Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Guliston ustoni

Koordinatalari: 36°50′21″N 54°26′40″E / 36.83917°N 54.44444°E / 36.83917; 54.44444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliston ustoni
forscha: گلستان‎ / Golestân
Uston
Maʼmuriy markazi Goʻrgon
Yirik shahari Goʻrgon
Boshqa yirik shaharlari Gumbadi-Kovus, Bandar-Turkman, Gyumyushan
Asos solingan sanasi 1997-yil
Rasmiy tili forscha
Aholi (2011) 1 777 000
Zichligi 87 kishi./km²
Millatlar tarkibi turkmanlar, forslar, mozandaronlar, kurdlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 20 367 km²
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Xaritada
Guliston ustoni xaritada
36°50′21″N 54°26′40″E / 36.83917°N 54.44444°E / 36.83917; 54.44444

Guliston (forscha: گلستان‎ / Golestân) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoliy qismida, Kaspiy dengizi janubining eng chekka oʻng qirgʻoqida joylashgan. Shimoldan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi — Goʻrgon shahri. Boshqa yirik shaharlari: Gumbadi-Kovus, Bandar-Turkman, Gyumyushan. Aholisi soni — 1 777 000dan ziyod. Guluston ustoni, 1997-yilda Mozandaron ustonidan ajratilib, mustaqil ustonga aylantirilgan.

Shahristonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston ustoni 12 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:

  1. Aliobod
  2. Ozodshahr
  3. Bandar-Turkman
  4. Kalole
  5. Goʻrgon
  6. Gumbadi-Kovus
  7. Koʻrdkuy
  8. Galikash
  9. Minudasht
  10. Romiyon
  11. Bandari-Gʻoz
  12. Oq Qalʼa

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Guliston ustonida 1 777 000 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini turkmanlar tashkil etadi. Shuningdek forslar, mozandaronlar va kurdlar ham yetarli darajada. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (sunniylik mazhabi ushbu ustonda shia mazhabidan koʻra kengroq tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.