Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Geriatriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geriatriya (yun. geron — keksa, kari va iatreia — davolash, gʻamxoʻrlik qilish) — klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarni oʻrganadigan, shuningdek ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan boʻlimi: gerontologiyannnt muhim bir sohasi.

Keksalarda turli kasalliklarning paydo boʻlishi, kechishi va rivojlanishining oʻziga xos tomonlarini oʻrganish hamda ularning oddini olish; bot qarishga sabab boʻladigan jarayonlarni aniqlash, yashartish choralarini koʻrish; qari va keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam xizmatini tashkil etish G. oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. G. mustaqil fan sifatida 20-asrga kelib shakllandi. G. terminini fanga 1990 yil amerikalik olim I. Nasher kiritdi va klinik tibbiyotning mustaqil bir sohasi degan taklifni ilgari surdi. Qariyotgan organizmni yashartish, ularda roʻy berishi mumkin boʻlgan kasalliklarni aniqlash va b.da G. biologiyaning odamning qarishini aniqdash borasida erishgan yutuqlariga tayanib ish koʻradi. Keksalar ham xuddi goʻdaklardek parvarishga muhtoj, shu tufayli yoshi qaytgan sari ularda roʻy berishi mumkin boʻlgan turli kasalliklarni vaqtida aniqlab, oʻziga xos davolash ni taqozo etadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil