Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Gagauzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gagauzlar — Moldaviya (153 ming kishi) va Ukraina (40 ming kishi)da yashovchi turkiy xalq. Shuningdek RF(10 ming), Bolgariya, Ruminiya, Gresiya, Turkiya, qisman Qozogʻiston (Sirdaryo boʻylari) va Oʻzbekistonda (Toshkent viloyati) ham yashaydi. Umumiy soni — 300 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gagauz tiliaya soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Gagauzlarning ajdodlari turkiy oʻgʻuz, uz, qipchoqlar va b. boʻlib, keyinchalik ularning tarkibiga slavyanlashgan bolgarlar aralashib ketgan. Gagauzlarda antropologik jihatdan mongoloidlik xususiyatlari saqlangan. Gagauzlarning moddiy-maʼnaviy madaniyati bolgarlarga yaqin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil