Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

DDT

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola kimyoviy modda haqidadir. Musiqa guruhi uchun DDT (guruh) sahifasiga qarang.
DDT kimyoviy strukturasi.

DDT (dixlordifeniltrixloretan; C14H9Cl5) — insektitsid, oqish yoki malla rang kimyoviy modda. Suyuqlanish harorati — 74,5—93 °C. Suvda yomon, spirt, benzol va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. 170—200 °C gacha qizdirilganda parchalanib, vodorod xlorid hosil qiladi. Xlorbenzol va kondensatlovchi moddalar, masalan, sulfat kislota, quruq vodorod ftorid ishtirokida xloralni kondensatlash yoʻli bilan olinadi. 20-asrning 40—60-yillarida koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda, shuningdek, bezgak parazitlari (chivinlar)ni yoʻqotishda qoʻllangan. Inson va hayvonlar organizmida toʻplanishi, atrof-muhitda biologik parchalanishga oʻta chidamliligi, tabiatdagi biologik muvozanatini buzishi sababli rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Oʻzbekistonda 1970-yildan ishlatish man qilingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil