Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Emir Bajrami

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emir Bajrami
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Burim Emir Bajrami
Tavallud sanasi 7-mart 1988-yil (1988-03-07) (36 yosh)
Tavallud joyi Pristina, RKS Kosovo,
Yugoslaviya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Köping FF
Total 210 (30)

Emir Bajrami (talaffuzi: Emir Bayrami; 1988-yil 7-mart kuni Yugoslaviyaning Prishtina shahrida tugʻilgan) – shvetsiyalik futbolchi, „Elfsborg“ futbol klubining chap qanot himoyachisi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil dekabr oyida Bajrami birinchi marta Shvetsiyaning 15 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirildi[1]. U 2006-yil 8-iyunda 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi birinchi oʻyinini AQShdagi tengdoshlariga qarshi oʻtkazdi[2][3]. U 2007-yilgi (19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) Yevropa chempionati saralash turnirida 4 ta oʻyin oʻtkazdi: birinchi saralash bosqichida 1 ta oʻyin va ikkinchi saralash bosqichida 3 ta oʻyin oʻtkazgan[4][5][6][7].

2007-yilning oktyabr oyida Emir Bajrami ilk bor Shvetsiya (21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) terma jamoasiga chaqirilgan[8]. U yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 12-oktyabrida Irlandiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi[9]. Keyingi oʻyinda, 2007-yil 16-oktyabrda Belgiyaga qarshi oʻyinda Bajrami gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi[10]. 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashgan, u yerda Shvetsiya yarim finalga qadar yetib borgan[11]. Bajrami 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida yoshlar jamoasida oʻynagan[12]. 2009-yil 9-sentyabrda Bolgariya yoshlar terma jamoasi darvozasiga gol urdi[13]. 2010-yil 2-mart kuni Portugaliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida Bajrami birinchi marta yoshlar terma jamoasi sardori boʻldi[14]. 2010-yil iyun oyida Isroil va Chernogoriyaga qarshi saralash bahslarida u yana sardorlik qildi[15][16]. 2010-yil 8-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi saralash bahsi Bajramining 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati final bosqichiga chiqa olmagan Shvetsiya yoshlar terma jamoasi uchun soʻnggi oʻyini boʻldi.

2009-yilning dekabrida Emir Bajrami Erik Hamren tomonidan Shvetsiya terma jamoasiga yanvar oyida yillik turnirga chaqirildi, unda faqat Skandinaviya klublari futbolchilari qatnashdi[17]. 2010-yilning 20-yanvarida Ummon terma jamoasi bilan ushbu turning birinchi oʻyini Bajramining terma jamoadagi debyuti boʻldi. Bu uchrashuvda jami 10 nafar futbolchi debyut qildi[18].

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
IF Elfsborg  Shvetsiya 20062010 83 14
FC Twente  Niderlandiya 20102012 41 5
AS Monaco (ijara)  Fransiya 20122013 14 1
Panathinaikos FC  Gretsiya 2013hozirga qadar 10 1