Carlos Kaiser
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Carlos Henrique Raposo | ||
Tavallud sanasi | 2-aprel 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Porto Alegre, Rio Grande do Sul, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.84 m (6 ft 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1972–1973 | Botafogo | ||
1973–1979 | Flamengo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1979 | Puebla | 0 | (0) |
1979—1981 | Botafogo | 0 | (0) |
1981—1983 | Flamengo | 0 | (0) |
1983—1985 | Independiente | 0 | (0) |
1985—1986 | Bangu | 0 | (0) |
1985—1986 | Gazélec Ajaccio | 0 | (0) |
1987—1988 | Flamengo | 0 | (0) |
1988 | Bangu | 0 | (0) |
1988—1989 | Fluminense | 0 | (0) |
1989 | Vasco da Gama | 0 | (0) |
1989—1990 | El Paso Sixshooters | 0 | (0) |
1990—1991 | América (RJ) | 0 | (0) |
1991—1992 | Botafogo | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Carlos Henrique Raposo (1963-yil 2-aprelda tugʻilgan) – Carlos Kaiser nomi bilan tanilgan braziliyalik firibgar va hujumchi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. Uning qobiliyatlari professional futbolchi uchun qoʻyilgan standartlardan ancha past boʻlsa-da, bir dekadadan ortiqroq davom etgan faoliyati davomida koʻplab jamoalar bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. U hech qachon oʻyinga tushmagan. Bir marotaba maydonga tushishiga juda yaqin kelgan paytda ham muxlislar bilan urishib, qizil kartochka olgan va oʻsha oʻyinni ham oʻtkazib yuborgan. Carlos oʻzining oʻyin mahoratini jarohatlar, tez-tez jamoa oʻzgartirish va boshqa nayranglar bilan yashirib kelgan[1].
Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning noyabr oyida Kaiser Buyuk Britaniyaning Nods & Volleys Entertainment Limited prodyuserlik kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma imzolagan. Shartnomaga koʻra u oʻz faoliyati haqida barcha media formatlarda hikoya qilib berishi kerak edi. 2016-yil dekabr oyida intervyuni suratga olish ishlari yakunlangan.
„Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football“ filmining jahon miqyosidagi premyerasi 2018-yil 21-aprelda Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtgan[2]. Filmni suratga olish ishlarida Carlos Alberto Torres, Zico, Renato Gaúcho, Bebeto, Júnior and Ricardo Rochalarning ham hissalari bor[3].
Kitob
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda jurnalist Rob Smythning Carlos Kaiser haqidagi „Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football“ nomli kitobi nashr etilgan[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Quién es Carlos Henrique Raposo, el futbolista que engañó a 10 clubes durante 20 años y nunca jugó un partido completo“. www.ambito.com. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
- ↑ „Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football“. www.imdb.com. Qaraldi: 3-avgust 2024-yil.
- ↑ „Kaiser: The Greatest Footballer Never to Play Football Andoza:Pipe 2018 Tribeca Film Festival“. 2018-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-aprel.
- ↑ Smyth, Rob „The forgotten story of ... Carlos Kaiser, football's greatest conman“. The Guardian (2017-yil 26-aprel). Qaraldi: 2017-yil 29-may.
- ↑ „Reviews - The Possible World; Kaiser! The Greatest Footballer Never to Play Football; Forest Dark – review“. The Guardian (2018-yil 5-avgust). Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.