HarperCollins
Turi | Shoʻba korxona |
---|---|
Tarmogʻi | noshirlik |
Egasi | News Corp |
Qachon asos solingan | 1989-yil |
Joylashuvi | AQSh New York, Broadway 195 |
Asoschi(lari) | James Harper |
Daromadi | $1,646 mlrd (2016)[1] |
Aylanma daromadi | 1 646 000 000[2] |
Vebsayti | harpercollins.com |
HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvartirasi New York shahrida joylashgan. News Corp kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya nomi Harper & Brothers va Row (birlashgandan keyingi nomi Harper & Row), Peterson & Company va britaniyaning William Collins, Sons kompaniyalari birlashishidan kelib chiqqan.
„Putin's People“ mojarosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jurnalist va yozuvchi Catherine Belton tomonidan yozilgan va 2020-yil aprel oyida nashriyotda chop etilgan Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) nomli kitob sababli bir nechta rossiyalik milliarderlar muallif va HarperCollins nashriyotini sudga berishdi[3]. Sud natijalariga koʻra tomonlar kelishuvga erishishdi. HarperCollins nashriyoti ushbu kitobning keyingi nashrlarida sudlashishga sabab boʻlgan maʼlumotlarni chop etmasligini maʼlum qildi[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Annual Report 2016 on the SEC Filing Form 10-K“ (en). News Corporation (2016-yil 13-avgust). Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Россиялик миллиардерлар Путин ҳақида китоб ёзган британиялик журналистни судга берди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 28 июль.
- ↑ „«Путиннинг одамлари» китобини чиқарган компания россиялик миллиардерларнинг талабига рози бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль. (Wayback Machine saytida 2021-07-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Издатель книги "Люди Путина" удалит фрагменты, из-за которых Фридман и Авен подали иск“. ТАСС. Qaraldi: 28 июля 2021.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |