Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ftiziatriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ftiziatriya (yun. phthisis — oriqlash, darmonsizlanish va iatreia — davolash) — tibbiyotning bir boʻlimi. Silning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinikmorfologik alomatlari, davolash, oldini olish choralarini oʻrganadi. "F." termini fanga Gippokrat tomonidan kiritilgan. F. mustaqil ilmiyamaliy fan sifatida terapiyatsap ajralib chiqqan. Davolashprofilaktika muassasalari va ilmiy tadqiqot intlari silga qarshi kurashni uyushtiruvchi tashkiliy metodik markazlar boʻlib, silga qarshi dispanserlar, sanatoriylar, kasalxonalar ishini boshqarib turadi, silning turli shakllarini davolash, oldini olish usullarini, shuningdek, F.ning nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. F.da klinik, rentgenradiologik, endoskopik, epidemiologik, funksional, ultratovush tekshiruvi, shuningdek, biokimyoviy, bakteriologik, immunologik usullar va hokazo qoʻllanadi. F.ning ftizioxirurgiya, ftiziopediatriya, ftiziourologiya, ftizioginekologiya singari sohalari bor. F.da gigiyena va sanitariya rejimi, sunʼiy pnevmotoraks, simptomatik va xirurgik davodan tashqari maxsus dori vositalaridan ham foydalaniladi.

1932-yil Samarqandda Sil kasalliklari ilmiy tadqiqot instituta tashkil etilib, 1935-yil mazkur institut Toshkentga koʻchirilgan. Shundan boshlab Oʻzbekistonda silga qarshi kurash ishlari ancha kuchaytirildi va F. faniga asos solindi.

F. fani Oʻzbekistonda asosan 40-yillardan tez rivojlandi. Bunda, asosan, Oʻzbekiston Sil instituti xodimlari: akademik Sh.A. Alimov (ilk bor sil kasalligi reabilitatsiyasini ishlab chiqqan), professor R.A. Aʼzamov, A.A. Saidahmedov, A.A. Kalonxoʻjayev va boshqa olib borgan ilmiy izlanishlar va kuzatishlar muxim ahamiyat kasb etdi. Shu institut xodimlari tomonidan Oʻzbekistonda silning tarqalish darajasi, uning sabablari oʻlka sharoitlarini hisobga olgan holda atroflicha oʻrganildi. Silni aniqlash va davolashning yangi usullari, chunonchi dorilarni nafas yoʻllari orqali kiritish (ingalyatsiya usuli), kimyoviy preparatlarni organizm immunitetini oshiruvchi moddalar bilan birga qoʻllash (immunokimyoterapiya), mikroelementlar va vitaminlar, shuningdek, mehnat bilan davolash usullari ishlab chikildi va keng tatbiq etildi.

Keyingi yillarda respublikada yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlarni silning kelib chiqishi va kechishiga taʼsiri hamda bemorlarni davolash usullari ustida ilmiy ishlar olib borildi.

Hozirgi kunda F.ga oid ilmiy tadqiqotlar pulmonologiya sohasi bilan birga olib borilmoqda. Bu ilmiy ishlar va tadqiqotlarga akademik A.M. Ubaydullayev, professor T.M. Qoriyev, SI. Orifxonova, M.E. Eshonxonov, Q.M. Maxamatov, R.Sh. Hamroqulov, P.X. Nazirov, G.A. Vohidova, A.B. Boltaboyev, M.A. Ibrohimov, D.Z. Muxtorov, K. Gʻofurov va boshqa katta xissa qoʻshmoqdalar. Toshkent tibbiot akademiyasi, SamTI, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va boshqalarda F. kafedralari bor, ular sil kasalligining oldini olish, uni oʻz vaqtida aniklash va davolashning yangi usullari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Abdulla Ubaydullayev.