Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Epidot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Epidot

Epidot (frans.— oʻsmagan) — orolli silikatlar kenja sinfiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy tarkibi Sa2[A1,Gʻe,Mp]3[8YU4][81207]0(ON). Monoklin singoniyada kristallanadi. Prizmatik, ignasimon shaklda boʻlib, donador, nursimon agregatlar hosil qiladi. Rangi pushtisimonzangori, baʼzan malla va pushti. Kattiqligi 6—7; Mineral tarkibida temir va marganets salmogʻining oshishi bilan zichligi 3,3 dan 3,5 g/sm3gacha oshib boradi. Shishadek yaltiroq. E. Ohakli skarnlar uchun xos mineral hamda Sa ga boy past va oʻrtacha trali metamorfik jinslarda uchraydi. E.ning hosil boʻlishi genetik jihatdan plagioklazlarning albitlanishi bilan bogʻliq. Sinonimi: alloxit, beustit, delfinit, orendalit, tallit, esherit va boshqalar Yasama tosh sifatida ishlatiladi. E. konlari juda koʻp mamlakatlarda boʻlib, shundan Janubiy Uraldagi Kusinsk konida uning kristallari 15 sm gacha yetadi. Oʻzbekistonda E. koʻp tarqalgan: Turangli, Langar, Oqtosh, Qoʻytosh, Qoʻrgʻoshinkon, Chodak konlarida koʻplab uchraydi.