Diego Costa
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Diego da Silva Costa[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-oktyabr 1988-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Lagarto, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.86 m[3] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Wolverhampton Wanderers | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2006 | Barcelona-SP |
Diego da Silva Costa (talaffuzi: Diego da Silva Kosta; 1988-yil 7-oktyabrda Braziliyada tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Angliyaning „Wolverhampton“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[4][5].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning 5-mart kuni Diego Costa bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari tomonidan Braziliya terma jamoasiga Italiya va Rossiya bilan o‘sha oy oxirida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinlari tarkibiga qoʻshilgan[6]. 21-mart kuni Diego Costa birinchi oʻyinda debyut qilgan[7]. Toʻrt kundan soʻng „Stamford Bridge“ stadionida u Rossiyaga qarshi oʻyinning soʻnggi 12 daqiqasida Kakaga almashtirilgan[8]. 2013-yil iyul oyida u Ispaniya fuqaroligini olgan[9]. Hozirda FIFA qoidalariga koʻra, bir nechta millati boʻlgan oʻyinchilarga, agar ular asli braziliyalik sifatida oʻzlarining birinchi mamlakatini faqat oʻrtoqlik oʻyinlarida himoya qilgan boʻlsalar, ikkinchi mamlakat vakili boʻlish imkonini beradi[10][11]. 2013-yilning 29-oktyabr kuni hujumchi Braziliya futbol konfederatsiyasiga maktub yo‘llab, Ispaniya terma jamoasida o‘ynash istagi borligini maʼlum qilgan[12]. 2014-yil 28-fevralda ispaniyalik bosh murabbiy Vicente del Bosque Diego Costani Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibga kiritgan[13]. U 5-mart kuni „Vicente Calderón“ stadionida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan va ushbu oʻyin mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlangan[14]. 2014-yilning 12-oktyabr kuni u Ispaniya terma jamoasi safidagi ilk golini Yevro-2016 saralash bosqichi doirasidagi Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[15].
2016-yilning 5-sentyabrida Costa JCh-2018 saralash bosqichining ochilish o‘yinida Lixtenshteyn ustidan hisobida g‘alaba qozonib, deyarli ikki yil ichidagi ilk xalqaro gollarini raqib darvozasiga kiritgan[16]. 2018-yilning may oyida u JCh-2018 uchun Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan[17].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
F. C. Penafiel Portugaliya | 2006—2007 | 13 | 5 | 1 | 0 | - | - | 14 | 5 |
Jami | 13 | 5 | 1 | 0 | - | - | 14 | 5 | |
Sporting de Braga Portugaliya | 2006—2007 | 7 | 0 | - | - | 2 | 1 | 9 | 1 |
Jami | 7 | 0 | - | - | 2 | 1 | 9 | 1 | |
R. C. Celta de Vigo Ispaniya | 2007—2008 | 30 | 5 | - | - | - | - | 30 | 5 |
Jami | 30 | 5 | - | - | - | - | 30 | 5 | |
Albacete Balompié Ispaniya | 2008—2009 | 35 | 9 | - | - | - | - | 35 | 9 |
Jami | 35 | 9 | - | - | - | - | 35 | 9 | |
Real Valladolid C. F. | 2009—2010 | 34 | 8 | 2 | 1 | - | - | 36 | 9 |
Jami | 34 | 8 | 2 | 1 | - | - | 36 | 9 | |
Atlético de Madrid Ispaniya | 2010—2011 | 28 | 6 | 5 | 1 | 6 | 1 | 39 | 8 |
Rayo Vallecano Ispaniya | 2011—2012 | 16 | 10 | - | - | - | - | 16 | 10 |
Jami | 16 | 10 | - | - | - | - | 16 | 10 | |
Atlético de Madrid Ispaniya | 2012—2013 | 31 | 10 | 8 | 8 | 5 | 2 | 44 | 20 |
2013—2014 | 35 | 27 | 8 | 1 | 9 | 8 | 52 | 36 | |
Chelsea F. C. Angliya | 2014—2015 | 26 | 20 | 4 | 1 | 7 | 0 | 37 | 21 |
2015—2016 | 28 | 12 | 5 | 2 | 8 | 2 | 41 | 16 | |
2016—2017 | 35 | 20 | 7 | 2 | - | - | 42 | 22 | |
Jami | 89 | 52 | 16 | 5 | 15 | 2 | 120 | 59 | |
Atlético de Madrid Ispaniya | 2017—2018 | 15 | 3 | 3 | 2 | 5 | 2 | 23 | 7 |
2018—2019 | 16 | 2 | - | - | 5 | 3 | 21 | 5 | |
2019—2020 | 23 | 5 | - | - | 7 | 0 | 30 | 5 | |
2020—2021 | 7 | 2 | - | - | - | - | 7 | 2 | |
Jami | 155 | 55 | 24 | 12 | 37 | 16 | 216 | 83 | |
Atlético Mineiro Braziliya | 2021 | 15 | 4 | 3 | 1 | 1 | 0 | 19 | 5 |
Jami | 15 | 4 | 3 | 1 | 1 | 0 | 19 | 5 | |
Wolverhampton Wanderers F. C. | 2022—2023 | 6 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 |
Jami | 6 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 400 | 148 | 46 | 19 | 55 | 19 | 501 | 186 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acta del Partido celebrado el 06 de abril de 2019, en Barcelona“ [Minutes of the Match held on 6 April 2019, in Barcelona] (es). Royal Spanish Football Federation. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Spain“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ „Diego Costa“. Wolverhampton Wanderers F.C.. 2022-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
- ↑ „Diego Costa 'likes to cheat' – Chelsea defender Kurt Zouma“. ESPN FC (2015-yil 21-sentyabr). 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Diego Costa must learn respect – Everton boss Roberto Martinez“. BBC Sport (2014-yil 30-avgust). 2016-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „Felipão chama Kaká e Diego Costa. Ronaldinho fica fora de amistosos“ (pt). Globo Esporte (2013-yil 5-mart). 2013-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-mart.
- ↑ „Italy 2–2 Brazil: Balotelli beauty ensures Swiss spectacular ends all-square“. Goal.com (2013-yil 21-mart). 2013-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
- ↑ Webber, Tom. „Brazil 1–1 Russia“. Goal.com (2014-yil 25-mart). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „Diego Costa granted citizenship“. Football España (2013-yil 5-iyul). 2013-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
- ↑ „La FEF ya negocia la llamada de Diego Costa a la Selección“ (es). Diario AS (2013-yil 25-sentyabr). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Why can Diego Costa play for Spain? FIFA's eligibility rules explained“. Goal. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Diego Costa: Brazil-born striker commits to Spain“. BBC Sport (2013-yil 29-oktyabr). 2015-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „Mata and Torres miss out for Spain“. ESPN FC (2014-yil 28-fevral). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
- ↑ „Pedro breaks Italy's resistance in Madrid“. UEFA (2014-yil 5-mart). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „European champions Spain responded to their shock defeat by Slovakia with a comfortable win in Luxembourg.“. BBC Sport (2014-yil 12-oktyabr). 2015-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Diego Costa thanks Spain team-mates after Liechtenstein rout“. Sky Sports. Reuters (2016-yil 6-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.
- ↑ „Chelsea forward Álvaro Morata left out of Spain's World Cup squad“. The Guardian (2018-yil 21-may). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyun.