Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Finikiy yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Finikiy yozuvi - mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida Finikiyada paydo boʻlgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qad. yahudiylar va moavliklar tomonidan mil. 4-asrgacha foydalanilgan konsonant harftovush yozuvi. Finikiy yozuvi ugarit yo’zuvi yoki qad. arabiy (tamud, safati, lixyoni) alifbolar bilan birga rasmli qad. xanaan boʻgʻinlikonsonant yozuvidan kelib chiqqan boʻlsa kerak. Finikiy yozuvidagi grafemalar soni (22 ta) asosiy manba yozuvdagiga (29—30 grafema) nisbatan kamaygan. Unda faqat undoshlargina ifodalangan, unlilar mutlaqo ifodalanmagan — Finikiy yozuvi sof konsonant yozuv boʻlgan. Harflar muayyan qatʼiy ketmaketlikda joylashgan, yaʼni alifboni tashkil etgan. Har bir harf belgili nomga ega boʻlgan va nomlar ayni harf bildirgan tovush bilan boshlangan. Mas, b — "bet", d — "dalet", g — "gimel" va shahrik.

Finikiy yozuvi oʻngdan chapga qarab gorizontal holatda yozilgan. Bu yozuvning paydo boʻlishi insoniyat tarixida yozuvni takomillashtirishda olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan, chunki birinchi marta sof tovush yozuvining, grafemalar soni aniq boʻlgan mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatda yozuvni biladigan kishilar doirasini nihoyatda kengaytirib yuborgan. Miloddan avvalgi 12-asrda toʻla shakllangan Finikiy yozuvi finikiyaliklarning Oʻrta dengiz boʻylarida barpo qilgan mustamlaka yerlarida tarqalgan. 109-asrlarda Finikiy yozuvidan oromiy yozuvi (undan esa yahudiy, nabotiy, arab; Old va Markaziy Osiyoning boshqa alifbolari, jumladan, bilvosita gruzin va arman; sugʻd, uygʻur va moʻgʻul yozuvlari va boshqa yozuvlar) paydo boʻlgan. 11 — 8-asrlarda esayunon, keyinroq lotin, Kirill alifbolari, brahmi yozuvi (undan Hindiston, Shim.Sh ar qiy Osiyo va Tibet yozuvlari) kelib chiqqan. Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi bizga maʼlum boʻlgan harftovush tizimidagi alifbolarning F qismidan koʻprogʻi Finikiy yozuvidan tarqalgan.

Finikiy yozuvida bitilgan eng qad. yodgorliklar miloddan avvalgi 12—10-asrlarga mansub boʻlib, Finikiyaning oʻzidan emas, balki uning mustamlakalari hududidan topilgan (ular koʻp emas). Finikiy yozuvidagi yodgorliklarning koʻpchiligi miloddan avvalgi 5-asr — mil. 2~3-asrlarga mansub. Undan keyingi davrda Finikiy yozuvi oromiy yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan.