Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Charjau Abdirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Charjau Abdirov

Charjau Abdirov xotini bilan
Tavalludi 20-dekabr 1933
Vafoti

3-iyul 1997
Nukus,

O‘zbekiston
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent birinchi tibbiyot instituti
Kasbi mikrobiolog

Charjau Abdirov (shuningdek, Charjou yoki Chardjou Abdirovich Abdirov; ruscha: Чаржау Абдирович Абдиров; 20-dekabr 1933-yil – 3-iyul 1997-yil) taniqli oʻzbek(qoraqalpoq) mikrobiologi[1] va moxov boʻyicha mutaxassis hamda Orol mintaqasining ekologik muammolari boʻyicha tadqiqotchi boʻlgan. Qoraqalpoq davlat universitetining birinchi rektori, akademik[2], Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti hamda siyosatchi shaxs boʻlgan. 1994-yilda "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan[3].

Charjou Abdirovich Abdirov Karauzyak qishlogʻida tugʻilgan. 1955-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan. Qoraqalpogʻistonda mikrobiologiya fanining kashshofi hisoblanadi. 1961-yildan akademik sohada turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1969-1976-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan. U insonning moxovni idrok etishining yangi immuno-genetik konsepsiyasini kiritgan va 130 dan ortiq maqolalar, 14 monografiyalar, 6 ta koʻrsatmalar nashr etgan.

1976-yildan boshlab Abdirov 9 yil Qoraqalpoq davlat universiteti rektori lavozimida ish boshlagan. 1985-1996-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tabiiy fanlari instituti va Moxov kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida rahbar lavozimlarda ishlagan, Akademiyaning Eksperimental-klinik tibbiyot instituti Qoraqalpogʻiston boʻlimi direktori lavozimlarida ishlagan. 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining atrof-muhit va tabiat masalalari qoʻmitasining raisi etib saylangan. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Akademiya Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi boʻlgan.

Charjau Abdirov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining 8, 9, 10 va 12-chaqiriq deputati sifatida siyosiy ishlarda faol ishtirok etgan. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga rahbarlik qilgan, atrof-muhit va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Orol dengizi sohillari aholisining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal qilish boʻyicha ham ishlagan. Keyinchalik, 1994-yildan tibbiy tadqiqotlar va sogʻlomlashtirish faoliyatini tashkil etish bilan bir qatorda, Oliy Majlis deputati, Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga rahbarlik qilgan.

Chorjau Abdirov 1997-yilda vafot etgan va Shorsha qabristoniga dafn etilgan[4].

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yil

Xarakteristika saprofitnix neyseriy cheloveka. – Nukus, 1959-yil. 23 bet.

Neisseria mucosus i protsessi slizeobrazovaniya v gruppe neyseriy. – OʻzSSR Fanlar akademiyasi ilmiy jurnali, 1959-yil. 50-56 betlar.

Pigmentoobrazovaniye u neyseriy. – Oʻzbekiston (Tibbiyot jurnali). 1959-yil. 44—48 betlar.

1960-yil

Xarakteristika saprofitnix neyseriy cheloveka. Nomzodlik dissertatsiyasining avtoreferati.

Toshkent, 1960-yil. 17 bet.

1961-yil

Differentsiatsiya saprofitnix neyseriy. – Toshkent tibbiyot institutining ilmiy ishlari (toʻplam). Toshkent, 1961-yil. 253—258 betlar[5].

1962-yil

Mikroflora vnutricherepnix abstsessov. – Oʻzbekiston (Tibbiyot jurnali). 1962-yil. 57—62 betlar. K.D Mirazizov, V.I Raximov, P.F Samsonov, Sh. N Xaltayevlar bilan birgalikda yozilgan.

Nekotoriye osobennosti epidemiologii ostrix jeludochno-kishechnix infektsiy v Karakalpakskoy ASSR. – OʻzSSR Fanlar akademiyasi ilmiy jurnali. 1962-yil. 33—38 betlar. Z.V Skrebenkov bilan birgalikda yozilgan.

1963-yil

K voprosu organizatsii borbi s leproy v Karakalpakskoy ASSR Mejrespublikanskoy konferentsii po voprosam profilaktiki, lecheniya, dispansernogo obslujivaniya bolnix leproy. – Hisobotning qisqacha mazmuni. Astraxan, 1963-yil. 3—5 betlar. N.D Kadensev bilan birgalikda yozilgan.

1965-yil

Makau keselin yemleuge boladu. – Nukus, 1965-yil. 25 bet.

Asosiy sanalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949—1955-yillar Toshkent birinchi tibbiyot instituti talabasi boʻlgan.

1955—1958-yillar Toshkent birinchi tibbiyot instituti mikrobiologiya kafedrasi aspiranti boʻlgan.

1961-yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1961—1964-yillar OʻzSSR Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi mikrobiologiya laboratoriyasi mudiri boʻlgan[6].

1964—1969-yillar Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot dermatovenerologiya instituti Qoraqalpogʻiston filiali direktori boʻlgan[7].

1966-yil Xalqaro mikrobiologiya kongressi ishtirokchisi boʻlgan (Moskva).

1969—1976-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi vaziri boʻlgan.

1971-yil Sil kasalligi boʻyicha xalqaro konferensiya ishtirokchisi boʻlgan (Moskva)[8].

1972-yil tibbiyot fanlari doktori uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Abdirov 1997-yil 3-iyulda 63 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.

Abdirov Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan va Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston davlat universiteti joylashgan koʻchaga uning nomi berilgan: Ch. Abdirov koʻchasi (Ch. Abdirova koʻchasi)[9] va u Meruert (Meruert) xayriya ilmiy va madaniy fondiga asos solgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Novosti Uzbekistana, Issue number 49 (279) (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan), 10 December 2005; accessed 26 October 2011.
  2. Uzbek Academy of Sciences website; accessed 26 October 2011 Translated version (Google translate) Uzbek Academy of Sciences Translated ref (Accessed Oct 26th 2011)
  3. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
  4. J. HÁKIMNIYAZOV, I. SEYTBAEV, R. ISMETOV. QARAQALPAQSTAN AYMAǴÍNDAǴÍ ZÍYARAT ORÍNLARÍ. «BILIM», 2023-yil. 
  5. Gazeta „Vesti Karakalpakstana“ № 54 (16188) 5 iyulya 1997 g.
  6. Abdirov Charjau // Akademiya nauk Uzbekskoy SSR. – 1983. – s. 505
  7. Yeщanov T. B. , Konstantinova L. G. Ilim shinlarina paruaz / Nukus universiteti, 1983, 23 dek. № 39. s. 2
  8. Musabaev I. K. Tyajeliy nedug pobejden // Pravda Vostoka. 1981. 25 okt.
  9. Berdaq ati’ndagʻi’ Qaraqalpaq maʼmleketlik universiteti (Wayback Machine saytida 2014-03-01 sanasida arxivlangan). The Council of Ministers of the Republic of Karakalpakstan

Ushbu maqolaning manbasi ruscha Vikipediya maqolasidir. Bu esa oʻz navbatida 1997-yil 5 iyuldagi 54-sonli (16188) „Vesti Qoraqalpaqstan“ (Gazeta „Vesti Karakalpakstana“ 1997-yil 54-son (16188) 5-iyul) manbasini keltirgan.