Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Elastiklik (iqtisodiyot)

Ushbu maqola xushsifat maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1.1-rasm. Absolyut elastik talab
1.2-rasm. Absolyut noelastik talab
1.3-rasm. Taklif elastikligining 3 xil koʻrinishi, Engel egri chiziqlari

Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir[1]. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi[2]. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi[3]. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllanadi[4].

Elastiklik istalgan iqtisodiy fanda (ayniqsa, mikroiqtisodiyot nazariyasida) va amaliy iqtisodiy sohada, xususan, marketing, ekonometrika va makroiqtisodiyotda qoʻllanadi[5][6]. Elastiklik ishlab chiqaruvchilarning foydasini maksimallashtirishda va davlatning ichki ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Siyosiy iqtisodiyotda matematik elementlarni muvaffaqiyatli qoʻllashni Antoine Augustin Cournot boshlab beradi[7]. U oʻzining „Recherches sur les principes mathématiques de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi[8][9], „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan[10]. Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi[11]. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini (chekli xarajat va chekli daromadga asoslangan bozor muvozanati) yaratadi[12].

Absolyut elastik talab narx oʻzgarganida tovar hajmi oʻzgarmaydi: birinchi ehtiyoj talablari (insulin, tuz)
Noelastik talab talab hajmi narx oʻzgarishidan pastroq oʻzgaradi: oʻrinbosar tovarlarga ega boʻlmagan (yoki juda qimmat boʻlgan) kundalik tovarlar
Birlik elastiklik talab narxga proporsional tarzda oʻzgaradi (10 foiz lik oʻsish −10 foizlik pasayishni olib keladi)
Elastik talab talab hajmi narxdan koʻra koʻproq oʻzgaradi: tovar oʻrinbosar tovarlarga ega yoki unchalik muhim emas
Absolyut elastik talab narxning ozgina oʻzgarishi talab hajmini cheksizlikkacha oʻzgartiradi: talab hajmi ozgina oʻzgarishlarga ham juda taʼsirchan boʻladi

Elastiklik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talab elastikligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1.4-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi

Narxga bogʻliq talab elastikligi

Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi[13]. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik darajasi ham manfiy hisoblanadi[14].

Taklif elastikligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi[15].

Kesishgan elastiklik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

A tovar narxining oʻzgarishi B tovarga boʻlgan talab yoki taklifning oʻzgarishiga olib kelsa, bu oʻzgarishlarning nisbati kesishgan elastiklik deyiladi[16]. Baʼzi tovarlarning narxi oʻzgarishi nafaqat oʻsha tovarning oʻziga, balki boshqa tovarlarga ham (oʻrinbosar va toʻldiruvchi tovarlar) taʼsiri bor hisoblanadi. Masalan, benzin narxining oshishi vaqt oʻtishi bilan avtomashinalar sotuviga taʼsir oʻtkazadi (yaʼni, kamroq benzin sarf qiluvchi mashinalar sotib olishadi yoki umuman avtomobildan voz kechishadi)[17]. Benzin va avtomashinalar toʻldiruvchi tovarlar boʻlgani uchun, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik teskari hisoblanadi. Lekin, tovarlar oʻrinbosar boʻlsa, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻri boʻladi. Masalan, mol goʻshti narxining oshishi, qoʻy goʻshtiga taklif oshishiga olib kelishi mumkin[18].

.

Agar boʻlsa, u holda bu oʻrinbosar tovarlardir (substitutlar)[19].

Agar boʻlsa, u holda bir-birini toʻldiruvchi tovarlar (komplementlar)[20].

Elastikka boshqa omillarning taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1.5-rasm. Narxga bogʻliq talab elastikligi va daromadning bogʻliqligi

Elastiklikka daromadning taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi. 1.5-rasmdan koʻriladiki, elastic zone — elastikligi 1 dan katta boʻlgan hudud, unit elastic — elastikligi 1 ga teng boʻlgan nuqta (daromad bu yerda maksimal boʻladi) va inelastic zone — elastikligi 1 dan past boʻlgan hududdir. Rasmga koʻra, elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi[21][22].

Ishlab chiqaruvchi firmalar tovarni bozordagi elastiklik darajasini aniqlaganlaridan soʻng, oʻz narx siyosatini yuritadilar. Noelastik boʻlgan tovarlarning narxining keskin oshishi (masalan, tuzning 2000 soʻmdan 3000 soʻmga, yaʼni, 50 foizga oshishi), unga boʻlgan talabni kamaytirmaydi yoki juda kichik miqdorda kamaytiradi. Shu sababli, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va noelastik tovarlardan keluvchi daromad oshirilishi, ishlab chiqaruvchiga kafolatlangan foydani olib keladi. Lekin elastik tovar bozorida vaziyat murakkab va koʻp axborotga tayanish kerak. Yaʼni narx 30 foizga kamaygani tufayli sotuv hajmining 90 foizga oshishi, har doim ham ishlab chiqaruvchi foyda olishini bildirmaydi[23]. Chunki sotuv hajmi oshishi qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi (chekli naflilikning kamayish qonuni sababli, agar firmaning mehnat boʻyicha chekli xarajatlari manfiy qiymatni qabul qilsa, firma zarar koʻrishi mumkin)[24].

Omillar asosida elastiklik darajalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Omillar asosida elastiklik darajalari[25]
Omil Past elastiklik Yuqori elastiklik
Mahsulot turi 1-oʻrinda kerakli tovarlar Hashamat tovarlari
Oʻrinbosar tovarlar mavjudligi Kam Koʻp
Budjet xarajatlaridagi ulushi Past Yuqori
Vaqt oraligʻi Qisqa muddatda Uzoq muddatda

Vaqt omilining daromad boʻyicha elastiklikka taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vaqt omilining taʼsiri[25]
Tovar Qisqa muddatli oraliqda Uzoq muddatli oraliqda
Mol goʻshti,

Kiyim-kechak

0,45

0,95

0,51

1,17

Koʻchmas mulk,

Chet elga turlar

0,07

0,24

2,45

3,07

Mebel,

Maishiy texnika

2,60

2,72

0,53

1,40

1-guruh. Mol goʻshti deyarli barcha qatlamlar orasida keng isteʼmol qilinadi. Oʻzbekistonda mol goʻshti talab yuqori boʻlgan qoʻy goʻshtidek oʻrinbosarga ega boʻlsa-da, jahonda mol goʻshtidan voz kechish koʻrsatkichi kamroq. Kiyim-kechaklar elastikligi esa barcha vaqt oraligʻida deyarli 1 ga teng (statistik xatolik chegarasida). Bu degani iqtisodiy oʻsish paytida ham, iqtisodiy inqiroz paytida ham isteʼmolchilar birdek xarajat qilishadi[26].

2-guruh. Bu guruhdagi tovarlar qisqa muddatda elastikligi past, uzoq muddatda esa yuqori hisoblanadi. Masalan, inson mehnat faoliyatini boshlaganida kam kapitalga ega boʻladi va koʻchmas mulkdek qimmatbaho tovarga mablagʻi yetmaydi (shu jumladan, ipoteka kreditlari). Lekin vaqt oʻtgani sayin, uni toʻlovga qobiliyatlilik darajasi oshadi va koʻchmas mulk xarid qilishga talab darajasi ortadi. Chet elga turlar bilan ham deyarli shunday, ammo chet elga turlar ancha arzonligi sababli, qisqa muddatda turlarning elastiklari 3,4 barobarga ortiqroq[27].

3-guruh. Bu guruhdagi tovarlarning qisqa muddatda elastiklari baland, uzoq muddatda esa pastdir. Isteʼmolchi oshirilgan oylikka birinchi navbatda oʻzining 1-oʻrinda muhim boʻlgan va standart tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Shu sababli qisqa muddatda koʻchmas mulk yoki chet elga turlarning oʻrniga mebel, maishiy texnika sotib oladi. Lekin, isteʼmolchi har yili yangi kir yuvish mashinasi, shkaflar toʻplami yoki divan olmaydi. Shu sababli uzoq muddatda bu tovarlarga talab kamayadi, ayniqsa mebelga[28].

Yuqoridagi vaqt omiliga asoslanib (elastiklikka asoslanib), qaysi tarmoqlar inqirozdan birinchi chiqishini prognozlash mumkin. Bular — qisqa muddatli oraliqda katta daromadga bogʻliq talab elastikligiga ega tarmoqlardir. Yaʼni, iqtisodiy bumlardan soʻng(keskin iqtisodiy oʻsish), pasayish va inqiroz keladi. Ana shu inqirozdan soʻng odamlar koʻchmas mulk sotib oladigan, turistik sayohatlar xizmatidan foydalanadigan darajada xarid qilish qobiliyatiga ega boʻlmaydi. Lekin vaqt oʻtgani sari avval 3-guruh tovarlariga, iqtisodiy oʻsish uzoq davom etsa (jahon iqtisodiyotida 2003—2007 yillar), isteʼmolchilar tomonidan 2-guruh tovarlariga talab keskin ortadi (chunki isteʼmolchilar iqtisodiy oʻsish uzoq davom etadi degan fikrga kelishadi)[29].

Elastiklikni hisoblash usullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nuqtaviy elastiklik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elastiklikni hisoblashning eng oddiy usuli hisoblanib, koʻpincha sodda 2 ta oʻzgaruvchilar (narx va talab/taklif, daromad va talab) yordamida aniqlanadi[30]. Masalan, aholi daromadining 40 foizga oshishi, mashina sotib olishni 10 foizga oshirdi. Bu yerda mashina noelastik tovar hisoblanadi, chunki: 10/40=1/4.

Yoysimon elastiklik (Allan elastikligi)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoysimon elastiklik — keskin bir omil oʻzgarishining ikkinchi omilga taʼsirining oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Yaʼni, agar burger narxi 2 dollardan 4 dollarga oshganida (100 foizga), talab hajmi 1000 tadan 500 taga tushsa (50 foizga), elastiklik 50/100=0,5 ni tashkil etadi. Lekin narx 4 dollardan yana avvalgi 2 dollarga arzonlasa (50 foizga kamaysa) va talab hajmi avvalgi holiga qaytsa (yaʼni 100 foizga oshsa) bu holatda elastiklik 100/50=2 ni tashkil etadi. 0,5 va 2 koeffitsiyentlari orasidagi farq katta boʻlganligi uchun iqtisodchilar oʻrtacha qiymatni olishadi va yoysimon elastiklikdan foydalanishadi[31].

Talabning yoysimon oʻzgarishi — talab funksiyasining narx, daromad va boshqa omillar oʻzgarishiga taʼsirchanlik darajasidir. Bu turdagi funksiya quyidagi formula orqali aniqlanadi[32]:

,

bu yerda  — bu talab,  — tovarning avvalgi sotilgan hajmi,  — yangi talab hajmi,  — dastlabki tovar narxi,  — yangi tovar narxi, ,  — talab va taklifning oʻzgarishi.

Taklifning yoysimon oʻzgarishi — taklif funksiyasining narx va boshqa koʻrsatkichlarga taʼsir darajasi. Taklif elastikligi koʻrsatkichi , quyidagicha ham aniqlanadi:

,

bu yerda  — bu taklif,  — dastlabki taklif etilgan tovar hajmi,  — taklifning yangi hajmi,  — dastlabki tovar narxi,  — yangi tovar narxi, ,  — talab va taklifning oʻzgarishi.

Hosila orqali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotda oʻzgarishlar asosan funksiyalar koʻrinishida berilganligi uchun, quyidagi hosila olish formulasi orqali funksiyaning umumiy elastikligini (uning qiyaligini) aniqlash mumkin[33]:

Tailandga boʻlgan turistik turlarning daromad boʻyicha elastikligi 1,5 ga teng. Turga talab hajmi 30 foizga oshishi uchun daromadlar qanchaga oshishi lozim?

Yechish. Birinchi navbatda nomaʼlumga ega tenglama tuziladi: n×1,5=30

Soʻngra 30 ni 1,5 ga boʻlish orqali kerakli miqdor topiladi: 30×2/3=20

Javob: Daromad 20 foizga oshishi kerak.

Xususiy hollardagi elastiklik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1.6-rasm. Chiziqli talab (koʻk) va taklif (qizil) funksiyalari
1.7-rasm. Egri chiziqli talab funksiyasi

Elastiklik eng koʻp qoʻllaniluvchi soha ekonometrika boʻlganligi uchun elastiklikni oʻlchashda turli funksiyalardan foydalaniladi[34]. Quyidagi funksiyalar ekonometrikada uchraydi:

1.Chiziqli funksiya.

2.Egri chiziqli funksiya (Darajali funksiya).

Chiziqli funksiyada elastiklik y=kx+b dagi k koeffitsienti orqali ifodalanadi. Yaʼni, ixtiyoriy funksiyadan 2 soni k koeffisienti hisoblanib, funksiya elastik hisoblanadi. Chiziqli funksiyada oʻzgaruvchiga manfiy qiymat berilmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Rasmdagi -x+5 funksiyaning elastikligi 1 ga, y = x/2+2 funksiyasida esa elastiklik 1/2 ga teng hisoblanadi, yaʼni funksiya noelastikdir[35].

Egri chiziqli funksiyada esa funksiyaning darajasi bu vazifani oʻtaydi. Ixtiyoriy funksiyada funksiya elastikligi 2 hisoblanadi. Darajali funksiyada x ning manfiy qiymati olinmaydi, chunki narx noldan kichik boʻlishi mumkin emas. Real iqtisodiyotdagi funksiyalarda modellar aynan egri chiziqli funksiya koʻrinishida ifodalanadi, chunki aynan koʻp chiziqli funksiyalar yigʻindisi egri chiziqli funksiyani hosil qiladi[36].

Elastiklik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Baʼzi tovarlarning narxga bogʻliq talab elastikligi koʻrsatkichlari[25]
Tovar Elastiklik darajasi Tovar Elastiklik darajasi
Aviachiptalar (biznes-klass) −0,3 Tuxum (AQSH) −0,1
Aviachiptalar (ekonom-klass) −0,9 Tuxum (Afrika) −0,55
Aviachiptalar (turizm) −1,5 Guruch (Yaponiya) −0,25
Avtobus −0,2 Guruch (AQSh) −0,55
“Ford" avtomobili −2,8 Guruch (Xitoy) −0,8
Benzin (qisqa muddatda) −0,1 Guruch (Bangladesh) −0,8
Benzin (uzoq muddatda) −0,4 Salqin ichimliklar −0,9
Elektr energiyasi (qisqa muddatda) −0,1 „Coca-Cola“ −3,8
Elektr energiyasi (uzoq muddatda) −1,4 „Mountain Dew“ −4,4
Temir −0,3 Pivo −0,7
Spektakl, konsertlar −0,6 Vino −1,0
Kinofilmlar −0,9 Kuchli alkogol ichimliklari −1,5
Telekommunikatsiya −0,4 Tamaki mahsulotlari −0,5
Tibbiy sugʻurta −0,3 Tamaki mahsulotlari (yoshlar orasida) −0,7
Doktor qabuliga borish −0,05 Marixuana −0,7

Jadvaldan koʻrish mumkinki, uzoq muddatda deyarli barcha tovarlarning elastikligi ortadi. Quyida baʼzi tovarlar elastikligi sharhi keltirilgan.

Aviachiptalar (biznes-klass). Biznes-klass xizmatlaridan foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati yuqoriligi, bu xizmatdan olinadigan naflilik darajasi sarflangan xarajatdan yuqori boʻlganligi va boshqa klassda uchishi uning obroʻsiga putur yetkazib qoʻyishi mumkinligi uchun bu xizmatning elastikligi past[37].

Aviachiptalar (ekonom-klass). Ekonom-klass xizmatidan foydalanuvchi isteʼmolchilarning xarid qobiliyati pastroq boʻladi va shu sababli, ularning narxga sezuvchanligi biznes-klassga nisbatan 3 barobar yuqori. Bu xizmatdan foydalanuvchi isteʼmolchilar chiptani oldindan buyurtma qilishi, narx oshganida esa alternativ yetib olish xizmatlaridan foydalanishi mumkin (masalan, mashina, tezyurar poyezd yoki avtobus)[38].

Aviachiptalar (turizm). Turistlar eng arzon biletni oldindan topishi, oʻzi vaqtni belgilashi osonroq. Bundan tashqari turistik reyslar ixtiyoriy qaror boʻlib, biznes va ekonom-klassdan farqli ravishda faqat dam olishni koʻzlaydi[39].

Avtobus chiptalari. Avtobus xizmatlari eng arzon, ommabop transport xizmati boʻlganligi va uning oʻrinbosarlari narxi nisbatan qimmatligi sababli past elastiklikka ega[40].

"Ford" avtomobili. Yengil avtomobillar bozori monopolistik raqobat hisoblanganligi uchun, isteʼmolchilar „Ford“ avtomobilidan voz kechib, osongina boshqa tovar markasini sotib olishlari mumkin[41].

Benzin (qisqa va uzoq muddatda). Benzin narxi oshgach, avtomobil egalari mashinadan foydalanishni qisqa muddatda toʻxtatishmaydi. Lekin uzoq muddatda koʻp benzin sarflovchi mashinani kamroq benzin sarflovchi mashinaga almashtirishadi. Elektr energiyasi ham xuddi shu mexanizmda ishlaydi[42]

Tibbiyot sugʻurtalari. Tibbiyot sugʻurtalari hozirgi rivojlangan davlatlarida, ayniqsa AQShda katta talabga ega. Rivojlangan davlatlarda tibbiyot xizmatlari isteʼmolchi daromadining katta qismiga tengligi sababli, isteʼmolchilar ratsional tarzda tibbiyot sugʻurtalari xizmatlaridan foydalanishadi[43].

Doktor qabuliga borish. Inson koʻproq daromad olishi, umuman yashashi uchun sogʻlik darajasi muhimdir. Shu sababli doktor qabuliga borish deyarli hech qachon voz kechilmaydi.

Guruch. Maʼlum tovar aholi orasida milliy taom hisoblanib, qanchalik keng tarqalgan boʻlsa, undan voz kechish shunchalik qiyin boʻladi. Yaponiyada guruch aynan shunday tovar hisoblanadi, bundan tashqari Yaponiya aholisi boy aholi toifasiga kiradi[44]. AQSh aholisi ham boy, lekin AQShda guruch unchalik mashhur emas. Xitoydagi aholi esa rivojlangan davlatlardan 3 barobarga kambagʻalroq[45]. Bangladeshda esa guruch ancha mashhur tovar, ammo davlat aholisi yuqoridagi davlatlar aholisidan ancha kambagʻal[46].

  1. „Elasticity | economics | Britannica“.
  2. „Economic inefficiency“.
  3. Akmaljon Ibroximovich Sotvoldiyev, Nodir Gʻiyosaliyevich Xidirov. Dinamik modellarni iqtisodiyotda qoʻllanishi // Science and Education. — 2022. — № 3.
  4. Minton, Elizabeth A.; Kahle, Lynn R.. Belief Systems, Religion, and Behavioral Economics: Marketing in Multicultural Environments. Business Expert Press, 2013. ISBN 978-1-60649-704-3. 
  5. Marchant, Mary A.; Snell, William M. „Macroeconomics and International Policy Terms“. University of Kentucky. 2007-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-may.
  6. „Economics Glossary“. Monroe County Women's Disability Network. 2008-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-fevral.
  7. „Antoine-Augustin-Cournot | Britannica“.
  8. Antoine Augustin Cournot. Researches into the Mathematical Principles of the Theory of Wealth. Macmillan, 1897. 
  9. „Researches-into-the-Mathematical-Principles-of-the-Theory-of-Wealth | Britannica“.
  10. „Principles-of-Economics | Alfred Marshall | Britannica“.
  11. Marshall, Alfred. Principles of Economics. London: Macmillan and Co., 1920 — 198-200-bet. ISBN 978-1-137-37526-1. 
  12. „MARSHALLIAN CROSS“.
  13. Chen, Xudong (October 1, 2017). "Elasticity as Relative Slopes: A Graphical Approach to Linking the Concepts of Elasticity and Slope". The American Economist 62 (2): 258–267. doi:10.1177/0569434516682713. ISSN 0569-4345. 
  14. „Price Elasticity of Demand. Investopedia“.
  15. Layton, Allan P.; Robinson, Tim; Tucker III, Irvin B.. Economics for today, 5th, South Melbourne, Vic., 2015 — 119-123-bet. ISBN 9780170347006. 
  16. Webster, Thomas, J.. Managerial Economics: Tools for Analysing Business Strategy. Lanham, Maryland: Lexington Books, 2015 — 55, 70-bet. ISBN 978-1-4985-0794-3. 
  17. „OECD Glossary of Statistical Terms – Cross price elasticity of demand Definition“. stats.oecd.org. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  18. Frank Bunte, Hans Dagevos. The Food Economy, 2009 — 192-bet. DOI:10.3920/978-90-8686-687-8. ISBN 978-90-8686-109-5. 
  19. D. Besanko, D. Dranove, S. Schaefer, M. Shanley. Economics of Strategy. United States of America: John Wiley & Sons, 2013 — 168-bet. ISBN 9781118273630. 
  20. Carbaugh, Robert. Contemporary Economics: An Applications Approach. Cengage Learning, 2006 — 35-bet. ISBN 978-0-324-31461-8. 
  21. E, Reilly (Feb, 1940). "The Use of the Elasticity Concept in Economic Theory: With Special Reference to Some Economic Effects of a Commodity Tax". The Canadian Journal of Economics and Political Science 6 (1): 39–55. doi:10.2307/137053. 
  22. „Income Elasticity of Demand. Investopedia“.
  23. Gans, Joshua; King, Stephen; Mankiw, Gregory, N.. Principles of Microeconomics. South Melbourne, Victoria: Cengage Learning, 2017 — 107-bet. ISBN 978-0-17-028246-8. 
  24. „Marginal productivity theory. Britannica“.
  25. 25,0 25,1 25,2 Филатов А.Ю. Микроэкономика: учебное пособие для вузов – М.: Юрайт, 2021, 204 с.
  26. Patricia A. Mcanany. Textile Economies : Power and Value from the Local to the Transnational. Altamira Press, 2011 — 342-bet. ISBN 9780759120617. 
  27. Reisch, Lucia A.; Zhao, Min (November 2017). "Behavioural economics, consumer behaviour and consumer policy: state of the art" (en). Behavioural Public Policy 1 (2): 190–206. doi:10.1017/bpp.2017.1. ISSN 2398-063X. https://www.cambridge.org/core/product/identifier/S2398063X1700001X/type/journal_article. 
  28. „The Effect of Income on Appliances in U.S. Households“.
  29. Nützenadel, Alexander (November 18, 2020). "The financial crisis of 2008—Experience, memory, history". Journal of Modern European History 19 (1): 3–7. doi:10.1177/1611894420973590. 
  30. Alan, Daskin (January, 1992). "Two Propositions on the Application of Point Elasticities to Finite Price Changes". The Journal of Economic Education 23 (1): 17–21. ISSN 21524068. https://archive.org/details/sim_journal-of-economic-education_1992_winter_23_1/page/17. 
  31. Allen, R. G. D. (1933). "The Concept of Arc Elasticity of Demand". Review of Economic Studies 1 (3): 226–229. 
  32. Parkin, Michael; Powell, Melanie; Matthews, Kent „Elasticity“, . Economics, 9th European, Harlow: Pearson, 2014 — 82-bet. ISBN 978-1-292-00945-2. 
  33. J. Edwards. Differential Calculus. London: MacMillan and Co., 1892 — 512-bet. 
  34. Mary S. Morgan, 2008 "models, „ The New Palgrave Dictionary of Economics, 2nd Edition, Abstract, pp. 482-83.
  35. Sydsaeter, Knut; Hammond, Peter. Mathematics for Economic Analysis. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall, 1995 — 173–175-bet. ISBN 013583600X. 
  36. Hass, Joel R.; Heil, Christopher E.; Weir, Maurice D.; Thomas, George B.. Thomas' Calculus, 14, Pearson, 2018 — 7–8-bet. ISBN 9780134439020. 
  37. Perry Garfinkel.. „On some airlines, business class goes first“. The International Herald Tribune (2008-yil 10-mart). Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  38. "UN Travel Policy Summary" United Nations Environment Programme. Retrieved: 29 September 2019.
  39. „Archived copy“. 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  40. Rouse, Margaret „Bus ticket booking Software“. Software. Veontime (2020-yil oktyabr). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
  41. Automotive industry Encyclopædia Britannicada
  42. „Economy of fuel in USA“.
  43. Private Health Insurance in OECD Countries. OECD Health Project, 2004. ISBN 978-92-64-00668-3. Qaraldi: 2007-yil 19-noyabr. 
  44. „GDP per capita | Japan | World Bank“.
  45. „GDP per capita | China | World Bank“.
  46. „GDP per capita | Bangladesh | World Bank“.