Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Dispanser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dispanser (frans. dispensaire — taqsimlayman) — bemorlarning ayrim guruhlariga muntazam davolash-profilaktika yordami koʻrsatadigan maxsus tibbiy muassasa. Oʻz sohasiga oid bemorlar sonini aniqlash, ularni hisobga olish, davolash, ahvollarini kuzatib borish, ish va yashash joylarining sharoitini oʻrganish, bundan tashqari, kasalliklarga qarshi kurashish, oldini olish choralari bilan bogʻliq sanitariya-maorifi masalalarini ishlab chiqish, targʻib qilish D.ning muhim vazifasidir. Sil, teritanosil, onkologik, psixonevrologik, narkologik, kardiorevmatologik, shuningdek, buqoqqa qarshi, vrachlik fizkultura (sport bilan shugʻullanuvchilarni kuzatib turadigan) D.lari boʻladi. Har qaysi soha D.lari ishining oʻziga xos tomonlari bor. Masalan, silga qarshi D. aholini yalpi flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazadi (qarang Flyuorografiya), bemorlar bilan birga boʻlgan kishilarni hisobga oladi; psixonevrologik ekspertiza oʻtkazadi; vrachlik-fizkultura D.i vrach nazoratini amalga oshiradi. D. tar-kibida poliklinika, kasalxona, klinikdiagnostika va b. lab.lar, ixtisoslashgan davolash-profilaktika xonalari, ayrim hollarda kunduzgi va tungi sanatoriylar, mehnat bilan davolash ustaxonalari, parhez oshxona va hokazo boʻladi. Tuman D.lari oʻz hududidagi aholiga xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari, shahar va respublika D.lari ham boʻladi.[1]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil