Gʻiyosiddin Muhammad
Gʻiyosiddin Muhammad forscha: غياث الدين محمد | |
---|---|
Bosh vazir | |
Mansab davri 1327 – 1336 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Elxoniylar davlati |
Otasi | Rashiduddin Fazlulloh |
Dini | Islom |
Gʻiyosiddin Muhammad (taxminan 1336-yil 3-may kuni oʻldirilgan) — Elxoniylar davlatining vaziri, Rashididdin Fazlullohning oʻgʻli.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1327-yilda Abu Said tomonidan vazir lavozimiga olib kelingan. Manbalarda Bagʻdod cherkovlarini buzish va hanafiylikni tiklash ishlarini amalga oshirgani bilan eslanadi[1]. Shuningdek, Mamluklar bilan tinchlik shartnomasi ham tuzgan. Gʻiyosiddin Muhammad qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun sharoit yaratib, Xurosondagi poraxoʻrlik holatlariga barham bergani aytiladi.
Gʻiyosiddin Muhammadning faoliyati amirlar tomonidan qoʻllab-quvatlanmagan. 1328-yil iyul oyida amir Ali Podshoh Oyrot unga Sultoniya tomonidan hujum uyushtiradi, ammo bu isyon bostiriladi. 1329-yilda Norin Tagayning qoʻzgʻoloni bostirilib, bu sarkarda ham qatl etiladi. 1334-yilda amalga oshgan Mahmudshoh Inju qoʻzgʻoloni taqdiri ham shunday kechgan.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1336-yilda Abu Said vafotidan soʻng Mahmudshoh Inju bilan birga harakat qilib, Arpaxonni taxtga olib chiqqan. Hamdulloh Gʻazviniy bu haqida: „Bu davrga kelib, mamlakatda boʻlib oʻtishi uzoq kutilgan fitna koʻtarilib, davlat amaldorlarining har biri oʻz daʼvosiga ega edi. Har kim saltanatdagi muhim vazifalarga oʻz vakilini qoʻyishni niyat qilgandi“, deb yozadi. Abu Said oʻrniga kelgan Arpa xonning markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlari samarasiz kechadi. Markaziy hukumatga qarshi chiqqan amir Ali Padshoh boshchiligidagi oyrat qabilasi Arpaxonni hokimiyatdan mahrum qiladi va uning oʻrniga Musoxon hukmdor deb eʼlon qilinadi. Gʻiyosiddin Muhammad 1336-yilda Ali Padshohning xabari boʻlmagan bir vaziyatda qatl qilinadi. Uning mol-mulki esa musodara qilib yuborilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ṣafadī, al-Wāfī beʼl-wafayāt, ed. S. Dedering, IV, Damascus and Wiesbaden, 1959; 2nd ed., 1981, p. 329.
- ↑ „Qiyasəddin Məhəmməd - Iranica“. 2022-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-dekabr.