Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Halil İnalcık

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Halil İnalcık
Tavalludi 7-sentyabr 1915-yil
Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Vafoti 25-iyul 2016-yil(2016-07-25)
(100 yoshda)[1]
Anqara, Turkiya
Fuqaroligi Usmonli Turk Imperiyasi bayrogʻi Usmonlilar imperiyasi
Turkiya bayrogʻi Turkiya
Millati Qrim turki
Sohasi Tarixchi
Ish joylari Anqara universiteti
Chicago universiteti
Bilkent universiteti
Harvard universiteti
Princeton universiteti
Institutlar Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakulteti
Mashhur shogirdlari Özer Ergenç, İlber Ortaylı, Linda Darling, Fariba Zarinebaf, Rhoads Murphey, Ertuğrul Ökten, Emrah Safa Gürkan, Ali Yaycıoğlu, Bülent Arı
Taʼsir koʻrsatgan Abdülbaki Gölpınarlı, Bernard Lewis, Mehmet Fuad Köprülü
Mukofotlari Turkiya Respublikais Madaniyat va turizm vazirligi Madaniyat va sanʼat bosh mukofoti (2002)
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti medali[2]
Vengriya xizmatlari uchun ordeni
Turmush oʻrtogʻi Şevkiye Işıl
Dini Sunni islom

Halil İbrahim İnalcık (1915-yil 7-sentabr, Istanbul[3][4][5] — 2016-iyul 25-iyul, Anqara) — Turkiya Respublikasi tarixchi professori.

Halil Inalcik Oʻz asarlari bilan Usmonli-Turkiya tarixiga siyosiy va iqtisodiy masalalarda, madaniyat va sivilizatsiya tarixi sohasida oʻziga xos hissa qoʻshgan olimdir. Dunyoning koʻp tillariga, shu jumladan, hamma bolqon tillariga va arabchaga tarjima qilingan „The Ottoman Empire The Classical Age 1300-1600“ va „An Economic and Social History of the Ottoman Empire“ kabi asarlari dunyo universitetlarida asosiy darsliklardan hisoblanib, keng foydalaniladi. Tarix fanidagi ajoyib izlanishlari va shogirdlar tayyorlaganligi tufayli Halil Inalcik Şeyh-ûl Müverrihin (Tarixchilarning shayxi) va Tarixchilarning qutbi kabi unvonlar bilan ulugʻlangan[6][7]. Inalcik Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakultetida 32 yil ishlagandan soʻng, 1972-yilda Chicago universitetida Usmonlilar tarixi boʻlimiga, 1993-yilda esa Bilkent universitetida tarix boʻlimiga asos solgan.

Halil Inalcik 1915-yil 7-sentabr kuni Usmonlilar imperiyasi poytaxti Istanbul shahrida dunyoga kelgan boʻlib, otasi Turkiyaga koʻchib kelgan Qrim turklaridan Seyit Osman Nuri Bey, onasi Ayşe Bahriye Hanımdir[8]. Halil Inalcik oilasi bilan 1924-yilda Anqaraga joylashdi[8].

1923-1930-yillarda Anqara gazi maktabida, bir yil Sivas oʻqituvchilar maktabida oʻqidi. 1931-yili Anqaradagi Gazi oʻqituvchilar maktabida oʻrta taʼlimni tamomlagach, Balıkesir Nejati Bey oʻqituvchilar litseyida oʻqishini davom ettirdi. 1936-yilda Anqara universiteti til, tarix va geografiya fakultetida oʻqishni boshladi va bu yerni 1940-yilda bitirganidan keyin, shu yerda yordamchi oʻqituvchi lavozimida ishlashni boshladi.

1942-yilda u „Tanzimat va Bolgariya masalasi“ nomli doktorlik dissertatsiyasini taqdim etdi. U 1943-yilda „Buyuk Rikat, Usmonlilar imperiyasi va Qrim xonligi“ nomli dissertatsiyasi bilan Vena shahridan dotsent unvonini oldi. U 1945-yilda AUDTCF arab tili va adabiyoti boʻlimidan Şevkiye Işıl bilan turmush qurdi[9].

