Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Colleen Hoover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Colleen Hoover
Tavalludi
Margaret Colleen Fennell[1]

11-dekabr 1979-yil (1979-12-11) (44 yosh)
Kasbi Yozuvchi
Ijod qilgan tillari ingliz tili
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Texas A&M University (BA)
Janr Romantika, yoshi kattalar uchun badiiy adabiyot
Turmush oʻrtogʻi
Heath Hoover (turm. 2000)
Bolalari 3
Imzosi
Veb-sayti
colleenhoover.com

Colleen Hoover (tugʻilgan paytidagi ismi: Margaret Colleen Fennell; 1979-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi boʻlib, asosan ishqiy mavzudagi romanlar yozadi[2][1]. U 2016-yilda chiqargan „Barchasi biz bilan yakun topadi“ romani bilan katta shuhrat qozongan. 2022-yil oktyabr oyi holatiga koʻra, Hooverning 20 milliondan ortiq kitoblari oʻquvchilar qoʻliga yetib borgan[3]. U 2023-yilda Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan[4].

Colleen Hoover 1979-yilning 11-dekabrida Texasning Sulphur Springs shahrida tugʻilgan[5].Uning asl ismi Margaret Colleen Fennell boʻlgan. Colleen Texasning Saltillo shahrida oʻsgan va 1998-yilda Saltillo oʻrta maktabini tamomlagan.2000-yilda Heath Hooverga turmushga chiqgan[6] va ularning uchta oʻgʻli bor(Cale, Levi va Beckham). Colleen Hoover Texas A&M-Commerce universitetini ijtimoiy ish boʻyicha oʻqigan va shu yerni tugatgan. U mualliflik faoliyatini boshlashdan oldin turli ijtimoiy ishlarda ishlagan va oʻz vaqtida oʻqituvchilik ham qilgan.2016-yilda chop etilgan „ It Ends with Us“ ishqiy romani bilan mashhurlikka erishadi. Uning koʻpgina asarlari nashriyot tomonidan olib ketilgunga qadar mustaqil ravishda nashr etilgan.2022-yil oktabr holatiga koʻra, Colleen taxminan 20 million kitob sotgan. Time jurnali tomonidan 2023-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan.[7] .Colleen oʻz oilasi bilan 2015-yilda „The Bookworm Box“ xayriya kitob doʻkoniga asos soladi. U yerda har yili kitobga imzo chekish(Book Bonanza) boʻlib oʻtadi, unda 200 dan ortiq mualliflar ishtirok etadi, shuningdek, kam taminlanganlarga oziq-ovqat bilan taminlash uchun mablagʻ yigʻish yillik auksionlari ham oʻtkaziladi. Butun mamlakat boʻylab boshqa xayriya tashkilotlari ham bunda qatnashadi. Bugungi kunga qadar „The Bookworm Box“ muhtojlarga yordam berish uchun 1 000 000 AQSH dollaridan ortiq xayriya qilgan.[8]

  • Slammed (2012)
  • Point of Retreat (2012)
  • This Girl (2013)
  • Hopeless
  • Hopeless (2013)
  • Losing Hope (2013)
  • Finding Cinderella (2014)
  • Finding Perfect (2019)
  • Maybe Someday (2014)
  • Maybe Not (2014)
  • Maybe Now (2018)
  • Never Never (2015)
  • Never Never: Part Two (2015)
  • Never Never: Part Three (2015)
  • It Ends With Us (2016)
  • It Starts With Us (2022)
  • Ugly Love (2014)
  • Confess (2015)
  • November 9 (2015)
  • Too Late (2016)
  • Without Merit (2017)
  • All Your Perfects (2018)
  • Verity (2018)
  • Regretting You (2019)
  • Heart Bones (2020)
  • Layla (2020)
  • Reminders of Him (2022)
Yil Mukofot Nominant Yoʻnalish Natija Manba
2012-yil Goodreads Choice Awards Slammed Kattalar uchun badiiy adabiyot Nominatsiya [9]
2013-yil Losing Hope Romantika Nominatsiya [10]
This Girl Romantika Nominatsiya [10]
2014-yil UtopYA Con Awards Maybe Someday Eng innovatsion marketing Yutuq [11]
2015-yil Goodreads Choice Awards Confess Romantika Yutuq [12]
2016-yil Barchasi biz bilan yakun topadi Romantika Yutuq [13]
  1. 1,0 1,1 Chang, JuJu. „Emerging 'New Adult' Book Genre Puts Smut Fiction on Bestseller Lists“. ABC News (2013-yil 21-fevral). Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  2. „Colleen Hoover“. Amazon. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  3. Alter, Alexandra. „How Colleen Hoover Rose to Rule the Best-Seller List“ (2022-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  4. „Time 100“ (2023-yil 13-aprel). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  5. „C.H biografiyasi“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  6. „Colleen Hooverning oilasi“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  7. „Time jurnali“ (inglizcha). Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  8. „Bookworm box“ (inglizcha). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  9. „The Best Books of 2012“. Goodreads. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Best Books of 2013“. Goodreads. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  11. „2014 UtopYA Awards Winners Announced“. My Bookopolis. 2014-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-iyul.
  12. „Best Romance of 2015“. Goodreads. Qaraldi: 2016-yil 25-noyabr.
  13. Nickelsburg, Monica „The votes are in: Goodreads reveals 20 best books of 2016“. GeekWire (2016-yil 6-dekabr). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.