Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Dekstrinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DEKSTRINLAR (S6N10O5)„ - kraxmal va glikogen gidrolizlanganda (chala parchalanganda) hosil boʻladigan mahsulotlar. Gidrolizning boshlangʻich bosqichida yod taʼsirida koʻk rang beradigan amilodekstrinlar, soʻngra eritrodekstrinlar (yod taʼsirida qizil-qoʻngʻir rang beradi) va maltodekstrinlar (yod taʼsirida boʻyalmaydi) hosil boʻladi. D. gidrolizining keyingi bosqichlarida disaharidlar, asosan maltozalar, soʻnggi mahsulot sifatida monosaharidlar hosil boʻladi. Suvda eriydi. Toʻqimachilikda, gugurt i.ch. da, bosmaxona va poyabzal sanoatida yopishtiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil