Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Daniel Sturridge

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Sturridge
Futbol
Starridj v sostave „Liverpulya“

Sturridge „Liverpool“ safida
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ism sharifi

Daniel Andre Sturridge[1]

Taxallusi

Denno

Tugʻilgan sanasi

1989-yil 1-sentyabr(1989-09-01) (33 yosh)[2][3]

Birmingem, Angliya

Fuqaroligi

Flag Anglii Angliya

Boʻyi

185 cm[4]

Vazni

76 kg

Pozitsiyasi

hujumchi

Yoshlar klubida
1996—1998-yillar Flag Anglii Kedberi Atletik
1998—2002-yillar Flag Anglii Aston Villa
2002—2003-yillar Flag Anglii Coventry City
2003—2006-yillar Flag Anglii Manchester City
Klub faoliyati
2006—2009-yillar Flag Anglii Manchester City 21 (5)
2009—2013-yillar Flag AngliiChelsi 63 (13)
2011-yil Flag AngliiBolton Underes 12 (8)
2013—2019-yillar Flag AngliiLiverpool 116 (51)
2018-yil Flag Anglii Vest Bromvich Albion 6 (0)
2019—2020-yillar Flag TursiiTrabzonspor 11 (4)
2021—2022-yillar Flag Avstralii Pert Glori 6 (0)
Milliy terma jamoa safida
2004—2005-yillar Flag Anglii Angliya (U 16) 4 (0)
2005—2006-yillar Flag Anglii Angliya (U 17) 9 (0)
2007-yil Flag Anglii Angliya (U18) 1 (0)
2008-yil Flag Anglii Angliya (U 19) 3 (1)
2009-yil Flag AngliiAngliya (U 20) 1 (1)
2009—2011-yillar Flag Anglii Angliya (U 21) 15 (4)
2011—2017-yillar Flag Anglii Angliya 26 (8)
2012-yil Flag Velikobritanii Buyuk Britaniya 5 (2)
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Daniel Andre Sturridge — ingliz futbolchisi va hujumchisi hisoblanadi .

U asosan markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi, ammo „Chelsea“ va „Liverpool“ jamaolarida oʻng qanot himoyachisi sifatida ham faoliyat yuritgan. Bu unga maydonning oʻrta qismidan harakat qilish, odatdagi yuqori tezligida raqiblarini magʻlub etish, shuningdek, raqib jarima maydonchasi markaziga oʻtish hamda chap oyogʻidan darvozaga zarba berish imkoniyatini bergan[5]. 2012-yilda „Chelsea“ bilan Chempionlar ligasi gʻolibiga aylangan. 2019-yilda „Liverpool“ tarkibida u Chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi va shu tariqa ikkita ingliz klubi tarkibida ushbu sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi ingliz futbolchisi boʻldi.

Sturridge Birmingemda tugʻilib voyaga yetgan, u yerda „Aston Villa“ akademiyasiga qoʻshilgan. Bir yil oʻtib, u „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi. U oʻz rivojlanishini „City“da davom ettirdi va u yerda ikkita Angliya kubogi finalida ishtirok etdi. Sturridge 2007-2008-yilgi mavsumda debyut qildi. Shu bilan birga mavsumda Angliya yoshlar kubogi, Angliya kubogi va Premer-ligada gol urgan yagona futbolchi nomiga sazovor boʻldi. U 2009-yilda „City“ni erkin agent sifatida tark etib, „Chelsea“ga oʻtdi, biroq mavjud hujum chizigʻida raqobatlasha olmadi. 2010-2011-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida u Bolton Uonderersga ijaraga berildi. 2011-2012-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Chelsea“ bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Sturridgeni asosiy jamoada koʻrmoqchi ekanligini aytdi[5]. 2011-2012-yilgi mavsumda Daniel „Chelsea“ safida barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan. Yangi mavsumda Sturridge „koʻklar“ning bir qismi boʻlishni toʻxtatdi hamda 2013-yilning yanvarida „Liverpool“ jamoasiga oʻtdi[6][7]. Futbolchining transferi uchun mersisaydliklar 12 million funt toʻlashga rozi boʻlishdi[8].

Daniel Sturridge Birmingemda dunyoga kelgan va faoliyatini 1998-yilda mahalliy "Aston Villa" klubida boshlagan. Keyin u 2002-yilda „Coventry City“ga koʻchib oʻtdi va u yerda 2003- yilgacha 13 yoshida „Manchester City“ akademiyasiga qoʻshildi[9]. Futbol ligasi qoʻmitasi „Manchester City“ga „Coventry City“ga 30 000 funt sterling tovon puli toʻlashni buyurdi, agar u klub va mamlakat uchun muvaffaqiyatli oʻynasa, keyingi toʻlovlar 200 000 funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkinligi aytib oʻtdi[10]. Keyingi yili 15 yoshgacha boʻlgan „Manchester United Premer“ Kubogi turnirida u musobaqaning eng yaxshi toʻpurari va oʻyinchisi boʻldi, shu bilan bir qatorda „City“ finalda „Manchester United“ ga qarshi oʻyinda gʻalabaga erishdi[11][12]. 16 yoshida u „Manchester City“ yoshlar jamoasida oʻynagan va u bilan 2006-yilda Angliya yoshlar kubogi finaliga chiqqan.

Daniel Sturridge Birmingemda dunyoga kelgan va faoliyatini 1998-yilda mahalliy „Aston Villa“ klubida boshlagan. Keyin u 2002-yilda „Coventry City“ga koʻchib oʻtdi va u yerda 2003- yilgacha 13 yoshida „Manchester City“ akademiyasiga qoʻshildi. Futbol ligasi qoʻmitasi „Manchester City“ga „Coventry City“ga 30 000 funt sterling tovon puli toʻlashni buyurdi, agar u klub va mamlakat uchun muvaffaqiyatli oʻynasa, keyingi toʻlovlar 200 000 funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkinligi aytib oʻtdi[10]. Keyingi yili 15 yoshgacha boʻlgan „Manchester United Premer“ Kubogi turnirida u musobaqaning eng yaxshi toʻpurari va oʻyinchisi boʻldi, shu bilan bir qatorda „City“ finalda „Manchester United“ga qarshi oʻyinda gʻalabaga erishdi[11][12]. 16 yoshida u „Manchester City“ yoshlar jamoasida oʻynagan va u bilan 2006-yilda Angliya yoshlar kubogi finaliga chiqqan.

Yoshlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart oyida Deniel Sturridge oʻz qarindoshlariga pul tikish uchun insayder maʼlumot berganlikda aybdor deb topildi. Shu sababli 3 oyga diskvalifikatsiya qilindi[13] .

„Manchester City“ tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Daniel Sturridge 2011-2012-yilgi mavsumda.

2006-2007-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-2007-yilgi mavsum boshidan buyon Sturridge „City“ning asosiy jamoasida mashgʻulotlar oʻtkazib kelayotgan edi. Uning jamoadagi debyuti 2007-yilning 5-fevralida „Reding“ga qarshi oʻyinda boʻlib, Yorgos Samarasning 15 daqiqa oʻrniga maydonga tushdi. Uchrashuv 0:2 hisobida „Reding“ foydasiga hal boʻldi[14]. Uning maydondagi ikkinchi chiqishi bir oy oʻtgach sodir boʻldi, biroq keyin u jarohat olib, mavsumning qolgan qismida safdan chiqishga majbur boʻldi[15].

2008-2009-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-2009-yilgi Premer-ligada 16 ta oʻyinda maydonga tushgan Sturridge 4 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum oxirida u „City“ tarafdorlari tomonidan „mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb tan olindi. Bu mukofotni u oilasi va sevimli amakisi Dinga bagʻishladi.

Chelsea tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning 30-iyunida Sturridgening „Manchester City“ bilan shartnomasi tugadi va u erkin agentga aylandi, 3-iyulda esa „Chelsea“ u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[16]. Sturridge 24 yoshga toʻlmagan futbolchi boʻlgani va har ikki tomon oʻzaro manfaatli kelishuv boʻyicha kelisha olmagani uchun futbolchi uchun tovon puli miqdori sud tomonidan belgilandi[17]. 2010-yilning 14-yanvarida Professional futbol Kompensatsiya qoʻmitasi „Chelsea“ klub uchun har 10, 20, 30 va 40 oʻyindan soʻng 500.000 funt sterling qoʻshimcha toʻlovlar bilan 3.500.000 funt sterling miqdorida boshlangʻich badal toʻlashi haqida qaror chiqardi. Shuningdek, agar Sturridge mamlakatning asosiy terma jamoasiga chaqirilsa, „Manchester City“ yana 1 000 000 funt sterling olishi hamda futbolchi boshqa klubga sotilsa transferning 15 foizini olishi ham kelishib olindi[18].

2011-2012-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-2012-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Sturridgega porlash imkoniyati berildi va yangi murabbiy André Villash-Boash hayratda qoldi. Mavsum oldi oʻrtoqlik oʻyinlarida Sturridge 2011-yil 6-avgustda Shotlandiyaning „Reynjers“ iga qarshi oʻyinda dubl qayd etishdan oldin 2011-yilgi Barclays Asia Trophy yarim finalida Gonkongning „Kitchi“ jamoasi darvozasiga gol urdi[19]. „Chelsea“ Prezidenti Bryus Bak, agar Sturridge mavsumoldi mavsumida murabbiyni hayratda qoldirmaganida, ehtimol, yana ijaraga ketgan boʻlar edi, deb tasdiqladi.

2012/13-mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Liverpool“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-2013-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sturridge „Liverpul“ libosida

2013-yil 2-yanvarda Sturridge Mersisayd klubiga oʻtdi. 6-yanvar kuni Daniel „qizillar“ uchun Angliya kubogi doirasida „Mansfild Taun“ga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazdi. Oʻsha oʻyinda ingliz futbolchisi uchrashuvning yettinchi daqiqasidayoq yangi jamoasi uchun birinchi golni urdi. 13-0yanvar kuni Daniel „Liverpul“ safida Premer-ligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi va „Manchester United“ darvozasiga gol urdi, uning jamoasi 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik darajasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sturridge Angliyani 16 yoshgacha boʻlgan yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Angliyaga yoshlar darajasida himoya qilgan[20]. Yoshlar terma jamoasi tarkibida 2011-yilda yoshlar jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[21]. Turnir natijasida Daniel UEFA boʻyicha 2011-yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasiga kirdi[22].

Yuqori daraja

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 6-noyabrda Sturridge birinchi marta Angliya terma jamoasiga Ispaniya va Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qatnashdi[23][24]. U Ispaniyaga qarshi oʻyinda (1:0) zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi, biroq Fabio Kapello Sturridge Shvetsiyaga qarshi keyingi oʻyinda maydonga tushishiga vaʼda berdi[25]. U 2011-yilning 15-noyabrida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Angliya terma jamoasi safida debyut qildi hamda 58-daqiqada Teo Uolkottning o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuv Angliya terma jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[26].

2016-yilning 8-oktyabr kuni Sturridge Angliya terma jamoasining Maltaga qarshi uy uchrashuvida JCh-2018 saralashi doirasida futbolchilik faoliyatidagi 100-golini darvozaga kiritdi.

  1. Search 1984 to 2006 — Birth, Marriage and Death indexes (angl.). findmypast.com (17.10.2011). Data obraщeniya: 17 oktyabrya 2011. Arxivirovano 2 iyulya 2015 goda.
  2. Daniel Sturridge // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  3. Daniel Sturridge // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  4. Fifadata.com (Wayback Machine saytida 2017-08-06 sanasida arxivlangan). Data obraщeniya: 5 iyunya 2016. Arxivirovano 11 iyunya 2015 goda.
  5. 5,0 5,1 „Виллаш-Боаш: фланг для Старриджа“ (ru). chelsea-fc.ru (2011-yil 2-oktyabr). 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-sentyabr.
  6. „Нападающий «Челси» Старридж заключил контракт с «Ливерпулем»“ (ru) (2013-yil 2-yanvar). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
  7. „Старридж перешёл в «Ливерпуль»“ (ru) (2013-yil 2-yanvar). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
  8. „«Ливерпуль» заплатит за Старриджа 12 миллионов фунтов“ (ru) (2012-yil 23-dekabr). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
  9. „Daniel Sturridge“ (en). mcfc.co.uk (2011-yil 17-oktyabr). 2011-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 Whalley, Mike „Vassell's cure for away woe“ (en). Manchester Evening News (2006-yil 30-sentyabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  11. 11,0 11,1 Bevan, Chris. „Lake sees bright future for City“ (en) (2006-yil 12-aprel). 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
  12. 12,0 12,1 „Daniel Sturridge. Premier Cup: Manchester City 2004“ (en). Manchester United Premier Cup (2011-yil 17-oktyabr). 2011-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  13. „Семейный подряд: экс-звезда «Ливерпуля» отстранен из-за ставок“ (ru). Газета.Ru. 2020-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
  14. Culley, John. „Manchester City 0 Reading 2: Lita strikes twice to disprove Pearce's doubts“ (en). The Independent (2007-yil 5-fevral). 2014-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  15. Bailey, Chris „Daniel's despair after hip op“ (en). Manchester Evening News (2007-yil 13-sentyabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  16. „Chelsea sign Man City's Sturridge“ (en) (2009-yil 3-iyul). 2009-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  17. „FA handbook: Agreements Between Club & Players“ (en). 2011-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  18. „Daniel Sturridge statement“ (en). premierleague.com (2010-yil 14-yanvar). 2010-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  19. „Товарищеский с командой «Рейнджерс» 06.08.2011г.“ (ru). chelsea-fc.ru (2011-yil 6-avgust). 2011-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-oktyabr.
  20. Smith, Martin. „Daniel Sturridge – Manchester City's rising star“ (en) (2008-yil 1-fevral). 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-oktyabr.
  21. „Pearce names squad for Euro 2011“ (en) (2011-yil 23-may). 2011-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-sentyabr.
  22. „U21 all-star squad named by UEFA technical team“ (en). uefa.com (2011-yil 29-iyun). 2012-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-noyabr.
  23. „Daniel Sturridge named in Capello's England squad“ (en). The Guardian (2011-yil 6-noyabr). 2011-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-noyabr.
  24. „Daniel Sturridge in England squad“ (en) (2011-yil 6-noyabr). 2011-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-noyabr.
  25. „Старридж дебютирует в сборной Англии в матче со Швецией“ (ru) (2011-yil 13-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  26. „Match: England v Sweden - International Friendly“ (en). ESPN (2011-yil 15-noyabr). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-noyabr.

{{DEFAULTSORT:Sturridge, Daniel}