Brezent
Qiyofa
Brezent (gollandcha presenning) — namga chidamli va chirishga qarshi modda (emulsiya) shimdirilgan suv oʻtkazmas mato. Zigʻir tolasidan yoki zigʻir tolasi bilan paxta tolasi aralashmasidan toʻqiladi. Undan chodir, plashpalatka, maxsus kiyimbosh, poyabzal tikiladi. Ochiqda saqlanadigan yuklarni, paxta gʻaramlarini qoryomgʻir va quyosh taʼsiridan saqlash uchun ham ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |