Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Guy Pearce

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gay Edvard Pirs (1967-yil 5-oktabrda tugʻilgan)[1] —millati ingliz, ammo Avstraliyada tug`ulgan[2]. Pirs o'z karerasini avstraliyalik "Qo'shnilar" teleserialida Mayk Yang obrazini tasvirlashdan boshlagan. U ilk bor "Sahro qirolichasi Priskillaning sarguzashtlari" (1994) filmidagi asosiy roli uchun mashxurlikka erishdi va keyin Kertis Xansonning "LA Confidential" (1997), Kristofer Nolanning "Memento" (2000) va Saymon Wellsning "Vaqt mashinasi" (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etdi. Pirs Kormak Makkartining “Yoʻl” (2009), Ketrin Bigelouning “Buzilgan shkaf” (2010) jangovar dramasi va Tom Huperning “Qirolning nutqi” (2010) tarixiy dramasidagi rollari bilan chinakam muaffaqiyatga erishdi. U Ridli Skottning "Prometey" (2012) va "O'zga sayyoralik: Kelishuv" (2017), Marvelning "Temir odam 3" (2013) nomli ilmiy-fantastik filmi va "Shotlandiya qirolichasi Meri" tarixiy filmida (2018) suratga tushgan.

Guy Pirst
Guy Pearce Cannes 2012 (revised)
Tavalludi 1967-yil 5-oktabr
Angliya
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi Aktyor, musiqachi
Turmush oʻrtogʻi Keyt Mestits. to`y 1997; avrashuv 2015
Bolalari 1
Otasi Styuart Pirs
Onasi Anna Ko`king
Mukofotlari “Primetime Emmy” ,“Oltin globus” ,“kino aktyorlari gildiyasi",“Avstraliya kino akademiyasi mukofoti”

Avstraliya kinosida u “Taklif” (2005), “Hayvonlar qirolligi” (2010), “33 ta otkritka” (2011), “Rover” (2014), “Odamni ushlab turish” (2015) va “Aus sehrgarlari” (2016) filmlarida suratga tushgan. 2012-yildan beri u avstraliyalik kriminal yozuvchi Piter Templning ”Jek-Irlandiya hikoyalari” teledasturlarida bosh rolni oʻynagan. Pirs Todd Xeynsning "Mildred Pirs" (2011) seriyalida va HBO ning "Mare of Easttown" jinoyatchilik nomli serialida rol o'ynagan. Pirs ”Mildred” roli uchun “Primetime Emmy” mukofotini qo'lga kiritdi va ko'plab mukofotlarga, jumladan, “Oltin globus” mukofotiga, uchta “kino aktyorlari gildiyasi” mukofotiga va “Avstraliya kino akademiyasi mukofoti”ga sazovor bo'ldi.

Dastlabki hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirs Angliyaning Kembridjshir shtatidagi Eli shahrida 1967-yil 5-oktabrda tug'ilgan. Uning otasi Styuart Pirs bo`lib Yangi Zelandiya Qirollik havo kuchlari uchuvchisi va RAF`larni sinovchi uchuvchi boʻlgan, onasi Anna Ko`king ingliz maktabida oʻqituvchi edi[2]. Uning Treysi ismli katta opasi bor[3]. Pirs uch yoshga to'lganda, oila Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Geelong shahriga ko'chib o'tdi. Pirs sakkiz yoshga to'lganda, otasi Navbatdagi RAF`ni sinash vaqtidagi muaffaqiyatsizlik tufayli xalok boʻlgan[4][5]. Pirs Geelong kollejida o'qigan va Geelong Dramatik San'at Jamiyatining (GSODA) yosh o'yinchilar a'zosi boʻlgan. U 16 yoshida u raqobatbardosh havaskor bodibilder bo'lib, Kichik Janob Viktoriya unvoniga erishgan. U 1980-yillarning oxirida Viktoriya shtatining Box Hill North shahrida yashagan va shu yillarda Avstraliyaning "Qo'shnilar" dramasi serialida ham rol ijro etgan. Uning birinchi filmdagi chiqishi, hali Geelong kollejida boʻlganida, Viktoriya prorektori tomonidan moliyalashtirilgan, Piter Leyn tomonidan ishlab chiqarilgan va rejissorlik qilingan "Universitetdagi hayot va o'qish" filmida edi. Pirs 17 yoshda edi va 21 yoshli talaba rolini ijro etgan.

Faoliyati va yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film va telivediniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pirs 1985-yilda Avstraliyaning "Qo'shnilar" serialida rol o'ynaganidan so`ng oradan bir necha yil o`tib Mayk Yang rolini ijro etish uchun televediniyaga taklif etildi. Pirs, shuningdek, "Uyda va tashqarida" (1988) va Qorli daryo: Makgregor dostoni (1993) kabi boshqa teleseriallarda ham rollar ijro etdi.Rejissor,produser va yozuvchi Frenk Xouson o'zining dastlabki uchta filmilari "Jannat tuni", "Ov” va “Flinn" filmlarida Pirs bilan ishladi va 1991-yilda "Ov" filmining premerasi uchun Kann kinofestivaliga borishi uchun moliyalashtirildi. Xauson tomonidan moliyalashtirilgan reklama kampaniyasi Pirsni xalqaro kino sanoati tanishtirdi. Koʻp oʻtmay u oʻzining birinchi yirik kino yutugʻini 1994-yilda “Sahro malikasi Priskillaning sarguzashtlari” filmidagi rolini qo`lga kiritdi.  Shu vaqtdan boshlab u AQShning bir qancha spektakllarida, jumladan, LA Confidential, Ravenous, Rules of Engagement sahna ko`rinishlarida va "Memento", "Graf Monte-Kristo" va "Vaqt mashinasi" kabi filmlarda yirik rollarni ijro etdi. Pirs "Fabrika qizi" filmida rassom, Endi Uorxolning "O'limga qarshi harakatlar" filmida Garri Xud obrazlarini yaratgan. U, shuningdek, Adam Sandler bilan birga "Yo'l" va "Uyqudan oldin hikoyalar" filmlarida ham chiqish qildi. Pirs avstraliyalik Nik Cave tomonidan yozilgan The Hard Word (2002) va The Proposition (2005) kabi avstraliya film sanoatida ham faoliyatini davom etdi. 2009-yilning yanvarida Pirs yetti yillik tanaffusdan so'ng sahnaga qaytdi.[10] U Melburn teatr kompaniyasining Mett Kemeron va Tim Finn hammuallifligida yaratilgan “Kambagʻal bola” musiqali spektaklida rol ijro etdi[6]. 2009-yilda u The Hurt Locker filmida shtab-serjant Metyu Tompson rolini ijro etgan. 2010-yilda u "Qirolning nutqi" filmida qirol Edvard VIIIning amakivachchasi Uels shahzodasi Devid rolida paydo bo'ldi. Har ikkala film ham eng yaxshi filmlar tanlovida Akademiya mukofotini qo'lga kiritdi, bu Pirsni Maykl Penyadan (Million Dollar Baby va Crash filmlarida paydo boʻlgan) keyin ketma-ket eng yaxshi filmlarda rol ijro etgan birinchi aktyorga aylantirdi. Pirs 2012-yilda ABC tarmogʻida koʻrsatilgan yozuvchi Piter Templning detektiv romanlariga moslashtirilgan “Jek Irish” nomli Avstraliya teleserialida shu nomdagi bosh rolni ijro etgan. 2012-yilning may oyida Pirs Devid Michodning “Rover” filmida bosh rolga tayinlangan. 2013-yilda Pirs "Temir odam 3" filmida yovuz qahramon Aldrich Killian rolini o'ynadi. Pirs Nil Armfildning "Odamni ushlab turish" romantik-dramaviy filmida Dik Konigrav rolini ijro etgan.

2007-yil Tarnado kino festivali
2007-yil Tarnado kino festivali
Eng mashxur kuy-qo`shiqlari
Yillar Kuy qo`shiq nomlari Eslatmalar Epizodlar soni
1991 Qo`shnilar dastlabki muaffaqiyatli ish 12
1994 Sekin daryo 90-yillarning xit kuyi 7
1997 Lanati o`yin buyurtma asosida yaratilgan 44
2011 Ajoyib tinchlik sountrek 3
2012 Qora qismat onasiga atab yozilgan 12
2014 Qora o`lim otasining o`limiga atab yozilgan 12

Aktyorlik bilan bir qatorda, Guy Pirs butun umr musiqa va qo'shiq yozish bilan ham shug`ullangan. U oʻzining birinchi albomi “Broken Bones”ni 2014-yil noyabrida chiqardi[7]. Pirs 2015-yil mart oyida Avstraliya va Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan Neighbours 30th: The Stars Reunite`ning 30 yilligiga bagʻishlangan maxsus hujjatli filmiga sountrek yozdi[8]. Pirs o'zining ikkinchi studiyaviy albomi The Nomadni 2018-yilda chiqardi[9]. Pirs avstraliyalik Silverchair guruhining "Cross the Night" klipida va Razorlightning "Before I Fall to Pieces" klipida suratga tushgan. Bundan tashqari, u Radio eshittirishida "Follow Me Around" qo'shig'i uchun ham bir nechta ishlar bajargan. U Ron Sekssmit, Vik Chesnutt va Robin Xitkok qo'shiqlarining muqova versiyalarida qo'shiq kuylagan va gitara chalgan va A Slipping-Down Life uchun saundtrek yozgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guy Pirst onasi bilan

Pirs 1997-yil mart oyida o'zining bolalikdagi sevgilisi[10] psixolog Keyt Mestitsga uylanadi[11]. va 2015-yil oktabr oyida Pirs u va Mestits 18 yildan keyin nikohlarini tugatganini tasdiqlashdi[12]. So`ng Pirs gollandiyalik aktrisa Karis van Xouten bilan tanishadi va[13] 2016-yil avgustida ularning Monte ismli o`g`li tug`iladi[14]. Avstraliya futbol ligasida Geelong futbol klubini qo'llab-quvvatlovchi avstraliyalik futbol muxlisi sifatida Pirs klub bilan ommaviy axborot vositalarida ish olib bordi. Pearce hayvonlar huquqlari, hayvonlar farovonligi va Yer ekotizimini himoya qilish to`g`risidagi bir qator xayriya tashkilotlarini moliyaviy va amaliy qo'llab-quvvatlaydi[15].

Mukofotlar va nominatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guy Pirst Oltin Globus taqdimotida qizil yo`lakchada

2011-yil 18-sentabrda Pirs Todd Xeynsning Mildred filmidagi Monti Beragon rolidagi ijrosi bilan filmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor uchun “Primetime Emmy” mukofotini qoʻlga kiritdi[16]. Pirs batakror ijrolari uchun "Oltin globus" mukofotiga ham sazovor boʻlgan. Pirs uch marta “kinoaktyorlar gildiyasi mukofoti”ga nomzod boʻlgan va "Qirolning nutqi" (2010) filmidagi eng yaxshi aktyorlar rolini qo'lga kiritgan[17].

Yil Film nomi Rol Izohlar
1990 Jannat Tuni Paul Dysart
1991 Ov Sharp
1994 Prisillaning sarguzashtlari, sahro malikasi Adam Whitely/Felicia Jollygoodfellow
1996 Dushman bilan tanishish Brett
1997 Flyinn Errol Flynn
Maxfiy Det. Lt. Ed Exley
1998 Yangi dunyo Jimmy Compton
1999 Ochko`z Kapitan Jon
Tushkun hayot Drumstrings Casey
2000 Nikoh qoidalari Maj. Mark Biggs
Memento Leonard Shelby
2002 Mushkul hayot Dale
Vaqt mashinasi Alexander Hartdegen Oltin globusga nomzodi qo`yilgan
Graf Monte Kristo Fernand Mondego
Toki uyg`onmagunimizgacha Dr. Sam Franks
2004 Aka-uka Aidan McRory
2005 Tenglik Charlie Burns
2006 Birinchi qor Jimmy Starks
Ferma qizi Andy Warhol
2008 O`lim bilan kurashib Harry Houdini
Beqiyos yaratiq Dr. Bruce Laraby
Xoin Roy Clayton
Oqshom ertaklari Kendall
2009 Tegrangda Mr. Barber
Yo`l The Veteran
Hurt Locker Staff Sergeant. Matt Thompson
2010 Qirol nutqi King Edward VIII
Hayvonlar qirolligi Det. Nathan Leckie
2011 33 atkritka Dean Randall
Zulmatdan qo`rqma Alex Hirst
Adolat izlab Simon
2012 tubsizlik Marion Snow
Prometey Peter Weyland
2012 Adolatsiz Charley Rakes
2013 Jim bo`l Keith Reynolds
Temir odam 3 Aldrich Killian salbiy obraz
Muhabbat va nafrat Ken Gaudette
2014 Rower Eric
2015 Oqibat Trevor
Qo`limdan tut Dick Conigrave
Oyla Lorne qisqa mitrajli film
Tenglik Jonas
2016 Dohiy F. Scott Fitzgerald
Aql toshi The Reverend
2017 O`zga bilan kelishuv Peter Weyland ikkinchi darajali rol
2018 Safarida yolg`iz Keith Hall
Mohir josus Robert Furman
Adashgan Evan Birch
Shotlandiya malikasi William Cecil
2019 Domino Joe Martin
Oxirgi Vermer Han van Meegeren
2020 Tinchlikka rahna Jim Dillon
Bloodshot Dr. Emil Harting
2021 7-kun Peter Costello
Tavba qilmas Secretary Thomas Clay
414- hudud David Carmichael
Ortga qaytish Frank (voice)
2022 Xotira Vincent Serra
2023 Jahannam mashinasi Bruce Cogburn Kelgusidagi loyiha

Musiqiy loyihasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Ijrochi
2021 Ortimdan ergash Asosiy bastakor Radiller

Havola va manbalar

  1. http://www.filmreference.com/film/14/Guy-Pearce.html
  2. https://www.upi.com/topic/Guy_Pearce/
  3. https://amp.theguardian.com/culture/2018/aug/21/guy-pearce-everybody-feels-fragile-neighbours-the-innocents-netflix
  4. https://aviation-safety.net/database/record.php?id=19760806-0
  5. https://www.theguardian.com/film/2007/mar/04/2
  6. https://www.abc.net.au/7.30/guy-pearce-returns-to-the-stage/2676536
  7. https://www.pedestrian.tv/music/guy-pearce-is-releasing-his-debut-album-in-november/
  8. https://tvtonight.com.au/2015/02/airdate-neighbours-30th-the-stars-reunite.html
  9. http://www.noise11.com/news/joe-henry-has-produced-the-second-guy-pearce-album-20180612
  10. https://www.latimes.com/archives
  11. https://people.com/celebrity/guy-pearce-divorcing-wife-kate-mestitz-after-18-years-of-marriage/
  12. https://people.com/celebrity/guy-pearce-divorcing-wife-kate-mestitz-after-18-years-of-marriage/
  13. https://www.theguardian.com/culture/2018/aug/21/guy-pearce-everybody-feels-fragile-neighbours-the-innocents-netflix
  14. https://www.hollywoodreporter.com/lifestyle/style/game-thrones-star-carice-van-876876/
  15. „arxiv nusxasi“. 2015-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  16. https://www.emmys.com/bios/guy-pearce
  17. https://www.hollywoodreporter.com/news/general-news/sag-award-winner-announced-94453/