Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Fotometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotometriya (foto... va metriya) — fizik optikaning manbalardan chiqib, turli muhitlarda tarqaladigan va jismlar bilan oʻzaro taʼsirlashadigan optik nurlanishning energetik koʻrsatkichlarini oʻrganadigan boʻlimi. Fotometriya fotometrik kattaliklarni oʻlchashning eksperimental usullari va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegi shli nazariy qoidalar va x.isoblarni oʻz ichiga oladi. Fotometriyaning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi F(, boʻlib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan oʻrtacha quvvatdir. Tor maʼnoda fotometriya deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yoruglik kuchi, ravshanlik va hokazo) kattaliklarni oʻlchash va hisoblash tushuniladi. Fotometrik kattaliklarning nurlanish toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini va energetik kattaliklarning spektral zichliklarini oʻrganish spektrofotometriya hamda spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi. Fotometriyaning asosiy qonunini I.Kepler 1604-yil taʼriflagan: Ye=1/R (bunda Ye — yoruglik kuchi / boʻlgan yorugʻlik manbaidan / masofadagi yoritilganlik). Fotometriyani P. Buger eksperimental asoslab bergan. Modsalar va jismlarning fotometrik xususiyatlari oʻtkazish koeffitsiyenti t, qaytarish koeffitsiyenti r va yutish koeffitsiyenti a bilan tavsiflanadi. Bir jiyemning oʻzi uchun t+r+a=1 munosabat oʻrinli. Nurlanishning ingichka dastasi modda orqali oʻtishida nurlanish oqimining susayishi Buger — Lambert — Ber qonuni orqali aniqlanadi. Fotometriya usullari astronomiyada spektrning turli diapazonlarida nurlanuvchi kosmik manbalarni tadqiq qilishda, yorugʻlik texnikasida, signalizatsiya texnikasida, astronomiya, astrofizika va hokazoda qoʻllanadi.