Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Farm-klubi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farm klubi (ing. Farm team) - asosiy jamoa uchun zaxira boʻlgan jamoa (odatda jamoaviy sport turlarida). Farm klublari koʻpincha yosh oʻyinchilarni sinab koʻrish va sportchilar uchun oʻyin amaliyotini oʻtkazish uchun ishlatiladi.

Farm klublarining paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farm klublarining rivojiga Gollandiyaning Feyenoord (gol. Feyenoord [ˈfɛi̯əˌnoːrt]) (Rotterdam) futbol klubi kata hissa qoʻshdi. Klub 1902-yilda Excelsior jamoasini tashkil etib u yerda asosiy jamoadan sakkiz nafar oʻyinchini ijaraga olgan[1]. Keyinroq futbol federatsiyasi mavsum davomida farm klubdan 10 nafar sportchini asosiy klubga oʻtkazib, chempionatda ishtirok etishga ruxsat berdi.

Bugungi kunda farm klublarini sportning koʻplab turlarida uchratish mumkin. Qoida tariqasida, har qanday super klub oʻz farm klubiga ega. Farm klubi odatda mustaqil tuzilma boʻlib, asosiy klub oʻyinchilarni u yerga ijara yoki tekin transfer asosida yuboradi.

Koʻpincha farm klublar milliy chempionatlarning quyi ligalarida oʻynashadi. Biroq ba’zida ular asosiy ligada ham toʻp suradi. Farm klublarning eng yaxshi oʻyinchilari asosiy klubga yuborilganligi bois farm klublar yuqori natijalarga erisha olmaydi.

Farm klublariga misollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijda faqat farm klublardan iborat yirik chempionatlar mavjud. Masalan, Amerika Xokkey Ligasida ishtirok etadigan barcha klublar Milliy Xokkey Ligasi jamoalarining farm klublaridir. Shuningdek, MBA Rivojlanish Ligasining barcha klublari Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi jamoalarining farm klublari hisoblanadi. Farm klublar odatda prefiks bilan asosiy klub nomini oladi. Masalan Germaniya futbol chempionatining uchinchi Bundesligasida “Bavariya II”, “Verder II”, “Shtutgart II” va shunga oʻxshash farm klublar ham ishtirok etadi. Bu kabi holatni Rossiyaning ikkinchi divizioni va FNL chempionati klublari nomlarida ham uchratish mumkin: “Spartak-2”, “Zenit-2”, “Krasnodar-2”, “Ufa-2”, “Ural-2” va hokazo Rus klublari orasida shuningdek “3” prefiksli farm klublarni ham uchratish mumkin. “Krasnodar-3” “Dinamo-3”, “Konchi-3”; “M” – “Tom-M”, “Torch-M”, “Ximki-M”. Ispaniya va Portugaliyada farm-klublarni odatda asosiy klub nomiga qoʻshilgan lotincha “B” harfidan farqlash mumkin. “Barselona B”, “Vilyarreal B”, “Real Madrid B”, “Sevilya B”, “Portu B” ushbu klublarning farm klubi hisoblanadi.

Biroq, nomlari asosiy klub nomiga hech qanday aloqasi boʻlmagan farm-klublar mavjud. Bunga misol qilib Moskvaning Lokomotiv (sobiq) farm klubi “Kazanka” ni (klub “Lokomotiv-Kazanka” deb e’lon qilingan va turnirlarda belgilangan) keltirish mumkin. Shuningdek, turli shaharlarda joylashgan farm klublari ham mavjud. Andrey Shevchenko, Lionel Messi, Boyan Krkich va boshqa koʻplab yulduzlar birinchi professional oʻyinini aynan farm klubda oʻtkazishgan.

Farm klublar uchun futboldagi cheklovlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyada farm klublari professional maqomga ega, biroq ular Ispaniya kubogida qatnasha olmaydilar va namuna kiritish huquqiga ega emaslar. • 2008/09 yilgi mavsumdan boshlab Germaniya farm-klublariga mamlakat kubogida ishtirok etishiga ruhsat berilmaydi • Rossiya futbol nizomiga koʻra farm klublari ma’lum bir vaqtdan boshlab Rossiya kubogida bilvosita ishtirok eta olmaydi (Nizomning 4.1-bandi); shuningdek, asosiy klub bilan bir ligada oʻynash ham taqiqlangan (RPL reglamentining 4.4-bandi, FNL reglamentining 3.5-bandi va PFL reglamentining 4.2-bandi)[2].

Terminologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farm klublari tushunchasi bilan bir qatorda, klub tarkibiga kiruvchi jamoalarga nisbatan qoʻllaniladigan zaxira jamoa[en], yoshlar jamoasi[en] (shuningdek, qoʻsh yoki zaxira jamoa) atamalari ham mavjud. Shuningdek, “Ikkinchi jamoa”, “zahira jamoasi” kabi terminlar farm klubiga ham, klub tarkibidagi jamoaga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin. Bunday jamoalar oʻz yosh toifasidagi alohida musobaqada qatnashishi mumkin. Masalan, Rossiya yoshlar chempionati, Yoshlar futbol ligasi va hokazo Farm klubi va yoshlar klubi jamoalari parallel ravishda mavjud boʻlishi ham mumkin. Rossiya yoshlar chempionatida “Lokomotiv-Kazanka” farm klubi PFL, “Lokomotiv” (yoshlar) klubi ishtirok etadi. SSSR davrida asosan KFK turnirlarida oʻynagan “klub” deb ataluvchi “Spartak (Moskva) – klub”, “Dinamo (Moskva) – klub”, “Torpedo (Moskva) – klub” jamoalari mavjud boʻlgan. Ammo ularning ba’zilari ma’lum mavsumlarda SSSR chempionatining quyi ligalarida va SSSR kubogida qatnashgan usta jamoalar boʻlgan.