Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Butrus al-Bustoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butrus al-Bustoniy
Tavalludi 1819[1]
Vafoti 1-may 1883[2][3]
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi

Butrus al-Bustoniy[4][5] (arabcha: بطرس البستاني; 1819-1883, may) — 19-asr arab maʼrifatparvarlarining yirik namoyandalaridan biri, adib, pedagog va mutafakkir. Suriyadagi dastlabki maʼrifatparvarlik jamiyati ("Suriya fan va sanʼatni oʻrganish jamiyati", 1847-yil tashkil etilgan) asoschisi. 1863-yilda Livanda arab tilida Yevropa usulidagi birinchi milliy maktab ("alMadrasa alvataniya") ochdi va unda dars berdi. 60—70-yillarda turli nomlarda gaz. va jur.lar chiqargan. Qomusiy asar — "Doirat almaorif" ("Bilim doirasi") kitobini tayyorlagan. Asarning 6 jildi uning rahbarligida, qolganlari B. vafotidan soʻng shogirdlari tomonidan nashr etilgan. B. 1867—70 yil larda ikki jildli arab tili izohli lugʻati "Muhit almuhit" ("Okeanlar okeani") ni nashr etdi. B. oʻz ilmiy adabiy faoliyati bilan 19-asr arab madaniyati va adabiyotining rivojlanishida jiddiy rol oʻynagan va boy meros qoldirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil