Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Dharahara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dharahara (nepal tilida: धरहरा) yoki Bhimsen minorasi — balandligi 61,88 m boʻlgan minora, Nepalning poytaxti Katmanduning markaziy qismida joylashgan. 2015-yil 25-apreldagi zilzila natijasida vayron boʻlgan.

XIX-asrning birinchi yarmida Katmanduda ikkita egizak minora qurilgan[1]:

Minoralar 11 qavatdan iborat edi. Minora balkonida navbatchilik qilayotgan kuzatuvchilar dushman paydo boʻlgach, qoʻshin toʻplash uchun trubka bilan signal berishgan.

1834-yilda Bhimsen minorasi zilziladan jiddiy zarar koʻrdi. Oradan yuz yil oʻtib — 1934-yil yanvar oyida yana kuchli zilzila Bhimsen minorasini butunlay vayron qildi va Dharaharaga zarar yetkazdi — ikkinchi minoradan atigi toʻrtta[1] (boshqa manbalarga koʻra — ikki)[2] qavat qolgan. Dharahara qayta tiklandi, bu gal dastlabki tuzilishidan ikki qavat pastroq qilindi. Bhimsen minorasi qayta tiklanmadi va uning nomi Dharaharaga oʻtib, omon qolgan minoraning ikkinchi nomiga aylandi.

2005-yildan boshlab minora sayyohlar uchun ochiq boʻldi. Yuqori, toʻqqizinchi qavatda, 213 pogʻonali spiral zinapoyada Shiva ibodatxonasi, sakkizinchi qavatda — kuzatuv maydonchasi bor edi. Minora 5 metrli bronza shpil bilan tugallangan edi.

Dharahara minorasi 2015-yil 25-apreldagi zilzila natijasida butunlay vayron boʻlgan, uning vayronalari ostida ikki yuzga yaqin odam, asosan, sayyohlar halok boʻlgan[3].