Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Gʻulja tekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻulja tekisligi - XXRning gʻarbiy qismidagi tekislik, Sin-szyanUygʻur muxtor rayonida. Ili daryosining yuqori oqimidagi vodiysi, Boroxoro togʻi va Ketmon togʻ oldi tekisliklari Gʻulja tekisligi tarkibida. Balandligi 670–800 m. Yillik yogʻin 225 mm. Ili daryosi vodiysi, asosan, dasht landshaftidan iborat. Togʻ oldi tekisliklarida har xil boshokli oʻtlar oʻsadi. Katta qismi oʻzlashtirilib, sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Aholi zich joylashgan. Mevali bogʻlar bor.