Bir fakultetda uzoq yillar Usmonli va Yevropa tarixidan dars bergan Inalcik, 1947-yili Turk Tarix Jamiyati (TTK) aʼzoligiga saylangan. U 1949-yilda Angliyaga borib, Britaniya muzeyida turk qoʻlyozmalari ustida ishladi va Usmonli tarixiga oid yozuvlarni Calendar of State Papers turkumida toʻpladi. U Public Record Officeda Usmonli imperiyasi haqidagi adabiyotlarni koʻrib chiqdi. 1951-yilda Inalcik Turkiyaga qaytib keldi.

1951-yilning yozida Bursa Sheriyye arxivlarida ishlay boshladi. Ularning urinishlari natijasida daftarlar Topkapi saroyidagi ustaxonada jiltlanib, tozalanib, Bursaga qaytarib olib kelindi. Inaljik 1952-yil iyun oyida Venada Usmonli-Qrim xonligi oʻrtasidagi hamkorlik mavzusidagi dissertatsiyasi bilan professor unvonini oldi.

Columbia, Princeton, Pennsylvania, Harvard universitetlarida professor sifatida maʼruzalar oʻqigan Inalcik, 1972-yili Anqara universitetidan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Chicago universitetida Usmonlilar tarixi boʻlimiga asos soldi. 1973-yilda The Ottoman Empire The Classical Age 1300-1600 nomli mashhur kitobini nashr ettirdi.

Inaljik, Usmonli/Turkiya tarixiy tadqiqotlari davomida aniqlangan yangi maʼlumotlar va topilmalarni eng yuqori darajada oʻrtoqlashish va muhokama qilish uchun „International Association for Social and Economic History of Turkey“ nomli xalqaro uyushmaga asos soldi. Ushbu uyushma tarixda 11 ta xalqaro kongress oʻtqizgan va uning birinchisi 1972-yil Haceteppe universitetida boʻlib oʻtgan[10].

1986-yilda Inalcik Chicago universitetidan ham nafaqaga chiqdi va 1993-yilda Bilkent universitetida tarix boʻlimiga asos soldi. U 23 yil davomida Bilkent universiteti Usmonlilar tarixi boʻlimida magistraturantlarga va doktorantlarga seminar maʼruzalari oʻqidi.

2003-yilda Bilkent universitetida Halil İnalcık Center for Ottoman Studies nomli bir markazga asos solindi. Halil Inalcik turli arxivlardan toʻplagan hujjatlar va daftarlari nusxalarini, tugallanmagan tadqiqot matnlarini, 1000 dan ortiq nashrlarni va boshqa materiallarni ushbu markazga hadya qildi.

Inalcik, juda yaxshi darajada Usmonli turkchasini, yaxshi darajada ingliz, fransuz, nemis, shuningdek, oʻrta darajada arab, fors va italyan tillarini bilar edi[11]. Dunyoning turli universitetlaridan koʻplab faxriy doktorlik unvonlari bilan taqdirlangan Inalcik, XX asr oxirida Cambridgeagi Xalqaro Biografiya Markazi tomonidan dunyodagi ijtimoiy fanlar sohasidagi sanoqli 2000 olimdan biri sifatida koʻrsatilgan[12].

Uning hayoti va tarixshunosligi tasvirlangan „Tarixchilar qutbi, Halil Inalcik kitobi“ kitobi 2005-yilda Turkiya Madaniyat nashriyoti tomonidan nashr etilgan. U Yevrosiyo Akademiyasining asoschilaridan biri edi[13].

Halil Inalcikning qabrtoshi.

Halil Inalcik Anqarada davolanayotgan shifoxonada koʻp aʼzolar yetishmovchiligi tufayli 2016-yilning 25-iyulida 100 yoshida vafot etdi. Uning vafotidan keyin Bilkent va Anqara universitetida marosim oʻtkazildi. Uning tanasi Vazirlar Kengashi qarori bilan Fotih Sulton Mehmet qabri joylashgan Fotih masjidi qabristoniga dafn qilindi.

Oʻlimidan soʻng koʻp joyda xotirlash marosimlari oʻtkazilgan Inaljik uchun Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning koʻrsatmasi bilan maxsus qabr qurildi. Anʼanaviy Usmonli qabrlari uslubida tartibga solingan Inalcikning „ulamo maqbarasi“ 2017-yil 22-iyul kuni yakunlandi. Marmardan yasalgan qabrning yozuvlari va naqshlari tilla barg bilan bezatilgan.

Muvafiqlashtirishni Istanbul madaniyat va turizm boshqarmasi va Istanbul gubernatorligi oʻz zimmasiga oldi, moliyaviy yordam esa Istanbul maqbaralar uyushmasi tomonidan berildi. Qabr ustiga ikkita silindr („üstüvâni“) oʻrnatilgan boʻlib, biri oyoq tomonida va boshqasi boshida. Qabr toshni Semih İrteş va Sabri Mandıracı yasagan.

  • The Ottoman Empire The Classical Age 1300-1600, London, 1974.
  • Studies in Ottoman social and economic history, London, 1985.
  • The Middle East and the Balkans under the Ottoman Empire, Bloomington, 1993.
  • Süleyman the second and his time, İstanbul, 1993.
  • An Economic and Social History of the Ottoman Empire (Donald Quataert ile birlikte), Cambridge, 1994.
  • From empire to republic: essays on Ottoman and Turkish social history, İstanbul, 1995.
  • Sources and studies on the Ottoman Black Sea, Cambridge, 1995.
  • History of Humanity (editor, Peter Burke ile birlikte), 1999.
  • Ottoman Civilization (Gunsel Renda ile birlikte), Ankara, 2003.
  • Essays in Ottoman History, Eren Yayıncılık.
  • Osmanlı tarihinde İslamiyet ve Devlet, Türkiye iş Bankası kültür yayınları
  • Makaleler 1: Doğu Batı, Doğu Batı Yayınları, 2005.
  • Fatih devri üzerinde tetkikler ve vesikalar, Ankara, 1954.
  • Osmanlı'da Devlet, Hukuk, Adalet, Eren Yayıncılık, 2000.
  • Osmanlı İmparatorluğu’nun Ekonomik ve Sosyal Tarihi Cilt 1 /1300-1600, Eren Yayıncılık, Prof. Dr. Donald Quataert ile, 2001.
  • Osmanlı İmparatorluğu’nun Ekonomik ve Sosyal Tarihi Cilt 2 / 1600-1914, Eren Yayıncılık, 2004.
  • Osmanlı İmparatorluğu — Toplum ve Ekonomi, Eren Yayıncılık.
  • Osmanlı İmparatorluğu Klasik Çağ (1300-1600), Yapı Kredi Yayınları, 2003.
  • Tanzimat ve Bulgar Meselesi, Eren Yayıncılık.
  • ABD Tarihi, Allan Nevins/Henry Steele Commager (çeviri) Doğu Batı Yayınları, 2005.
  • Şair ve Patron, Doğu Batı Yayınları, 2003.
  • Balkanlar (Prof. Dr. Erol Manisalı ile).
  • Atatürk ve Demokratik Türkiye, Kırmızı Yayınınları, 1.Baskı: Temmuz 2007 — 2.Baskı: Aralık 2007.
  • Devlet-i Aliyye, 2009.
  • Kuruluş — Osmanlı Tarihini Yeniden Yazmak
  • Tanzimat, Değişim Sürecinde Osmanlı İmparatorluğu (Mehmet Seyitdanlıoğlu ile birlikte) İş Bankası Kültür Yayınları, 2011.
  • OSMANLILAR, Fütühat ve Avrupa İle İlişkiler
  • Has-Bağçede 'Ayş u Tarab — Nedimler Şairler Mutripler, İş Bankası Kültür Yayınları, 2011.
  • Kuruluş ve İmparatorluk Sürecinde Osmanlı
  • Osmanlılar, 2010.
  • Kuruluş ve İmparatorluk Sürecinde Osmanlı, 2011.
  • Rönesans Avrupası Türkiye'nin Batı Medeniyetiyle Özdeşleşme Süreci, İş Bankası Kültür Yayınları, 2011.
  • Osmanlı ve Modern Türkiye, Timaş Yayınları, 2013.
  • Devlet-i 'Aliyye: Tagayyür ve Fesad, Osmanlı İmparatorluğu Üzerine Araştırmalar II, İş Bankası Kültür Yayınları, 2014.
  • Osmanlı İmparatorluğu (1-Toplum ve Ekonomi, 2-Sultan ve Siyaset) Kronik Kitap, 2018.
  • 1986: Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi mukofoti
  • 1991: Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining „Yuqori xizmatlari uchun“ medali va diplomi
  • 1993: Sedat Simavi fondi mukofoti: Ijtimoiy fanda yilning eng yaxshi ishi: Usmonli imperiyasi jamiyati va iqtisodiyot.
  • 1995: „Yuqori xizmat uchun Titulesko“ medali, Ruminiya elchixonasi, Anqara
  • 1998: Istanbul universiteti Turkiya instituti mukofoti
  • 2002: Turkiya Respublikais Madaniyat va turizm vazirligi Madaniyat va sanʼat bosh mukofoti
  • 2002: „Soranos doʻstlik mukofoti“[8][14]

Faxriy doktorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Halil İnalcık son yolculuğuna uğurlandı“ (Türkçe). haberturk.com. 7 temmuz 2017da asl nusxadan arxivlangan.
  2. Turksoy, Türksoy’dan Prof. Dr. Halil İnalcık’a Onur Madalyası (Wayback Machine saytida 2012-06-28 sanasida arxivlangan), 16 Şubat 2012
  3. „Nasıl Sevmem İstanbul'u“. Milliyet. 2017-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Halil İnalcık, Özgeçmiş“. Resmi sitesi. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  5. Emine, Çaykara. Tarihçilerin kutbu : Halil İnalcık kitabı. Ankara: Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları. ISBN 9789754586619. 
  6. „Tarihçilerin Kutbu: Halil İnalcık“. 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  7. „100 yaşındaki bilge Halil İnalcık: Bu sıkıntılı devir geçecek - Hürriyet“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Melek, Delilbaşı „Prof. Dr. Halil İnalcık (Prof. Dr. İnalcık’ın 29 Mart 200'da Ankara Üniversitesi'nde sunduğu “Tarih ve Politika” konulu konferansın takdim konuşması“. http://dergiler.ankara.edu.tr. Ankara Üniversitesi Osmanlı Tarihi Araştırma ve Uygulama Merkezi Dergisi, Sayı 19, Yıl 2006. 2010-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  9. Nail, Tan „Kastamonuluların eniştesi Prof. Dr. Halil İnalcık’a büyük ödül“. http://www.kastamonugazetesi.com.tr. Kastamaonu gazetesi, 21 Ocak 2016. 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  10. , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „IAOSEH - International Association for Ottoman Social and Economic History“. Bilkent Üniversitesi Tarih Bölümü. 2016-yil 26-iyulda asl nusxadan [ arxivlangan].
  11. „Arşivlenmiş kopya“. 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  12. „Ozgeçmişi“. inalcik.com sitesi. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  13. „Eurasian Academy Official Site“. 2016-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan.
  14. Andoza:Webmanbasi