmuhametov, A. F. Lutfullin, A. X. Sodiqrva kabi sanʼatkorlar barakali ijod qildilar.

Boshqirdiston xalq musiqasida bir ovozli xonandalik, ohangdor, musiqa bezaklariga boy, erkin tarzda rivojlanuvchi „uzunkuy“lar, raqsbop „qisqakuy“ va „takmak“lar, doʻmbira joʻrligida ijro etiladigan dostonlar, shuningdek qoʻray, qoʻbiz, garmon, mandolina kabi sozlar keng tarqalgan. X. Axmetov, M. Valiiv, H. Zaymov, 3. Ismagʻilov, R. Murtazin, N. Sobitov, T. Karimov singari kompozitorlar qoʻshiq, kantata, opera, balet, simfonik, kamer asarlar yaratishdi. 1938-yilda Ufada Boshqird davlat opera va balet teatriga asos solindi. Unda milliy operalar sahnalashtirildi. Ijrochilardan 3. Nasritdinova, Boshqirdiston Valeeva, G. Xabibullin, M. Hismatullin, A. Abdurazzoqov, I. Gaziyev, R. Shayxutdinov, S. Archinboyeva va boshqalarlar mashhur.

Boshqirdistonning professional teatr sanʼatiga 20-asr boshlarida asos solindi. 1919-yil Sterlitomoq shahrida badiiy havaskorlik toʻgaragi zaminida birinchi milliy teatr (1922-yildan Ufada; hozirgi Boshqirdiston akademik drama teatri) tashkil qilindi. 1926-yilda Boshqirdiston musiqa texnikumi (keyinchalik Sanʼat texnikumi) ochildi. Boshqirdiston teatri taraqqiyoti M. Magadeev, O. Xanov, T. Babicheva, N. Irsayeva, T. Makrushina, Sh. Murtazin, A. Mubaryakov, 3. Bikbulatova, X. Ibragimov, A. Tagirov kabi rej., aktyor va dramaturglar nomi bilan bogʻliq. 1933-yilda koʻchma qoʻgʻirchoq teatri, 1938-yilda Boshqird opera va balet teatri tashkil qilindi, teatr oʻz repertuarini milliy asarlar hisobiga boyitdi. Bulardan tashqari „Hyp“ tatar teatri, Salavat, Sibay, Tuymazida teatr jamoalari, „Irandik“, „Yondaz“, „Laysan“, „Agidel“, „Engiye“ kabi havaskor raqs jamoalari mavjud.

Boshqirdlarning xalq bayramlari jozibador. Kishloqlarda „kazomoxa“, yaʼni „gʻoz pati“ bayrami qish kirishida oʻtkaziladi. Bunda gʻozlar soʻyilib, qoʻniqoʻshnilar mehmon qilinadi. Koʻklamgi ekintikin tugashi paytida sabantuy oʻtkaziladi. Qopda yugurish, ot poygasi, milliy kurash, koʻz boylab tuvak sindirish kabi musobaqalar boʻladi. Sabantuy gʻallakorni jasoratli mehnatga ilhomlantiradi. Ovul kuni, qishloq kuni singari yangi bayramlar ham urf boʻlgan.

1990-yil dan „Bashkortostan“ kinostudiyasi ishlaydi. Asosan hujjatli filmlar va kino jurnallar ishlab chiqaradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil