Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ryazan viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ryazan viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining markazida joylashgan. Markaziy federal okrugiga kiradi. Maydoni 39,6 ming km². Aholisi 1228 ming kishi (2002), asosan, ruslar (96,1%), shuningdek, ukrain (1,2%), mordva (0,6%) va boshqa millat vakillari (2,1%) ham yashaydi. Shahar aholisi – 68,9%. 25 maʼmuriy tuman, 12 shahar va 26 shaharchadan iborat. Markazi – Ryazan shahri. Boshqa yirik shaharlari: Skopin, Kasimov.[1]

Viloyat Oka daryosining oʻrta va quyi qismlarida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Shimoliy qismi Meshchyora pasttekisligi hududida (bal. 80–130 m), Okaning oʻng sohilida OkaDon tekisligi (eng baland joyi 180 m). Gʻarbiy qismi Oʻrta Rossiya qirlari bilan band (eng baland joyi 236 m). Ohaktosh, gil, kum, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor.[1]

Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –11°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 550 mm (asosan, yezda yogʻadi). Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi – Oka va uning irmoqlari (Pra, Gus, Pronya, Para, Moksha, Ranova, Sna). Meshchyora pasttekisligida Dubovoye, Velikoye, Chyornoye, Beloye va boshqa koʻllari bor. Tuprogʻi podzol, sur tusli oʻrmon tuprogʻi, qoratuproq. Hududining 35% oʻrmon. Tiyin, tulki, quyon, boʻri, qobon, los yashaydi. Viloyat hududida Meshchyora milliy bogʻi, Oka qoʻriqxonasi joylashgan.[1]

Sanoatining asosiy tarmoklari: elektroenergetika, neftni qayta ishlash, kimyo (kimyo tolasi va iplari), mashinasozlik (Rossiyada ishlab chiqariladigan metall kesuvchi stanoklarning 9%; televizorlarning 18%; kartoshka qazish kombaynlari, hisoblash texnika vositalari), toʻqimachilik sanoatlari mavjud. Yirik korxonalari: neftni qayta ishlash, stanoksozlik zavodlari, "ViskoR" (kimyo tolasi va iplar), hisoblash analitik mashinalari korxonasi, avtoagregatlar zavodi, "Safyan" (koʻn mahsulotlari), "Kombayn", "Korteks" (ipak gazlamalar) korxonalari, Ryazan radio zavodi. Ryazan issiqlik elektr stansiyasi va boshqa ishlab turibdi.[1]

Qishloq xoʻjaligining muhim tarmogʻi – goʻshtsut yoʻnalishdagi chorvachilik. kramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Nasldor yilqichilik rivojlangan (2 ot zavodi bor). Arpa, bugʻdoy, suli, kand lavlagi, yemxashak ekinlari ekiladi, meva va rezavor meva yetishtiriladi. Oka, Moksha, Sna daryolarida kema qatnaydi. Temir yoʻli uzunligi – 943 km. Avtomobil yoʻllar uz. 6475 km (1997). 4 oliy oʻquv yurti, ilmiy tadqiqot instituta, 3 teatr, 8 muzey (shu jumladan, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi, Konstantinovo qishlogʻida S.A.Yesenin adabiy memorial muzeyi), 20 dan ziyod sanatoriy, kurort va dam olish uylari (shu jumladan, Solotcha iqlim kurorti) bor.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 "Ryazan viloyati" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil